O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet23/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq. Klub, tank, ayb so'zlarini qatorga sig'may qolsa, keyingi qatorga ko'chirib bo'ladimi?
2-mashq. 5-sinf, BMT, D. Kornilova so'zlari qatorga sig'may qolgan­da, qanday ko'chirasiz?
3-mashq. Bo'g'in ko'chirish qoidalari buzilgan o'rinlarni topib izoh- lang. Ularni to'g'rilab daftaringizga ko'chirib yozing.
A-ka-de-mik, a-ri-za, o-i-la-viy, o-lam, o-ri-yat-li, mu-do-fa-a, to- le-i, zo-o-park, mu-o-ma-la, e-lak, e-shit-moq.
4-mashq. Matnni o'qing. Tagiga chizilgan so'zlar keyingi qatorga qanday ko'chirilishini ayting.
Ulug'bek madrasasi Samarqanddagi XV asr me’morchiligining nodir namunasi sanaladi. Bino Ulug'bekning farmoyishi bilan 1428-1429-vil- larda Cho'lponota tepaligidagi Obirahmat arig'i bo'yida bunyod etilgan. Rasadxona 3 qavatli bo'lib, balandligi 30.4 m ga teng bo'lgan.


OHANG VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
Nutqda tovushlar alohida-alohida talaffuz etilmaydi. Ular ma’lurn tartibda ketma-ket birikkan holatda bo'ladi.Demak, nutqimiz ketma-ket kelgan tovushlarning yig'indisi yoki zanjirsimon ulanishidan iborat bo'lib, talaffuz davriga ko'ra oldinma-keyin kelgan fonetik birtikiarga bo'linadi. Bu bo'linish segment (lotincha segmentus - “bo'lak”) deb nomlanadi.
Tovush nutqning moddiy tomonini tashkil etib, uning doimiy birligi sanaladi. Shunga ko'ra tovushlar segment birliklar hisoblanadi. (Ilmiy adabiyotlarda segment birliklarga tovushdan tashqari bo'g'in, takt va fraza ham kiritiigan) Lekin og'zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bundan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo'linuvchanlik xususiyatiga ega tovushlar qatori ustiga qo'yilgan ustsegment biriiklarga ham ega bo'ladi va bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Ustsegment birliklar urg'u, to'xtam (pauza), nutqning emotsional bo'yog'i (darak, so‘roq, buyruq, his-hayajon va boshqalar) kabilarni o'z ichiga oladi. Yuqorida ko'rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Ustsegment birliklar nutqning mazmun tomoniga daxldordir. Ularni nutqdan ajral- gan holda tasavvur etib bo'lmaydi. Nutqning o'zgarishi bilan ular ham o'zgarib turadi.
Qiyoslang: yangi (sifat) - yangi (ravish). Bu so'zlarda so'zlarning ma’nosi urg'u orqali faqat og'zaki nutqdagina farqlanadi.
Qiyoslang: baland // boloxonali uy (bu birikmada baland so'zidan so'ng to'xtam bo'lgani uchun uyning balandligi ifodalangan) - baland boloxonali // uy (bu birikmada boloxonali so'zidan so'ng to'xtam bo'lgani uchun boloxonaning balandligi ifodalangan).
Qiyoslang: Dars tugadi. (xabar ma’nosi - gapning oxiriga tomon ohang pa- sayib borgan)
Dars tugadi? (so'roq ma’nosi - gapning oxiriga tomon ohang kuchayib borgan)
Dars tugadi! (his-hayajon gap - kuchli ohang bilan aytiiga'n)
Ko'rinadiki, ustsegment birliklar faqat og'zaki nutqdagina ifodalanadi.
Og'zaki nutqimiz segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o'zaro munosabatidan iborat. Ko'pincha bunga imo-ishoralar, mimikalar qo'shilib, nutqimizning yanada ta'sirli, bo'yoqdor bo'lishiga xizmat qiladi. Demak, og'zaki nutqimiz segment va ustsegment birliklardan tashkil topadi.
«Eng buyuk jihod: insonning nafsi bilan: shayton bilan qilgan: jiho- didir: Sen ham: doim: ularga qarshi kurashn. Bu gap 7 ta sintagma - takt (sintagmalardan so'ng ikki nuqta qo‘yilgan)dan iborat bo'lib, 16 ta so'zga, so'zlar esa 33 ta bo'g'in va 82 ta tovushga bo'linadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling