O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
QO'SH UNDOSH bir xil undoshning yonma-yon kelishidir. Masalan: achchiq, muammo, katta, muvaffaqiyat kabi. So'z boshida (ssenariy), so'z o'rtasida (sakkiz), so'z oxirida (gramm) qo'sh undoshlar kelishi mumkin. Ayrim so'zlarda qo'sh undoshlardan biri tushirilsa, so'z ma’nosi o'zgaradi. Masalan, sodda (soda), modda (moda), ellar (elar), silla (sila), meda/li (medali), nonning (noning), qat- tiq (qatiq) kabi. Ayrim qo'sh undoshli so'zlar esa talaffuzda qo'sh undoshlardan biri tushirilgan holda aytiladi. Masalan, million (milyon), antenna (antena), gramm (gram) kabi. Kilovatt, kongress, metall kabi o'zlashma so'zlar oxirida bir undosh aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Bu so'zlarga har qanday qo'shimcha qo'shilsa (unli bilan boshlanadigan qo'shimcha: metall + i - metalr, undosh bilan boshlanadigan qo'shimcha: metall + ga- metalga\ shu tovush bilan boshlanadigan qo'shimcha: metall + lar-metallai), oxirgi qo'sh undoshdan biri tushiriladi: kilogramm + mi kabi.
O'zbek tilida a, o, u, i unlilari qo'shaloq holda kelishi mumkin: manfaat, mutolaa, inshoot, iztehzoomuz, shuur, vakuum, badiiy, tabiiy. Aytish joizki, bunday so'zlar sof o'zbekcha so'zlar sanalmaydi, ular o'zbek tiliga arab va rus tili orqali o'zlashgan. Quyidagi so'zlarning yozilishini esda saqlang: Inshoot, muharrir, jiddiy, tasavvur, mudofaa, matbaa, litr, metr, bank, tank, metall, kilovatt, kilogram, test, trest, kiosk, byudjet, rejissyor, sekund, abonement, menejment, ocherk, baxt, shkaf, student, studiya, inspeksiya, transport, institut, trassa, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, ganj, daraxt, hunarmand, do'st, farzand, shikast, mard, rostgo'y, kaft, kift, karaxt. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. Quyidagi so'zlarda ishlatilgan qo'sh undoshlarni toping va qanday talaffuz qiiinishi hamda yozilishiga e’tibor bering. Ammo, katta, hassa, hissa, jizza, tizza, tonna. 2-mashq. Quyida berilgan so'zlar tarkibida kelgan qo'sh undoshlarning talaffuzini tushuntiring. Artilleriya, million. 3-mashq. Berilgan so'zlarni o'qing, talaffuzini tahlil qiling va farqini tushuntiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Quvvat, qattiq, issiq, sodda, xuddi, pochcha, karra, murabbiy, do'ppi, yovvoyi, avval, jajji, arra, taraqqiyot, million, minnatdor, kilogramm, tanaffus, komissiya, milliard, grammatika,' marra, zarra, qassob, g'ijjak. 4-mashq. Gaplardagi qo'sh undoshli so'zlarni ikki guruhga ajratib ko'chiring. Birinchi guruhga qo'sh undoshlarning biri talafluzetiladigan so'zlarni, ikkinchisiga qo'sh undoshlarning ikkalasi ham aniq talaffuz qilinadigan so'zlarni yozing. Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong‘u. (X. To ‘xtaboyev) 2. Shu chog' artilleriya qismlari og'ir to'plar bilan ota boshladi. (Oybek) 3. Suvi mo'l-ko'l bog'larda yayrar ekansan bulbul. Qanotlaring mallarang, jussang kichikligidan ko'rinarkansan arang. (Aburahmon Akbar) 5-mashq. Berilgan so'zlar tarkibidagi qo'sh undoshlardan birini tushiring. Ma’noda qanday o'zgarish ro'y berganini ayting. Ushshoq, yalla, qattiq, tilla, chinni, yo'lla. 6-mashq. Quyidagi so'z boshida kelgan qator undoshlar talaffuzi va imlosini tushuntiring. Traktor, broker, krem, stakan, stol. 7-mashq. Quyidagi so'z oxirida kelgan qator undoshlar talafFuzi va imlosini tushuntiring. Go'sht, musht, do'st, sust, barg, daraxt. 8-mashq. Metr, sabr, sayr, ilm so'zlari talaffuzi va yozilishini tahlil qiling. Shunday so'zlar qatorini kengaytiring. 9-mashq. Tong, ingramoq, tenglik so'zlaridagi ng birikmasini qator undoslar sirasiga kiritish mumkinmi? Fikringizni isbotlang. 10-mashq. Qator undoshlar kelgan so'zlarni ajratib, daftaringizga ko'chiring. Hikmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do'stlik, g'isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to'xtamoq, broker, kompyuter, o'rtoq, ilhom, ko'rk, stul, ulkan. 11-mashq. Gaplardagi qator undoshlar kelgan so'zlarni toping. Ularning talaffuzi va yozilishini solishtiring. 1. Senga baxtdan taxt tilayman, toledan boshingga toj. (E. Vohidov) 2. Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ehtirom bilan qa- dam qo'ymoq lozim. (A. I. Gersen) 3. Ravon nutq - insonning ko'rki, fazilati. 4. Kapalak xursand bo'ldi, sevinib qanot qoqdi. (Zulfiya) 12-mashq. So'zlarni daftaringizga ko'chirib oling. Undoshlarning yonma-yon kelish sabablarini tushuntirishga harakat qiling. Arbob, atrof, ehtiyot, ilhom, imkoniyat, inshoot, qisman, muzday, muharrir, jiddiy, tasavvur, tashqi, mudofaa, matbaa. Litr, metr, bank, tank,|netall, kilovatt, kilogramm, test, trest, kiosk, byudjet, rejissyor, sekund, abonement, menejment, ocherk, baxt, shkaf, student, studiya. Inspeksiya, transport, institut. Trassa, assimilyatsiya, dissimilyatsiya. Ganj, daraxt, hunarmand, band, do'st, farzand, shikast, mard, rostgo'y, kaft, kift, karaxt. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling