O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet40/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
1-mashq. Berilgan so'zlami nomlovchi so'z, ifodalovchi so'z, ko'rsatuvchi so'z, olmoshlovchi so'z, atovchi so'z guruhlariga ajrating. Leksik ma’no bildiradigan so'zlami alohida, leksik ma’no bildirmaydigan so'zlami alohida guruh qilib yozing.
Ey, voy, drr, paxta, gilos, bormoq, aytmoq, men, siz, ikki, bilan, qadar, hatto, ammo, hoy, afsuski, Qudrat, Feruza, sotib olmoq, Sotiboldi, uzra, kabi, nahotki, uxlamoq, tez, asta, yaxshi, go'zal, toshloq, ruchka, Aziz, ozoda, faqat, xuddi, mana, kim, qayer, chunki, qattiq, kuchli, bilmoq, yurmoq, yetti, sakson, masalan, avval, kecha, obbo, uf, haqida.
2-mashq. Berilgan so'zlardan bir xil grammatik ma’noga ega bo'lganlarini alohida guruhlarga ajrating.
Yozdi, tarvuz, kitoblar, ketdi, yomon, ko'k, uylar, idish, chiroyli, yugurdi, ozg'in, to'shak, keng, kurak, uxladi.
3-mashq. Berilgan so'zlaming moddiy tomoni va ma’no tomonini aniqlang.
Namuna: Kitob so'zining moddiy tomoni: 5 ta tovushdan tuzilgan: k, i, t, o, b. Ma'no
tomoni: 1) leksik ma’nosi: narsaning bir turi, o'quv quroli; 2) grammatik ma’nosi: ot, bosh kelishikda, birlikda.
Shahar, yaxshi, yetti, boraman, keladi, baland, gulchi.


SO‘Z VA LEKSEMA
Ma'lum ma’no bilan bog'langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so'z sanaladi.
So'z ikki xil ma’no bildiradi. Bu ikki xil ma’noni olmalami so'zi misolida ko'rib chiqaylik; Olmalami so'zi olma daraxti v.a meva ma’nosini bildiradi. Bu uning leksik ma'nosi hisoblanadi. Olmalarni so'zi yuqoridagi ma’nodan tashqari ot, tushum kelishigi, ko'plik ma’nolariga ham ega. Bu ma'nolar uning grammatik ma’nosi sanaladi. Demak, so'zning leksik va grammatik ma’nolari mavjud.
Nutq jarayonida har bir so'z leksik va grammatik ma’nolar uyg'unligidan tashkil topadi. Leksik va grammatik ma’nolaming muayyan tovush yoki. tovushlar birikma­si bilan barqaror munosabatidan tashkil' topgan butunlikka nisbatan so'z atamasi qo'llaniladi. Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi so'zning qismi uchun esa leksema atamasi qo'llaniladi. Qisqa qilib aytganda, leksema so'zning gramma­tik ma'no bildiruvchi qo'shimchalarsiz qismi bo'lsa, so'z esa grammatik qo'shimchalar bilan shakllangan qismdir. Grammatik qo'shimchalarga so'z yasovchi qo'shimchalar kirmaydi, uiarga sintaktik va lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar kiradi. Masalan, «Bog‘larda gullar ochildh gapidagi so'zlar boglarda, gullar, ochildi birliklari bo'lsa, leksemalar bog', gul, och birliklaridir. Yoki «Bog‘bon daraxtlami parvarish- laydb gapidagi so'zlar bog'bon, daraxtlarni, parvarishlaydi birliklari bo'lsa, leksemalar bog'bon, daraxt, parvarishla birliklaridir. Demak, leksema tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha qatnashsa ham, grammatik qo'shimchalar bo'lmaydi. So'zlar esa leksema va grammatik qo'shimchalarga bo'linadi. Lug'atlarda bosh so'z sifatida leksemalar beriladi.
Bunday vaqtda so'z morfoiogiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling