O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI


Download 0.61 Mb.
bet38/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

UNDOSH TOVUSHLAR TALAFFUZI VA IMLOSI
B - p undoshlari
B (b) harfi lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So'z o'rtasida va, asosan, so'z oxirida jarangsizlashib p tarzida aytilsa ham, doimo b yoziladi. Masalan: sabab - sabap, javob - javop, zarb - zarp, mubtalo - muptalo, ibtido-iptido kabi.
P (p) harfi lab-lab, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush ko'pincha b va f undoshlari o'rnida talaffuz qilinsa ham, asliga ko'ra b va f yoziladi. Masalan; kelib - kelip, g‘arb - g'arp, insof- insop, ulfat-ulpat kabi.
V- f undoshlari
V (v) harfi lab-tish, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o'zbekcha so'zlarda va so'z boshida kelmaydi, arab-fors tilidan o'zlashgan so'zlarda esa turli o'rinlarda kela oladi: vaqt, vafo, tavsif, sovun, qovurg‘a kabi. So'z oxirida keluv- chi v so'zlashuv nutqida p yoki f ga o'tadi, ammo qoidaga muvofiq v yoziladi. Masalan: Norqulov - Norqulop, Olimov - Olimof, avtomat - aptomat, kooperativ
kooperatip kabi.
F (f) harfi lab-tish, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Talaffuzda ba’zan p ga o‘tsa ham, f yoziladi. Masalan: fasl, safar, futbol, latif, isrof, insof kabi.
G - k undoshlari
G (k) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushnfifodalaydi. So'z oxirida jarangsiz k kabi eshitiladi, ammo yozuvda g tarzida yoziladi. Masalan: bang, tug, pedagog, eg kabi.
Imlo qoidasiga ko'ra, oxiri g bilan tugagan so'zlarga g undoshi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -gach, -gan, -gina kabi qo'shimchalar qo'shilganda k tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq g yoziladi. Qarang: bargga, egguncha, dialoggacha, tuggin.
K (k) harfi til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Oxiri k bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda k jaranglashadi va g tarzida aytiladi hamda shunday yoziladi. Masalan: yurak - yuragim, tilak - tilagi kabi,
D -t undoshlari
D (d) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. So'z oxiridagi d doimo jarangsiz talaffuz qilinadi. Biroq asliga muvofiq d yozilaveradi: band - bant, avlod - avlot kabi. So'zning oxirida d tovushidan oldin n kelsa va bunday so'zlarga qo'shimchalar qo'shilsa, d talaffuz etilmaydi, ammo yoziladi: payvandchi - payvan- chi, balandroq - balanroq, xursandchifik - xursanchilik kabi.
T (t) harfi til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So'z oxiridagi t talaffuzda ko'pincha tushib qoladi, biroq asliga muvofiq yozilaveradi: do'st - do% daraxt - darax kabi. Bunday so'zlarga qo'shimchalar qo'shilganda ham talaffuzda t undoshi eshitilmay qoladi, ammo bu hoi imloda aks etmaydi: do'slik - do'sti, dasro'mol - dastro'mol, mashinisga - mashinistga kabi.
Jonli nutqda t bilan tugagan so'zlarga ch undoshi bilan boshlanuvchi qo'shimchalar qo'shilganda t ning ch ga aylanish hodisasi yuz beradi: sutchi — suchchi, yigitchs
yigichcha, uyatchan - uyachchan kabi.
Z - s undoshlari
Z (z) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Jonli nutqda so'z oxirida kelgan z tovushi jarangsizlanib, s tovushiga moyil talaffuz qilinadi, biroq asliga ko'ra z yozilaveradi: boramiz - boramis, og'iz - og'is, Matiz - Matis kabi. Bu holatni z bilan tugallangan o'zakka jarangsiz undoshlar qo'shilganda ham kuzatish mumkin: yuz so‘m - yus so‘m, so'zsiz - so'ssiz, izchil - ischil kabi.
S (s) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. E, i unlilaridan oldin kelganda yumshoq talaffuz etiladi: sezgi, sekin, silamoq, sim kabi.
J - sh undoshlari
J (j) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Sof o'zbekcha so'zlarda portlovchi tovush tarzida, fbrs-tojikcha va ruscha o'zlashmalarda sirg'aluvchi tovush kabi talaffuz qilinadi. Qiyoslang: jon, ajoyib, jajji - portlovchi j; ajdar, mujda, janr- sirg'aluvchi j. Jonli nutqda ch yoki sh tovushlariga moyil aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi: toj - toch, boj - boch, garaj - garash, massaj - massash kabi.
Sh (sh) harfi til oldi, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Til oldi un­doshlari bilan kelganda yumshoq, orqa qator unlilar bilan yonma-yon kelganda esa qattiq talaffuz qilinadi: shirin, ishkal, shol, sho'x kabi.
Rus tili orqali o'zlashgan so'zlarda yumshoq va cho'ziqroq aytiladi va doim sh yoziladi: meshchan, plash, borsh, obshina kabi.
G‘ - q undoshlari
G' (g‘) harfi chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi.
So'z oxirida g' tovushi ba’zan qo'shimchalar ta’sirida x tarzida aytilsa ham, g' yozila­di: bog'cha - boxcha, belbog'cha - belboxcha, zag'cha - zaxcha kabi.
Imlo qoidalariga ko'ra, g' bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi va g bilan boshlanadigan boshqa qo'shimchalar qo'shilsa, o'zakdagi g' va qo'shimchadagi g q tarzida talaffuz etilsa-da, asliga muvofiq yoziladi: sog'ga, tog'ga, sig'guncha, yog'gan kabi.
Q (q) harfi chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
Jonli nutqda so'z o'rtasi va oxirida q tovushi g' va x ga moyil aytilsa ham, imloda asliga ko'ra yoziladi: botqoqlik - botqog'lik, baliq - balig‘, shu yoqda - shu yog‘da, to'qson - to'xson, vaqt- vaxt kabi.
Q undoshi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda q jaraglashib, g' ga o'tadi va bu hodisa imloda aks etadi: taroq - tarog'i, qo'shiq - qo‘shig‘im, o'rtoq - o‘rtog‘ing kabi. Ammo bir bo'g'inli so'zlarda, chetdan o'zlashgan so'zlarda bunday paytda q undoshi aslicha aytiladi va yoziladi: haq - haqqi, to'q - to'qin, ishtiyoq - ishtiyoqi, huquq - huquqim, ravnaq - ravnaqi kabi.
q bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi -ga va g bilan bosh­lanadigan boshqa qo'shimchalar qo'shilganda g undoshi q tarzida aytiladi va bunday so'zlar qo'shaloq q bilan yoziladi: soliqqa, yoqqach, chiqquncha, qo'rqqudek, achchiqqina kabi.
X - h undoshlari
X (x) harfi chuqur til orqa, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi.
So'z o'rtasidava oxirida ba’zan q tovushiga moyilroq aytilsa ham, asliga muvofiq yoziladi. Masalan: axloq - aqloq, mix - miq, soxta - soqta kabi. O'zbek tilida, asosan, e dan boshqa unlilar bilan yonma-yon kelganda yoziladi va ularning qattiqroq talaffuz qilinishiga sababchi boiadi: xalq, xabar, to'xta, axtar, xush, xamirkab'i.
H (h) harfi bo‘g‘iz undoshi, sirg'aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. O'zbek tilida bu tovush oh, e, ha kabi undov so'zlarda, asosan, arab-fors tilidan o'zlashtirilgan so'zlarda uchraydi.
H harfi ifodalagan tovush x tovushiga nisbatan yumshoqroq, nafisroq talaffuz etiladi: himoya, hosil, hokim, Shohista, ohang, sahna, tuhfa kabi.
Jonli nutqda h tovushi ba'zan o'zidan keyingi undosh kabi aytiladi yoki butunlay talaffuz etilmaydi: mahkam - makkam, mahsi - massi, dahlsiz - dalsiz, shahodatnoma - shaodatnoma kabi. Kundalik so'zlashuvda yumshoq bo'g'iz tovushi h undoshining ko'pincha qattiq, chuqur til orqa tovushi x tarzida aytilishi adabiy me’yorga xos. Chunki bu tovushlarning bir xilda talaffuz etilishi so'z ma'nosini butunlay o'zgartirishi mumkin: shoxi - shohi, hoi - xol, hil - xil.
H harfi bilan yoziladigan so'zlar. sulh, bahor, subh, sahv, sahifa, sahro, sayyoh, ruhoniy, ruhan, ruhiy, rohat, rahm, rahmat, mehmon, pinhon, ohista, oh- zor, ohu, muhtaram, mahalla, mahkam, lahza, ishtaha, zohid, ahvol, ahd, ahamiyat, muharrir, muhtasham, muhtoj, muhabbat, muhayyo, muhrdor, muhim, muhlat, muhojir, muhokama, muhr, mehr, mehnat, mahsulot, mohtob, mahkum, zahmat, himmat.
M - n undoshlari
M (m) harfi lab-lab, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. E, i old qator unlilaridan oldin kelganda yumshoq (meva, mehmon, miqyos kabi), orqa qator unlilar, chuqur til orqa undoshlari bilan yonma-yon kelganda esa qattiq (somon, mol, muborak, mo‘min kabi) talaffuz qilinadi.
N (n) harfi til oldi, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush b, m undoshlari oldida kelganda m tarzida aytiladi, ammo asliga ko'ra yoziladi: tanbur- chi - tamburchi, minbar - mimbar, yonbosh - yombosh, manmanlik - mammanlik kabi. Jonli nutqda n tovushining ba’zan o'zidan oldingi undosh ta’siriga uchrab o'sha tovush tarzida qo'shaloq aytilishi adabiy talaffuz me’yoriga ziddir: gapni -gappi, yo'lni-yo'iii, ko'zni-ko‘zzikab\'
Ch - ng harflari
Ch (ch) harfi til orqa, qorishiq, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Ch harfi bilan tugallanuvchi o'zakka qo'shimcha qo'shilganda hamda ayrim so'zlarda ch tovushi sh kabi aytiladi, ammo asliga muvofiq yoziladi: uchta - ushta, uchdi - ushdi, kich- kina - kishkina, qarich - qarish kabi.
Ng (ng) harfi til orqa, portlovchi, jarangli undosh tovushni ifodalaydi. Bu tovush so'z boshida uchramaydi. So'zning o'rtasi (manglay ingichka kabi) va oxirida (teng, ong kabi) kela oladi. Mazkur harfning imlosida quyidagi holatlarga e’tibor berish lozim:
-jang, zang, so‘ng, ko‘ndalang, durang, ingramoq kabi so'zlarda uchraydigan til orqa ng tovushi o'mida ishlatiladi. Bunday so'zlarni bo'g'inlarga ajratganda ng harfiy birikmasi n va g harflariga ajratilmaydi va alohida tovushlar sifatida talaffuz qllinmaydi;
-kongress, tangens, burungi kabi so'zlarda ng alohida tovushlar n va g ni Ifodalaydi, shu sababli bo'g'in ko'chirishda ajratib yoziladi.
Ng tovushi ikki unli o'rtasida kelganda ikkinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi va bir satrdan boshqasiga shunday ko'chiriladi: si - ngil, de - ngiz, opa - ngiz kabi.
Agar ng tovushidan so'ng undosh kelgan bo'lsa, ng tovushi birinchi unli bilan bo'g'in hosil qiladi: sing - lim, teng - qur, ang - lagan kabi.
So'z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o'rtasidagi farq yo'qolib, bir xil - jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling