O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
QATOR UNDOSH VA QO‘SH UNDOSH
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
QATOR UNDOSH VA QO‘SH UNDOSH
Bir bo'g'inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so'zlar qator undoshli so'zlardir. So'z boshidagi qator undoshlar o'rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo'shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa unli yozilmaydi. Masalan: traktor, broker, krem, stakan, stol. Go'sht, do'st, barg kabi so'z oxirida kelgan qo'sh undoshlardan bin talaffuzda tushib qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, rtimcha, o‘simlik so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar bir bo'g'inda bo'lmagani uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi: pax-ta, nim-cha, o‘-sim-lik kabi Shuningdek, alifbomizdagi bir tovushni ifodalash uchun ishlatiladigan harf birikmalari ham qator undoshli so'zlar sanalmaydi. Masalan, dengiz so'zida qator undosh mavjudmas, chunki bu so'zdagi ng harf birikmasi bitta tovushni ifodalashga xizmat qilgan. Ingliz, kongress so'zlarida esa qator undosh mavjud, chunki bu yerdagi n va g harflari alohida-alohida tovushlami ifodalab kelgan. Bilib oling: Gap takibida qator undoshli so'z kelganda unga qo'shimchalar qo'shilganda ham bu so'z qator undoshli so'zligicha qoladi. Masalan, Nutqning ko'rki so'zdir gapida ikkita qator undoshli so'z mavjud: nutqva ko‘rkso'zlari. Garchi ko VVcso'ziga egalik qo'shimchasi qo'shilganda bu so'z ikki bo'g'inga ajrasa ham (ko‘r- ki kabi), so'zning asosida qator undosh mavjud bo'lgani uchun ham uni qator undoshli so'z deymiz. O'zbekcha so'zlarning fonetik tuzilishidagi o'ziga xoslik shundaki, so'zning boshida ketma-ket ikki undosh bir joyda qator kelmaydi. Shuningdek, so'zning oxirida ham st (ost, ust), It (yilt, milt), rt (to'rt, turt, qurt) kabi qo'sh undoshlardan tashqari boshqa undoshlar yonma-yon kelmaydi. Traktor, stakan, stol kabi so'z boshida qator undosh kelgan so'zlar Yevropa tlllaridan kirib kelgan so'zlardir. So'zlarning bunday tovush tuzilishi tilimizga xos bo'lma- ganligi uchun ham qator undoshlar orasida, ba’zan oldida bir unli qo'shilib ikki bo'g'inga ajratilgan holda talaffuz qilinadi (tiraktir, istakan, istol kabi), lekin ular asl holatida yozi- ladi (traktor, stakan, stol kabi). So'z oxirida qator undosh kelgan go'sht, musht (sht), daraxt, baxt (xt), barg (rg) kabi so'zlar esa, asosan, fors-tojik tilidan o'tgan. Bunday so'zlarda yonma-yon kelgan undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldiriladi. Yozuvda yonma-yon kelgan undoshlar saqlanadi. Tarkibida qator unli qatnashgan so'zlar ham o'zbekcha so'zlar sanalmaydi. Ular o'zbek tiliga boshqa tillardan o'zlashgan. Ayrim qator unlilar talaffuzida bir unli aytil- sa-da, yozuvda ikkita unli yoziladi. Masalan, muallim, muovin so'zlarida tor unli talaffuz qilinmaydi: muallim (malim), muovin (movin) kabi. Ayrim so'zlarda esa qator unlilar o'rtasida talaffuzda bir undosh orttirib aytiladi. Masalan, soat so'zida ikkita keng unli yonma-yon kelgan, talaffuzda sog'at (Toshkentda), sohat (Farg'onada) tarzida aytiladi. Tabiat, shior kabi so'zlarda tor va keng unli qator kelganda talaffuzda tor unlidan keyin tovush ortadi: tabiat > tabiyat, shior > shiyor kabi. Yoki said, shoir so'zlarida keng va tor unli qator kelganda talaffuzda keng unlidan keyin tovush ortadi: said > sayid, shoir > shoyir kabi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling