1-mashq. Berilgan so'zlarning birinchi harflariga qarab alifbo tartibida joylashtiring. Sabzavot, zamin, gulbog', dangasa, xo'roz, muallim, kitob, baxt, hunar, xarsang,
teletanlov, teleko'rsatuv, teleserial, televizor, tarjimon, xazina, bahor, yulduz.
2-mashq. Lotin alifbosi asosida harflar sirasini yoddan aytib bering. Alifbodagi harflar tartibini raqamlar yordamida ifodalang. Quyida misollar tarkibidagi so'zlarning keltirib chiqargan harflar raqamini yozib chiqing.
Namuna: Vatanimiz - 21* 1,19,1,13,8,12,8,24.
Derazamning oldida bir tup,
O'rik oppoq bo'lib gulladi.
Novdalami bezab g'unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini. t ,
ORFOGRAFIYA VA UNING TAMOYILLARI
Orfografiya, ya'ni to'g'ri yozish qoidalari ma'lum tamoyillarga asoslanadi. Ular quyidagilar:
1 . Fonetik tamoyil yoki yozuv. Bunga ko'ra, so'zlar va qo'shimchalar qanday aytilsa, shunday yoziladi:buloq-buloqqa; yosh-yasha, sana-sanoq kabi. Fe'l nisbati yasovchi qo'shimchalar (kuldir, o'tkaz, ko'rgaz, tutqaz, eshittir), ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmalari (ishlay ber - ishlayver, kela oladi - keloladi), jo'nalish kelishigining «k» va «q» bilan tugagan so'zlarga qo'shilgan holatlari (yurakka, qishloqqa), -gan sifatdosh yasovchi qo'shimcha va -gach, -guncha, -gudek, -gancha, -gani ravishdosh yasovchi qo'shimchalarining «k» va «q» bilan tugagan fe'llarga qo'shilish holatlari (ek- kan, boqqach, tikkuncha), egalik qo'shimchasining ba’zi so'zlarga qo'shilgan holatlari (o'g'il - o'g'lim, shahar - shahri, bilak - bilagi, o'rtoq - o'rtog'i, parvo - parvoyim), ikki, olti, yetti so'zlaridan jamlovchi son yasalishi (ikki - ikkov, olti - oltovlon, yetti - yettov) kabilar shu tamoyil asosida yoziladi.
2-Morfologik tamoyil yoki yozuv. So'z va qo'shimchalar talaffuziga qarab emas, qabul qilingan qoidalar asosida yoziladi. Bu yozuv asos va qo'shimchalarni aynan yozishni talab etadi. Ketti emas, ketdi; aytipti emas, aytibdi; toqqa emas, tog'ga; tussiz emas, tuzsiz kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |