O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
- CHIZIQCHA BILAN YOZISH
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1.mashq
- AJRATIB YOZISH
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq
- BOSH HARFLAR IMLOSI
Eslatma:
1)undosh bilan tugagan barcha fe’llarga -uv qo'shiladi: ol - oiuv, yoz - yozuv kabi; 2)undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo'shiladi: uz - uzuq, yut - yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so'zlarning uchinchi bo'g'inida i aytiladi va shunday yoziladi. 2.K, q harfi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, ular g va g‘ ga aylanadi: yurak - yuragi, bilak - bilagim, tilak - tilagim; buloq - bulog'im, quloq - qulog'ing, qishloq - qishlog I kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi singari so'zlarda bunday holat kuzatilmaydi. 3.Singil, o'rin, ko'ngil, o'g'il, shahar kabi sozlarga egalik qo'shimchasi, qayir, ayir so'zlariga nisbat yasovchi qo'shimcha, ikki, olti, yeff/so'zlariga jamlovchi son hosil qiluvchi qo'shimcha qo'shilsa, asosda tovush tushishi hodisasi ro'y beradi. 4.U, shu, o'sha kabi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dagi, -dosh, -cha qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n orttiriladi, aksincha, men, sen olmoshlariga -ni va -ning qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n tushirib qoldiriladi: bunda, shundan, o'shancha, meni, sening kabi. 5.Parvo, obro', mavqe so'zlariga egalik qo'shimchalari (I va II shaxsda) qo'shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyi, obro'yim, mavqeyim kabi. 6.-boz, -bon qo'shimchalari -voz, -von kabi aytilsa-da, doimo asl shakli bo'yicha yoziladi: dorboz, bog'bon kabi. Lekin -vachchaqo'shimchasi hamma vaqtshunday aytiladi va yoziladi: amakivachcha, xolavachcha kabi. 7.-dir nisbat yasovchi qo'shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shiladi: yondir, bordir, quvdir kabi (kel so'zi bundan mustasno), qolgan o'rinlarda -f/r shaklida aytiladi va shunday yoziladi: ektir, quyultir, kestir kab\. 8.-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina qo'shimchalari uch xil aytiladi va yoziladi: ertaga, ertagacha, borgach, borguncha, borgudek,' borgan; eshikka, eshikkacha, chiqqach, chiqquncha, chiqqani kabi. Eslatma: bargga, pedagogga, bug'ga, sog'ga, og'gan, sig'guncha so'zlari bunga kirmaydi. QO'SHIB YOZISH 1.Xona, noma, poya, bop, xush, ham, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, ■ orombaxsh, kamquvvat, bug'doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab. 2.-(a)r (inkori -mas) qo'shimchasi bilan tugaydigan qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, otboqar, cho'lquvar, ishyoqmas, qushqo'nmas kabi. 3.Takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo'shib yoziladi: pirpirak, hayhayla, gijgijla. 4.Narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: kamaygul, qo'ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg'iyko'z kabi. 5.Narsani uning rangi, mazasi, o'zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: olaqarg'a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. 6.Narsalarning biror maqsad, ish uchun mo'ljallanganini bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqora, nosqovoq, ko'zoynak kabi. 7.Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: tog'olcha, cho'lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 8.Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog'di, urto'qmoq, ochildasturxon kabi. 9.Qaratuvchili birikmaning bir so'zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo'shma otlar qo'shib yoziladi: mingboshi, so'zboshi, olmaqoqi kabi. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so'zi bilan ifodalangan joy nomlari qo'shib yoziladi: Yangiyo'l, To'rtko'l, Mirzaobod, Xalqobod. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo'lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O'rta Osiyo, Ko'hna Urganch, O'rta Chirchiq kabi. 10.Rus tilidan aynan o'zlashtirilgan yoki so'zma-so'z tarjima qilish yo'li bilan hosil etilgan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, teleko'rsatuv. 11.Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo'shiladigan qo'shimchalar qo'shib yoziladi: SamDU, ToshDU. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. O'qing. Qo'shma so'zlarni aniqlab, yozilishiga diqqat qiling. Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy qilindi. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hoziijavob yoshlami tarbiyalashdan iborat. Mehmondo'st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos bo'lgan sofdil, mard va dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir. 2-mashq. Quyidagi qo'shma so'zlarning qanday yozilishini aniqlang va ko'chirib yozing. Qirq — bo'g'im, qashqar—gul, chala — savod, xush — bichim,- ish — yoqmas, omma — bop, millatlar—aro, tez — oqar, havo — rang, ayta — oladi, qayta — qurish, chanqov — bosdi, umum — davlat, odam — sifat, Tyan — Shan, Chil — ustun. CHIZIQCHA BILAN YOZISH 1.Juft so'z va takroriy so'z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, kiyim-kechak, adi- badi, don-dun, uy-uyiga, ich-ichidan, oz-moz, ikir-chikir, mayda-chuyda, chopa-chopa. 1)juft so'zdan qo'shimcha yordamida yasalgan so'zlar ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo'shlamoq kabi; 2)juft so'z qismlari orasida -u, -yu bog'lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo'yiladi va juft so'z ajratib yoziladi: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz; 2.Yetakchi va ko'makchi fe’l bir xil shaklda bo'lsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-ol- di, borasan-qo'yasan, uxlabman-qolibman; 3.Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi kabi so'z shakllari chiziqcha bilan yoziladi; 4.So'zning -ma, ba- qo'shimchalari yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: ko'chama-ko'cha, uyma-uy, rang-barang, dam-badam. Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so'zlar qo'shib yoziladi: ro'baro', darbadar; . 5.Rus tilidan aynan yoki so'zma-so'z tarjima qilish yo li bilan oiingan so'zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: unter-ofitser, kilovatt-soat; 6.-chi, -a, -ya, -ku, -da, -e, -ey yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi: sen-chi, boray- lik:da, qo'y-e. Ammo -mi, -oq, -yoq, -ov, -yov, -gina, -kina, -qina yuklamalari o'zidan oldin kelgan so'zlarga qo'shib yoziladi: keliboq, ko'rganov, mengina; 7.Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo'shimchasi o'rniga chiziqcha bilan yoziladi: 7-sinf, 1991-yil, 1-sentyabr. Tartib soni ko'rsatuvchi Rim raqamlaridan keyin chiziqcha bilan yozilmaydi: XX asr, X sinf. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1.mashq. So'zlarni o'qing. Ular ishtirokida gaplar tuzing, so'ng daftaringizga ko'chirib yozing. Orzu-umid, aka-uka, chol-kampir, issiq-sovuq, kecha-kunduz, el-yurt, asta-sekin; baxt-u saodat, ota-yu ona, qop-qora, ko'm-ko'k, rang-barang, men-a, bor-e, bolam-ey, biz-chi. 2.mashq. Gaplarni o'qing, chiziqchaning ishlatilish sabablarini ayting. Mehribon kishining pand-nasihatlarini olgin - ular seni saodatga yetaklaydi. Ko'zing sog'ida ezgulik qil, mol-dunyong borida ulash, yedir (Yusuf Xos Hojib). Beva-bechora, mayib-majruh, xor-u zor insonlarga ko'ngildan chiqarib berilgan moddiy yordam: pul- non, mayiz-yong'oq, kiyim-bosh va hokazoga xayr-sadaqa deyiladi (M.Sattor). Go'zal- lik shunday narsaki, u insonda mehr-muhabbat, shodlik, erkinlik va shunga o'xshash tuyg'ularni uyg'ota olishi shart (A.Oripov). G'o'zalarim tiniqib-tiniqib suv icha berdi. G'o'zalarim qonib-qonib suv icha berdi. Chilla suv - tilla suv bo'ldi (T.Murod). Aravakash uning so'zini ilib oldi: -Shirin-shirin gap o`rnida shirin-shirin ashuladan bo'lsin, opa, ta’rifingizni eshitib jigarlarimiz laxta-laxta qon bo'lib ketgan (A.Cho'Ipon). 3-mashq. Juft so'zlarning tushirib qoldirilgan qismini topib, daftaringizga ko'chirib yozing. Kasb-... kollejlari yangi tipdagi o'quv dargohi sanaladi. Mam- lakatimizda tinchlik-...ning hukm surayotgani bizning baxtimizdir. EI-... manfaati uchun kurashish hammaning burchidir. Insonlarning aql- ..., fe’l-..., ma’naviy-... kamoloti mamlakat taraqqiyotini belgilaydi. 4-mashq. Quyida berilgan noto'g'ri so'zlarni to'g'rilab yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing. Kuch-farosat, ko'cha-tomosha, aql-so'z, egri-dushman, gap-qudrat yaxshi-bugri, to'y-ko'y , do‘st-u-yomon, baxt-xayol, o'y-saodat. AJRATIB YOZISH 1)qo'shma fe'lning qismlari ajratib yoziladi: sarf qil, ta’sir et, sotib ol, olib chiq, miq etma; 2)ko'makchi fe’l va to'liqsiz fe'l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ko'r, so'rab qo'y, bera boshla, yiqila yozdi. Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o'zgarishi bo'lsa, bunday qismlar qo'shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan); 3)ko'makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo'yi. Lekin bilan ko'makchisining -la shakli, uchun ko'makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, siz-chun; 4)hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o'sha so'zlari o'zidan keyingi yoki oldingi so'zdan ajratib yoziladi: hamma vaqt, qay kuni, shu yoqdan, u yerda. Lekin birpas, biroz, birato'la, birvarakayiga, birmuncha, buyon so'zlari qo'shib yoziladi; 5)sifat oididan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to'q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so'zlar ajratib yoziladi: to'q qizil, liq to'la, lang ochiq; 6)murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o'n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir; 7)yildan yilga, tomdan tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo'nalish kelishigida bo'lgan birikmalar ajratib yoziladi; 8)belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi ko'pdan ko'p, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq kabilar ajratib yoziladi; 9)izofali birikmalar ajratib yoziladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hoi kabi. Lekin izofa yozilmaydigan so'zlar, qismlaridan biri yoki har ikkisi o'zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so'zlar qo'shib yoziladi: gulbeor, dardisar; 10)qo'shma so'zlarning qismlari bir-birini izohlasa, ajratib yoziladi: osma ko'prik, til oldi, o'rta keng, uzun bo'yli, Jo'ra tog'a. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. So'zlarni qo'shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo'lib ko'chirib yozing. Ko‘z//oynak, sotib//olmoq, alla//qachon, shu//yerga, baland//parvoz, xom//semiz, tinchlik//sevar, umum//davlat, shaharlar//aro, shirin//so‘z, jigar//rang, besh//kokil, otash//qalb, g‘ayrat//qilmoq, bilag//uzuk, Yakka//saroy, Olti//ariq, Qum//qo'rg‘on, SotII voldi, kino//yulduz, radio//markaz, tele//tanlov. 2-mashq. Gaplarni o'qing. So'zlarning qo'shib yoki ajratib yozilayotganiga diqqat qiling. Guzar olato'polon bo'ladi. Guzar olatasir bo'ladi. Ei oqkaltak-qorakaltak bo'ladi. Farg'onani oqpodsho bosadi. Oqpodsho shahar oralaydi (T.Murod). Ikki kun burun Qumariqqa ketgan edi (A.Cho‘lpon). Poytaxt atrofidagi ko'plab so'lim manzillarga boradigan avtobuslar shu yerdan jo'naydi: Parkent, So'qoq, Kumushkon, Oqtosh, Ghimyon, G'azalkent, Sijjak (E.A ‘zamov). Mahallamizda ikkita masjid, bitta choyxona,ikkita baqqollik bor. Masjidning bittasi - Tikanlimozorda, ikkinchisi - Yetimmasjid Qo'rg'ontagida (G'.G'ulom). Oybuloq - yurt. Yurtni tashlab ketib bo'lmaydi (Sh. Bo'tayev). Millatlararo munosabatlar masalasi murakkab va hal qilinishi dolzarb muammolardan biridir (E.Vohidov). BOSH HARFLAR IMLOSI 1.Kishining ismi, otasining ismi, famiiiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar O'rinovna, Furqat, Mannon Otaboy. 2.Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Qoratog', Shimoliy Kavkaz. 3.Yulduz va sayyoralar, boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Yer, Quyosh. 4.Gapning birinchi so'zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab qo'ydim. 1)ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so'zi kichik harf bilan yoziladi: «Bu men», - qo'rqibgina javob berdi u; 2)xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda bunday qismlardan oldin chiziq qo'yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: Unlilar lablarning ishtiorkiga ko'ra 2 ga bo'linadi: a)lablangan unlilar; b)lablanmagan unlilar. 3)gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo'yib sanalsa, bunday qismlar ham kichik harf bilan yoziladi: Unlilar lablarning ishtiorkiga ko'ra 2 ga bo'linadi: lablangan unlilar; lablanmagan unlilar. 5.Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san'at asariariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, transport vositafari, sport inshootlariga qo'yilgan nomlar bosh harf bilan boshlanadi: «Tong» mehmonxonasi, «Ozodlik» haykali, «G‘uncha» bog'chasi. 6.Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so'zi bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni. 7.Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi har bir so'z bosh harf bilan boshlanadi: Rossiya Federatsiyasi, O'zbekiston Oliy Sudining Raisi, Jahon Tinchlik Kengashi. 8.Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so'z bosh harf bilan boshlanadi: O'zbekiston Qahramoni, «Oltin Yulduz» medali. Boshqa mukofotlar, faxriy un- vonlar, nishonlar nomidagi birinchi so'zgina bosh harf bilan boshlanadi: «o`zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi». 9.Hurmat ma’nosida ishlatilgan Siz va O'zingiz olmoshlari bosh harf bilan yoziladi. 10.Ba’zan atoqli otlar umumiylik, tur kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bunday hollarda ular kichik harf bilan yoziladi: Kecha farhodlar kelishdi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR 1-mashq. Matnni o'qing. Bosh harflarning ishlatilish o'rinlarini izohlang. Ahmad Yassaviy Turkiston (hozirgi Janubiy Qozog‘iston)dagi Yassi shahrida tavailud topdi. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan edi. Yosh Ahmad dastlab Arslon bobodan, so'rigra Buxordda Yusuf Hamadoniydan tahsil oldi. Tasavvuf ilmi bilan jiddiy shug'ullanib yassaviya (jahriya) tariqatiga asos soldi. Ahmad Yassaviydan bizgacha «Hlkmatlar» yetib kelgan. Xalq orasida u «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur. Hikmatlarga Qul Xoja Ahmad, Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad ibn Ibrohim, Sulton Xoja Ahmad Yassaviy, Miskin Yassaviy, Ahmadiy, Qul Ahmad, Miskin Ahmad kabi taxalluslar qo'yilgan. Yassaviy she’rlarida nafsni yengish g'oyasi asosiy o'rinni egallaydi. Mana, bir necha asrdan beri uning hikmatlari xalqimiz tomonidan sevib o'qib kelinmoqda. 2-mashq. Bosh harflarning ishlatilish sabablarini tushuntirib bering. Tohirjon, Shuhratbek, Sayfi Saroyi, Habib Abdullayev; Xiva, Zarafshon, Mirzachol, Amudaryo, Norin, Chortoqsoy; Qurama, Bobotog', Hisor; Markaziy Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Koreya; Quyosh, Merkuriy, Saturn; «Mahalla» jamg'armasi, «Matiz» avtomobili, «Turon» ishlab chiqarish birlashmasi; «Mustaqillik» ordeni, «O‘zbekiston Respubiikasi xalq artisti», Navro'z bayrami; O'zbekiston Respubiikasi ichki ishlar vazirligi, Don mahsulotlari davlat-aksionerlik korporatsiyasi «o`zdonmahsulot», YUNESKO tashkiloti. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling