O`zbek adabiyoti tarixi 4-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 32.94 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi32.94 Kb.
#155646
Bog'liq
OZBEK ADABIYOTI TARIXI. 4 3407f230708194aae01ce358b8eb7db4


O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI

4-mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1. Abdulla Qodiriy hikoyalari motivi haqida so‘z yuriting.

2. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani badiiyati nimalarda aks etadi?

3. Cho‘lpon she’riyatining o‘ziga xosligi haqida gapiring.

4. “Kecha va kunduz” romanidagi xarakterli obrazlar haqida so‘zlang.

1. Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari:Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-

1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek

romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning

faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924)

xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent

mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26)

oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya

topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan

mutolaa qilgan.



Abdulla Qodiriy Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila

boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik

qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa

qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan

va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26).

Ijodi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning oʻrtalariga

toʻgʻri keladi. „Sadoi Turkiston“ gazetasining 1914-yil 1 aprel sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangimasjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak adibning

matbuotdagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi sheʼrlari, „Baxtsiz kuyov“ dramasi, „Juvonboz“ hikoyasi chop etiladi (1914 - 915). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan boʻlib, jadidchilik gʻoyalari bilan

sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni

uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „Uloqda“

hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada

yuqori boʻlib, XX tongidagi oʻzbek realistic adabiyotining choʻqqisi, realistik

hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning 1917-yil Oktyabr

toʻntarishidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bogʻlangan. Uning 1919–

1925-yillar oraligʻida yozgan maqolalari soni 300 atrofida. Abdulla Qodiriyning

publitsistik chiqishlari avvalo oʻsha davrning tarixiy hujjati, zamonasining

solnomasi. 20-yillar oʻrtalarida yozilgan „Kalvak Mahzumning xotira daftaridan“,

„Toshpoʻlat tajang nima deydir?“ satiric hikoyalar turkumida yozuvchi kulgusi

„xarakter kulgusi“ darajasiga koʻtarildi. Muallif bunda hayotdagi, odamlar

tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqtai nazardan turib,

nuqul biryoqlama qoralash, fosh etish yoʻlidan bormay, xarakter va hodisalarni

xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan koʻrsatishga jazm etadi. Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik

faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922-yil „Inqilob“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan

davr oʻzbek xalqi uchun millatning erki, ozodligi, mustaqilligi, jahondagi oʻrni

masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz

taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil

qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u bolsheviklarning yolgʻon

vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini,

yovuz mustamlaka siyosati mohiyat eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini,

munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy

adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu

qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, Qoʻqon

muxtoriyatining tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla

Qodiriyning qalbini larzaga soldi.
2. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali 1xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi,

„tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan

keyingi „xon zamonlari“ – XIX a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi. „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi nihoyatda keng . Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular

„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi orasida yurtning, millatning taqdiri,

mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin el-yurtning mustaqilligi,

birligi masalasi romanning asosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari

Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga

hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq

koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urfodatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻybasti, qiyofasi keng koʻlamda aniqravshan

gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini

ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi

juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni

hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan

omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari

bahonasida muayyan tarixiy davrni – Turkistonning rus bosqini arafasidagi

ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy

sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi

jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi.

Garchi romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy

muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va taxlil etsada,

inson shaxsining muhit va sharoitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli

gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda

tugʻilib voyaga yetgan sajiya-harakter, surat va siymo vajidan ikki olam –

egachisingil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri

mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz

baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs

harakteriga xos tugʻma xususiyatlarni shargʻlash bilangina cheklanmaydi,

bunday hislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan

taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib

qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana

oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi –

Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi hislat, biroq unga

xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti

uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi;

birovlarning koʻz yoshlari hisobiga, oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz

baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal

siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari –

Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz

tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin,

oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham,

Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning palapartish,

dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz

yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz

tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga

toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima

qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan

ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti

xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek

adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi.

Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi.

Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini

oʻynadi.


Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „Mehrobdan chayon“ni 1928-yil fevralda

yozib tugatdi. Roman 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Garchi bu

roman mavzui ham XIX adabiyot hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi

oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan

davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni

qahramon qilib tanlashdan murod „Mehrobdan chayon“ romani muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga,

hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi

sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan. „Mehrobdan chayon“ romanining mazmuni Garchi „Mehrobdan chayon“da davr zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari

koʻrinsada, amalda realizm mavqeida turgan, tarixiy haqiqatni mumkin qadar

haqqoniy ifodalashga intilgan. Yozuvchining „Mehrobdan chayon“dagi realistik mahorati Solih maxdum obrazida juda yorqin namoyon boʻlgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali maxdum tabiatiga xos „maqtab boʻlmaydigan“ xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki

va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda mahdumning „hamma

nuqsonlarini yuvib ketarlik“ fazilatini ham taʼkidlaydi: „nima boʻlganda ham maxdum

oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan“. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik

qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy

mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar

kitobiy, shoirona… Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda,

kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning „gʻayritabiiy“ xatti-harakatlari mantiqan va

ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim

olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin

eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot beradi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning

kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr ko‘rgan Sayidxon, mulla Siddiq

va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq

maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatli-tarixiy,

publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlari tabiatini,

xususan haramdagi qizlar fojiasini hazilmutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi.

Ammo bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va

shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, „Mehrobdan chayon“ hayot haqiqatini

„orttirmay va kamitmay“ oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan

gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar

vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obidadir.

Abdulla Qodiriyning tarixiy romanlari 20- yillardagi yangi oʻzbek adabiyoti oldida

turgan murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarning juda koʻpini yechib berib,

adabiy taraqqiyotning tezlanishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli

vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy

ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib yetishdilar. Abdulla romanlarining 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotiga taʼsiri Qodiriy ijodining milliy adabiyotlarga

taʼsirini tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz adabiyotining Sadriddin Ayniy, M. Avezov,

X. Deryayev, Chingiz Aytmatov singari yirik vakillari ham qayta-qayta qayd

etishgan. Nemis adabiyotshunoslari N.Tun, I. Baddauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, asli eronlik amerika olimi Eden Nabi Abdulla Qodiriy ijodi boʻyicha jiddiy ishlar qilganlar. Abdulla Qodiriy ijodidagi chuqurmazmunni jozibador va ravshan shaklda ifoda eta olish, hayotdan yirik va salmoqli voqealarni tasvir uchun tanlay olish, hayotdagi dramatik vaziyatlarga eʼtibor, shaklning ixchamligi va katta prozada

ortiqchaliklardan xoli ifodaning ustunligi, soʻzning maʼnoga mosligi va yorqinligi,

hammadan ham muhimi – kishilar harakteridagi muhim xususiyatlarni koʻra

olish va tasvir eta bilish yosh avlod uchun doimo ibrat namunasi boʻlib kelmoqda.

Oybek aytganidek, „Oʻtkan kunlar“ romanida yozuvchi til ustida katta mahorat koʻrsatadi. Romanning tili haqiqatan boy, boʻyoqli, sodda, ifoda kuchi zoʻr, ommaga anglashilarlik bir tildir. Oʻzbek adabiy tilining shakllanishida bu asarning roli, shubhasiz, katta. Abdulla

Qodiriy yosh adabiy avlodni doimo jahon realistik adabiyotidan oʻrganishga

chaqirar, oʻzi ham jahon klassiklarini mutolaa etish va ularning asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilish jarayonida realizm ustalaridan oʻqib-oʻrganib borar edi. Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas,

sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi

uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni

bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan

boʻlasan…“. Abdulla Qodiriy 30-yillardagi murakkab sharoitda ham ijodni davom ettirdi. 1934- yil qishloq hayotidan „Obid ketmon“ qissasini yozdi. Asardagi Obid obrazi

oʻzbek adabiyotidagi noyob hodisa. Uni oʻzbek xalqining mehnat, dehqonchilik

„Obid ketmon“ qissasi madaniyati bobidagi yetukligi timsoli, deyish mumkin. Yozuvchi bu obraz tasvirida oʻsha davrda odat tusiga kirgan tor „sinfiylik“ doirasidan ancha chetga

chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni ardoqlash yoʻlidan boradi; xolis turib

qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish harakatining bir qancha tomonlarini haqqoniy koʻrsatdi; ichki muammo – ziddiyatlarni ochib berdi, kolxoz tuzumi oxir-oqibatda odamlardagi tashabbusni, shaxsiy egalik, manfaatdorlik tuygʻusini soʻndirishligini aytdi. Qodiriyning mazkur qissasini oʻzbek adabiyotidagi birinchi „ishlab chiqarish“ qissasi, Obidni esa

birinchi ishbilarmon odam obrazi deyish mumkin. Abdulla Qodiriy bu oʻrinda

iqtisod, xoʻjalik masalalarining bilimdoni, tadqiqotchisi sifatida ham koʻrinadi; asar

bosh qahramonining harakteri, ruhiy olami asosan mehnatda, xoʻjalik ishlarida

ochiladi.

Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta

ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shunosiyning „Fizika“ (1928), Gogolning

„Uylanish“ (1935), Anton Chexovning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga

tarjima qildi. Qozonda bosilgan „Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan. Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi.

„Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928- yilda, „Mehrobdan chayon“ tojik tilida

Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari 1935-yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935- yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar rus, qozoq, uygʻur, tatar, arab,

italyan, ingliz, nemis va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.

Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin

kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy

asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yil „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa

olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, elyurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari

bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat

ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga

aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida

bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga

chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari

ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31- dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik

qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi

maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“

sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.

Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti

(1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari

ko‘chalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi

berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar

(1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.

3. Choʻlponning sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“

(1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiysiyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat nmanzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda

kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“,

„Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining

asosiy vazniga aylandi. Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati

bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning

mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi („Buzilgan oʻlkaga“, „Xalq“, „Vijdon erki“, „Kishan“ va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan adabiyotning kurash

quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan yozilgan

bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil

lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin

Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan

rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati

anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi.

Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham

oʻziga xosliginiChoʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz

sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923),

„Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati

taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.

Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor

qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek

nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil

farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“

(1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928),„Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi. Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“, „Boris

Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini,

Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“

dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari

rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari

O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar

ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat

mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilgan.

Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi

Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“

romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938- yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz

Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda ichigaChoʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi.

Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-

yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda

ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan. Shu yilning o‘zida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.

2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de

la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga

havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe. Abdulhamid Choʻlpon.
4. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi

sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday

qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon

Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya

janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi.

Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham

oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy

voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu

maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy

qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlariningayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotinqizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar

osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining

mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham,



kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy

gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.
Download 32.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling