O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
BO‘G‘IN VA UNING TURLARI
Bo'g'in bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar bifikmasidir. Har bir bo'g'in alohida zarb bilan aytiladi. Masalan, bolalar so'zi uchta bo'g'indan iborat bo'lgani uchun uchta zarb bilan aytiladi. Bo'g'in unli tovushlar asosida hosil bo'ladi. Har bir bo'g'inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi: ona, aka - ikki bo'g'inli so'z, oila, ijodiy- uch bo'g'inli so'z. Bo'g'inning amaliy ahamiyati quyidagilar: 1) Yozuvda bir satrga sig'may qolgan so'zlar keyingi satrga bo'g'in ko'chirish asosida o'tkaziladi; ' 2) Birinchi sinf o'quvchilarini o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida amalga oshiriladi; 3) She'riyatda bo'g'inga amal qilinadi. Barmoq vazni misralarda bo'g'inlar miqdorining tengligiga asoslanadi. Bo'g'inni tashkil qilishda unli va undosh tovushlar xilma-xil kombinatsiyalarda bir-bi- riga qo'shiladi. Masalan: unli - undosh: ol, uy, il... undosh - unli: ha, ma, na... unli - undosh - undosh: ort, ilm, aql... undosh - unli - undosh: bir, til, kir... undosh - unli - undosh - undosh: to'rt, shart, fikr, band... undosh - undosh - unli - undosh: shkaf, krem, stol, stul... undosh - undosh - unli - undosh - undosh: sport, start, stend... O'zbek tilidagi so'zlar kel, bur, suv kabi bir bo'g'inli, osmon, qadrdon, iqbol so'zlaridek ikki bo'g'inli, kelajak, xayolot, muhabbat singari uch bo'g'inli, yotoqxona, gumburlamoq, xoinona kabi to'rt bo'g'inli, radiokarnay, gultojixo'roz, abadiylashtirmoq kabi besh va undan ortiq bo'g'inli bo'ladi. Bo'g'inning quyidagi turlari mavjud: 1. Ochiq bo'g'in. Unli bilan tugagan yoki bir unlidan iborat bo'g'in ochiq bo'g'in- dir. Bo-ia, ke-la-di, i-bo-li, mo-no-gra-fi-ya, fo-to-gra-fi-ya so'zlaridagi ham- ma bo'g'inlar ochiq bo'g'in hisoblanadi. 2. Yopiq bo'g'in. Undosh bilan tugagan bo'g'in yopiq bo'g'in hisoblanadi. Daf- tar, mak-tab, av-val kabi so'zlardagi hamma bo'g'inlar yopiq bo'g'inlardir. So'zning o'zak va qo'shimchalarga ajralishi bilan bo'g'inlarga ajralish teng emas. Masalan: go‘sht-ni, barg-ga so'zlarida o'zak va qo'shimchalar bilan bo'g'inlar teng kelayotgan bo'lsa, go'sh-ti, bar-gi so'zlarida teng emas. barg-ga - o'zak va qo'shimchaga ajratish barg-ga - bo'g'inlarga ajratish barg-i - o'zak va qo'shimchaga ajratish bar-gi - bo'g'inlarga ajratish Sabrsizlikdan (sabr-siz-lik-dan),. ishchilarga (ish-chi-lar-ga), gulzor (gul- zor), gulchilik (gul-chi-lik), ishladi (ish-la-di), toshloq (tosh-loq) so'zlarida o'zak va qo'shimchaga ajratish bilan bo'g'inlarga ajratish teng keladi. Demak, bunday moslik bo'lishi uchun so'zlarning asosi bir bo'g'inli bo'lishi va ularga undosh bilan boshlanadigan qo'shimchalar qo'shilishi kerak. So'zlar qatorga sig'may qolganda bo'g'in ko'chirish asosida keyingi qatorga olib o'tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo'g'in bir tovushdan iborat bo'lsa, ular yakka hoiatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko'chiriladi. 2005, «Nav- ro‘z-2002», BMT kabi so'zlar qatordan qatorga ko'chirilmaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling