O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


FE’L YASALISHIDA TOVUSH ALMASHISHI


Download 0.61 Mb.
bet29/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

FE’L YASALISHIDA TOVUSH ALMASHISHI:
ong (ot) + la = angla (fe’l)
son (ot) + a = sana (fe’l)
yosh (ot) + a = yasha (fe’l)
ot (ot) + a = ata (fe’l)
yosh (sifat) + ar = yashar (fe’l)
Yuqorida berilgan so'zlarning barchasida tovush almashishi so'zning asosi(yetakchi inorfemasi)da sodir bo'ldi. -illa qo'shimchasi orqali taqlid so'zlardan fe’l yasalganda tovush almashishi so'zning asosida emas, qo'shimchasi(ko‘makchi morfemasi)da kuzatiladi. Bunday tovush almashish hodisasi v bilan tugagan yoki asosida u unlisi bo'lgan to'zlarga qo'shilganda ro'y beradi:
lov +jlla = lovulla
gur+illa gurulla


OT YASALISHIDA TOVUSH ALMASHISHI:
yor (fe’l) + = yara (ot)
ishqa (fe'l) + r = ishqor (ot)
tala (fe’l) + n = talgn (ot)
qara (fe’l) +1 = qarol (ot)
a bilan tugagan fe'llardan -q qo'shimchasi yordamida ot yasalganda, so'z asosida­gi a tovushi o tovushiga almashadi:
tara (fe’l) + q = taroq (ot)
so'ra (fe’l) + q = so'roq (ot)
SIFAT YASALISHIDA TOVUSH ALMASHISHI:
chuchi (fe’l) + k = chuchuk (sifat)
ilg‘a_(fe'l) + r = ilg'or (sifat)
«a» bilan tugagan fe’llardan «-q» va «-qi» qo'shimchasi yordamida sifat yasalsa, «a» tovushi «o» tovushiga almashadi:
tarqa + q = tarqoq
sayra + qi = sayroqi
i bilan tugagan fe'llardan -q qo'shimchasi yordamida sifat yasalganda i unlisi u unlisiga almashadi: sovi + q = sovuq
quri + q = quruq
tara - taroq, sana - sanoq, suva - suvoq, bo'ya - bo'yoq, yama
yamoq, qiyna - qiynoq; quvna - quvnoq, mudra - mudroq, bodra
bodroq, yumsha - yumshoq, qayna - qaynoq, sovi - sovuq, quri - quruq; o‘yna - o'ynoqi, yig'la - yig'loqi kabi so'zlarda a tovushi o ga, i tovushi u ga almashadi. Ayrim so'zlarga -q qo'shimchasi qo'shilsa ham, tovush almashmaydi: qavi - qaviq, og'ri - og'riq,ili - iliq kabi.
Quyidagi so'zlarda bir necha tovush o'zgarishlari kuzatiladi. Ularni eslab qoling:
o'ynoqi = o'yin + a = o'yna + qi - 2 ta tovush o'zgarishi: 1 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi
yig'loqi = yig'i + a = yig'la + qi - 2 ta tovush o'zgarishi: 1 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi
qiynog'i = qiyin + a = qiyna + q = qiynoq + i - 3 ta tovush o'zgarishi: 1 ta tovush tushishi, 2 ta tovush almashishi
sanog'im = son + a = sana + q = sanoq + im - 3 ta tovush almashishi
buyrug'ingiz = buyur + uq = buyruq + ingiz - 2 ta tovush o'zgarishi: 1 ta tovush tushishi, 1 ta tovush almashishi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling