O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
NUTQ A’ZOLARI
Inson doimo o'zini qurshab turgan olamni bilishga intiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamida boshqariladi. Olamni bilish jarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a’zOlarimiz (tana, ta’m-maza, ko’rish, eshitish kabi sezgi a’zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi. Tana, ta’m-maza, ko'rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo’shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P.Pavlov birinchi signal sistemasi, ikkinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan. Demak, ikkinchi signal sistemasi, ya'ni nutq a'zolarining mavjudligi faqat insonga xos xususiyatdir. Nutq a'zolari nutq tovushi hosil qilishda ishtirok etadigan a'zolardir. Ular quyidagilar: 1. Nafas apparati. Unga o'pka, birjuft bronxlar, traxeya, diafragma kiradi. O'pka nutq tovushlarining talaffuzi uchun zarur bo'lgan havo manbayi hisoblanadi. 2. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i. Unga un (tovush) paychalari, qalqonsimon, halqasimon va piramidasimon tog'aylar kiradi. Bo'g'iz bo'shlig'i ovoz manbayi bo'lib hisoblanadi. Chunki o'pkadan kelgan havo bo'g'iz bo'shlig'ida un paychalarini tebratadi va natijada ovoz paydo bo'ladi. Un paychalarining ishtiroki ham turiicha bo'lib, unii tovushlar uchun kerakli bo'lgan ovozni hosil qilishda ishtirok etadi. Jarangli undoshlarning hosil bo'lishida un paychalari titraydi, jarangsiz undoshlarda esa umuman titramaydi. 3. Og'iz bo'shlig'i. Unga til, kichik til, yumshoq va qattiq tanglay, tishlar, lab kiradi. Og'iz bo'shlig'i shovqin manbayi hisoblanadi. Chunki bo'g'iz bo'shlig'ida hosil bo'lgan ovoz og'iz bo’shlig'ida turli to'siqlarga uchraydi va natijada shovqin paydo bo'ladi. Og'iz bo'shlig'idagi eng faol a’zo til hisoblanadi. Tilning gorizontal yoki vertikal harakati natijasida turli shovqinlar hosil bo'ladi. 4. Burun. U qo'shimcha ton manbaidir. Ayrim tovushlami talaffuz qilganimizda ovozning bir qismi burun bo'shlig'i orqali o'tadi. Bular m, n, ng tovushlari bo'lib, agar burnimizni yopsak, bu tovushlami hosil qila olmaymiz. Yuqorida sanab o'tgan a’zolarimiz nutq a’zolari bo'lib, ular nutq tovushi hosil qilishda turli darajada ishtirok etadi. Ayrimlari juda faol, ayrimlari unchalik faol emas. Masalan, unlilarni talaffuz qilganimizda og'iz bo'shlig'i ochiq bo'ladi, asosiy vazifani esa un (ovoz) paychalari, til va labiar bajaradi. Undosh tovushlarning hosil bo'lishida bo'g'iz bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va til muhim ahamiyatga ega. O'pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to'siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo'lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling