V.DISSIMILYATSIYA- ikki xil o'xshash tovushning o'zaro ta'sirida boshqa shu turdagi tovush kelib chiqadi. Progressiv dissimilatsiya - oldingi tovush ta’sirida keyingi tovush o'zgaradi: zaral (zarar), sallot (soldat). Regressiv dissimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o'zgarishi: ushta (uchta), maxtanchoq (maqtanchoq).
VI.METATEZA- yonma-yon kelgan tovushlarning o'rin almashishi: Sayram - Saryam, daryo - dayro, tuproq - turpoq, ahvol - avhol, la’nat - na’lat, afv - avf, aynalmoq - aynalmoq, to'g'ramoq - to‘rg‘amoq, supra - sur- pa kabi. Ayrim so'zlar tarixan metatezaga uchragan. Masalan, yomg‘ir so'zi qadimda yog'mir, kiprik so'zi esa kirpik bo'lgan. Keyinchalik hozirgi ko'rinishga kelgan.
MAVZUNI TAKRORLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq. So'zlarni o'qing. Asosda qo'shimcha qo'shilishi natijasida sodir bo'layotgan o'zgarishlarni belgilang.
Angla, sanoqsiz, yashovchan, pasaymoq, susaymoq, yig'loqi, dumaloq, qaynoq, sayroqi, so'roqsiz, o'ma, qulog'i, bo'yog'i, tomog'i, tilagi, yuragi, shahrimiz, ko'ngli, singlisi, mening, undan, bunday, ekkani, eshikka, bog'ga, boqquncha, ekkuncha, chohga.
2-mashq. Gaplami o'qing. So'zlarning asos qismida bo'layotgan tovush o'zgarishlarini belgilang.
Birovning narsasini so'roqsiz ravishda olish kechirilmas gunoh sanaladi. Fevral oyiga kelib sovuqning shashti biroz pasaydi. Xalqimizning tilagi bitta - tinchlik. Shahrimiz qiyofasi mustaqillik yillarida keskin o'zgarib ketdi. O'zbekiston - Vatanim mening. Bunday ozod va obod mamlakatni bobolarimiz orzu qilishgan, xolos. O'zbekistonning xalqaro obro'yi kundan kunga oshib bormoqda. Dam olish kuni bog'ga ko'chat ekkani bordik. Sportchilarimizning Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroki hammamizni quvontirdi. Xalqimizning erki o'z qo'lida.
3-mashq. So'zlarni imlo qoidalariga mos ravishda daftaringizga ko'chirib yozing. So'zlarning talaffuzida sodir bo'layotgan o'zgarishlar- ga e’tibor bering.
Blan, istadion, birgada, qrov, brov, blyard, mlyon, brgalikda.
Do'stlaringiz bilan baham: |