I. TOVUSH TUSHISHI
1. SO‘Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILISHI NATIJASIDA TOVUSH TUSHISHI
FE’L YASALISHIDA TOVUSH TUSHISHI:
yig'i (ot) + la = yig'la (fe'l)
o'yin (ot) + a = o'yna (fe’l)
qiyin (sifat) + a = qiyna (fe’l)
ulug' (sifat) + ay = ulg'ay (fe’l)
sang (sifat) + ay = sarg'ay (fe’l) Bu so'zda birdaniga so'z asosida tovush tushishi va almashishi kuzatiladi.
past (sifat) + ay = pasay (fe’l)
sust (sifat) + ay = susay (fe'l)
o'rin (ot) + a = o'rna (fe’l) Eslatma: bu fe’l o'rnat, o'mash shaklida qo'llaniladi..
qizil (sifat) + ar = qizar (fe’l)
chaqjn (ot) + a = chaqna (fe’l)
ingjr (taqlid so'z) + a = ingra (fe'l)
ho'ngir (taqlid so'z) + a = ho'ngra (fe’l)
SIFAT YASALISHIDA TOVUSH TUSHISHI:
o'tjr (fe’l) + oq = o'troq (sifat)
og'iz (ot) + aki = og'zaki (sifat)
ayir (fe’l) + im = ayrim (sifat)
OT YASALISHIDA TOVUSH TUSHISHI:
buyur (fe’l) + uq = buyruq (ot)
qayir (fe’l) + oq = qayroq
2. SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI QO'SHIMCHALAR QO'SHILISHI NATIJASIDA TOVUSH TUSHISHI
O‘g‘il, o'rrn, egin, og'iz, bo'yin, bag'ir, qo'y'm, singll, ko'ngil, qor'm, bo'g'iz, yarim, burun, shahar, zahar, mag'iz + (egalik qo'shimchalari: -(i) m, -(i)ng, -i, -(i)miz, -(i)ngiz) = o'g'li, o'rni, egni, og'zi. Bunday ikki bo'g'inli so'zlarning asosida a, i, u unlilari tushib qoladi, qo'shimcha qo'shilganda ham bo'g'inlar miqdori o'zgarmaydi, ochiq bo'g'inlar unlilar tushishi natijasida yopiq bo'g'inlarga aylanadi. Masalan,
o'g'il + im = o'g'lim, shahar + i = shahri, burun + ing = burning,
o'rin + i = o`rnim, egin + im = egnim, og'iz + i = og'zi,
bo'yin + i = bo'yni, bag'ir + im = bag'rim, qo'yin + i = qo'yni
singil + ing = singling, ko'ngil + i = ko'ngli, qorin + i = qorni
bo'g'iz + i = bo'g'zi, yarim + i = yarmi, shahar+ imiz = shahrimiz,
zahar + i = zahri, mag'iz + i = mag'zi
Men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich {-ning) va tushum (-ni) kelishigi qo'shimchalari hamda. qarashlilikni bildiruvchi lug'aviy shakl yasovchi -niki qo'shimchasi qo'shilganda so'z asosidagi til oldi, portlovchi undosh tushib qoladi:
men + ni = meni, men + ning = mening, men + niki = meniki
sen+ ni = seni, sen + ning = sening, sen + niki = seniki
Do'stlaringiz bilan baham: |