O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
LEKSIKOLOGIYA
Tilning lug'at tarkibi so'zlar (leksemalar) va iboralar (frazemalar)dan iboratdir. So'z lug'aviy boylik sifatida leksik birlik, ibora esa frazeologik biriik hisoblanadi. Bular birga- likda lug'aviy birliklarni tashkil etadi. Leksika atamasi ikki ma'noda qo'llaniladi: a) tilning lug'at tarkibi, so'zlar yig'indisi; b) lug'at tarkibini o'rganuvchi tilshunoslikning alohida bo'limi. Leksika atamasining ikkinchi ma'nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo'llaniladi. Leksikologiya yunoncha lexikos - so'z, so'zga doir va logos - ta’limot so'zlarining birikishidan olingan bo'lib, leksika'(so'z) haqidagi ta’limot demakdir. Xullas, so'z va uning leksik ma’nolarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi leksikologiya (ba'zan leksika) deyiladi. Leksikologiya tilning lug'at tarkibi, leksikasi va uning taraqqiyoti haqidagi ta’limotdir. Tilshunoslikning leksikologiya va morfoiogiya bo'limlarida so'z o'rganiladi. Leksikologiya so'zning leksik (lug'aviy) ma’nosini o'rgansa, morfoiogiya so'zning grammatik ma’nosini o'rganadi. So'z tushunchaning biror tildagi nomidir. Masalan, kitob - o'zbekcha so'z, o'qish uchun mo'ljallangan, sahifalardan iborat bo'lgan va sahifalariga yozilgan, axborot beruvchi o'quv quroli. Ruslar KHura (kniga) deganda ham, inglizlar book deganda ham xuddi shu narsani tushunadilar. Yoki yuz - inson a’zosi; yuz, bet, aft, bashara, oraz degan bir necha so'zlarning barchasi inson a’zosi tushunchasini anglatadi. So'zning ikkita tomoni bor: 1) moddiy tomoni, 2) ma’no tomoni. So'zning tovushlardan tashkil topishi uning moddiy tomoni hisoblanadi. Har qanday so'z o'zining tovush qobig'iga ega. So'zni talaffuz qilganimizda va qulog'imiz bilan eshitganimizda go'yo u faqat tovushlar ketma-ketligidan tashkil topgan butunlikdek tuyuladi. So'zni bunday tasavvur qilish bir yoqlamadir, chunki har qanday tovushlar birikmasi so'zni hosil qilavermaydi. Masalan, so', ko's singari tovush birikmalarini so'z deb bo'lmaydi. So'z bo'lishi uchun tovushlar birikmasining o'zigina kifoya qilmaydi. Ma'lum tovush va tovushlar birikmasi ma’no bilan bog'langandagina so'zga aylanadi. Yuqoridagi tovush birikmalarining tartibini o'zgartirsak, ular ma'lum ma’no bilan bog'lanadi. Masalan, o‘s, so'k kabi. So'zning ma’no tomoni deganda esa uning leksik (lug‘aviy) hamda grammas'1 tik ma’nolari tushuniladi. So'zlaming borliqdagi narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlar haqidagi ma'lumoti (tasavvuri), tushuncha bilan bog'liq ma’nosiga atash (leksik, lug'aviy) ma’nosi deyiladi. Masalan, kitob, daftar, qalam, ruchka kabi so'zlar o'quv qurollarini, uy, maydon, gulzor, qumloq kabi so'zlar orin-joy ma’no- larini, qizil, oq, yashil kabi so'zlar rang-tus ma'nosini, o'qi, yoz, yur kabi so'zlar ma’lum' tipdagi harakat turiarini, o'n, yuz, olti kabi so'zlar ma’lum miqdor nomlarini bildiradi. Lekin tilimizdagi barcha so'zlaming leksik ma'nosi bir xil emas. Ular so'zlaming turkum- lanishiga qarab belgilanadi. Shunga ko'ra ular quyidagi turlarga bo'linadi: 1.Nomlovchi so'zlar. Bular atash (leksik) ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar bo'lib, of (atoqli otdan boshqalari), sifat, son, fe’l, ravish turkumlari kiradi. Bunday so'zlar shaxs va narsalami (gul, qush, uy, bola, daraxt), belgini (oq, qizil, yashil, yaxshi, chiroyli), miqdomi (besh, olti, yetmish), harakatni (yurmoq, qurmoq, yozmoq, kelmoq), harakatning belgisini (tez, sekin, darrov, jadal) bildiradi. 2.Ifodalovchi so'zlar. Bunday so'zlar atash (leksik) ma'nosini bildirmaydi. Bu turga undov so'z, modal so'z va yuklamalar kiradi: oh, xo‘sh, albatta, voy, nahotki, faqat, balli kabi. 3.Ko'rsatuvchi so'zlar. Ular so'zlar orasidagi grammatik munosabatlar- ni ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Bu turdagi so'zlarga bog'lovchilar (va, hamda, ammo, yoki) va ko'makchilar (bilan, uchun, qadar, uzra, kabi) kiradi. 4.Olmoshlovchi so'zlar. Bularga olmosh turkumidagi so'zlar kiradi. Olmosh- lar o'zicha mustaqil atash (leksik) ma'nosiga ega emas. Olmoshlar lug'aviy ma'noni matn ichida oladi. Ularning ma’nosi o'zidan oldingi matnda oydinlashadi. Masalan, u deganda inson ham, narsa-buyum ham, voqea-hodisa ham tushuniladi. 5.Atovchi so'zlar. Bunday so'zlarga atoqli otlaming leksik ma’no anglatmay- digan ma’lum turlari kiradi. Atovchi so'zlar nomlovchi so'zlar guruhiga kiruvchi turdosh otlardan keskin farq qiladi. Masalan, muhabbat so'zi turdosh ot bo'lib, nomlovchi so'z sifatida ma’lum bir his-tuyg'u haqidagi tushunchani bildiradi. Muhabbat ism bo'lib kelganda esa faqat ataydi, leksik ma’no anglatmaydi, asosiy tushunchani ifodalamay qo'yadi. Shuning uchun shartli ravishda istalgan qiz ismini Muhabbat deb qo'yish mumkin. Ko'rinadiki, tilimizdagi barcha so'zlaming atash (leksik) ma’nosi bir xil emas. Bulardan faqat nomlovchi so*zlargina shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holat va ularga xos belgi-xususiyatlar, miqdor haqidagi tushunchalarini bildiradi. Shuning uchun ular leksik ma'noga ega so'zlar hisoblanadi. Ifodalovchi, ko'rsatuvchi, olmoshlovchi, atovchi so'zlar esa bunday xususiyatga ega emas va ular leksik ma’no. bildirmaydi. leksikologiya bo'limida faqat leksik ma'noga ega bo'lgan nomlovchi so'zlarginao'rganiladi, leksik ma’noga ega bo'lma- gan so'zlar leksikologiyaning o'rganish obyektiga kirmaydi. So'zning grammatik ma'nosi uning qaysi turkumga mansubligi, grammatik qo'shimchialari orqali ifodalanadi. Masalan, kitob - ot, bosh kelishikda, birlikda. Yoki qora - sifat, oddiy darajada. Keldi - fe'l, o'tgan zamonda, bo’lishli fe'l, xabar maylida, III Ihaxs-birlikda. Tilimizdagi barcha so'zlar leksik ma’noga ega emas, lekin ulaming barchasi grammatik ma’no ifodalay oladi. Bir turkumga mansub so'zlar uchun umumiy bo'lgan ma’no grammatik ma’nodir. Masalan, daraxt, bola, qovun so'zlari bir xil leksik ma’noga ega emas, chunki daraxt ko'pyillik o'simlikni, bola insonning o'smir yoshigacha bo'lgan farzandini, qovun poliz ekini ma'nosini bildiradi. Lekin ulaming grammatik ma'nosi bir xildir. Chunki daraxt, bola, qovun so'zlarining barchasi ot turkumiga mansub, bosh kelishik, birlik son ma’nosini ifodalagan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling