O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 0.61 Mb.
bet13/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Tovush deb nimaga aytiladi?

  2. Tovushlar qanday turlarga bo'linadi?

  3. Tabiiy tovushlarga ta'rif bering.

  4. Nutq tovushlariga ta’rif bering.

  5. Tabiiy va nutq tovushlari bir-biridan qanday farqlanadi?

  6. Tabiiy tovushlarning nechta tomoni bor?

  7. Nutq tovushlarining nechta tomoni bor?

  8. Qaysi belgi (tomon) ham tabiiy, ham nutq tovushlari uchun xos?

  9. Faqat nutq tovushlari uchun xos bo'lgan belgi (tomon) qaysi?

  10. Nutq tovushlari uchun eng muhim bo'lgan belgi (tomon) qaysi?

  11. Tovushning qaysi tomoni fizika fani bilan bog'liqlikda o'rganiladi?

  12. Fiziologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lgan tovush tomoni qaysi?

  13. Tovushning akustik tomoniga xos bo'lgan belgilar qaysiiar?

  14. Tovushning tezlik belgisi yana qanday nomlanadi?

  15. Tovushning miqdor belgisi yana qanday nomlanadi?

  16. Z tovushining akustik tomonini ayting.

  17. P tovushining akustik tomonini ayting.

  18. Nutq tovushining inson nutq a’zolarining harakati natijasida hosil bo'lishi uning qanday tomoni hisoblanadi?

  19. L tovushining talaffuz tomonini ayting.

  20. Q tovushining talaffuz tomonini ayting.

  21. Ch tovushining artikulyatsion belgisini ayting.

  22. Sud va sutso'zlaridagi d va t tovushlarining so'z ma’nosini farqlashi uning qaysi tomoni hisoblanadi?

  23. Nima uchun tovushning vazifaviy tomoni lingvistik tomon ham deb nomlanadi?

TOVUSHLARNING BIRLASHTIRUVCHI VA FARQLOVCH1 BELGILARI
Nutq tovushlari bir qancha akustik va artikulyatsion (talaffuz) belgilariga ega bo'ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki mazkur belgilarni tola hisobga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to'g'ri javob berilgan bo'ladi. Lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko'pchiligi muhim sanalmaydi.
Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi toyushgataqqoslaganda ularni,: bir-biridan farqiash uchun xizmat qiladigan beigiiarigina ahamiyatli.
Bizning bilish faoliyatimizning asosini qiyoslash tashkil etadi. Bilish jarayonimizda yangi bilayotgan narsamizni oldin bilgan narsaga qiyoslaymiz, zidlaymiz va ular orasidagi o'xshash va farqli tomonlarni topishga intilamiz. Shuning uchun bilish faoli- yatida zidlashlarning ahamiyati katta.
Faraz qilingki, oldingizda ikkita egizak bola. Ular bir-biriga nihoyatda o'xshash. Faqat bittasining chap yuzida kichkina xoli bor. Ana shu xol ikkisini bir-biridan farqlov- chi belgi sanaladi. Qolgan belgilari esa har ikkisida bir xil. Bu ikki boladan birining ismi Hasan, ikkinchisiniki esa Husan. Qarangki, ismlarining tovush tarkibi ham bir-biriga o'xshash. Faqat birinchi bo'g'in unlisi bittasida a, ikkinchisida u ekani bilan farqlanadi. Demak, yuqoridagi ikki so'z birinchi bo'g'inidagi unlilar bilan bir-biridan farq qiladi. Qolgan tovushlar esa har ikkisida bir xil. Zidlanayotqan ikki. birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar farqlovchi belgilar, ularning har ikkisida takrorlanadigan ikkisi uchun ham umumiy bo'lgan belgilar birlashtiruvchi belgilar sanaladi.
Masalan, t va d tovushlarini olaylik. Birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga, ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli - jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko'ra, birinchi va ikkinchi beigilar ular o'rtasidagi birlashtiruvchi beigilar, uchinchi belgi farqlovchi belgi hisoblanadi. De­mak, t va d tovushlari hosil bo'lish o'rni (til oldilik) va hosil bo'lish usuli (portlovchilik) ga ko'ra birlashtiruvchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra (jarangli - jarangsizlik) farqlovchi belgilarga ega.
Fonemalarni belgilashda yaqin, o'zaro o'xshash tovushlami bir-biriga zidlash va ular o'rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo'ladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling