O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Bo‘yla nazni ichia ham crur necha sbiq


Download 2.59 Mb.
bet232/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Bo‘yla nazni ichia ham crur necha sbiq,
Fahm etar ul kishiki, bo‘lsa mudiq.
Lekin ul barchadin dag‘i xubi,
Bor durur masnaviyning uslubi.
O‘zgalarni gar etmadim mazkur,
Bok emas, chun bori erur mashhur.
Masnaviykim burun dedim oni.
So'zda keldi vasi’ maydoni.
Vus’atida yuz o‘lsa marakagir, Ko‘rguzur san’atin bori bir-bir189.
Bunday fikrlar shoiming “Saddi Iskandariy” dostonida ham uchray- di. Xususan, unda Abdurahmon Jomiy ijodiga baho beriJar ekan, u yarat- gan ma’naviy xazina misolida masnaviyning she’riyatda o‘zga bir olam ekanligi alohida ta’kidlanadi:
Agar nazmdin borcha uslub anga,
Bori bir-biridin erur xub anga.
Vale masnaviy o‘zga olamdurar,
Ki tab’ig‘a holo musallamdurur190.
Shu sababli o'tmishda ijod qilingan epik va liro-epik asarlarda maz­kur she’riy shakl keng qo‘llanilgan. Bu holni turkiy-islomiy yozma ada- biyotning bizgacha yetib kelgan ilk namunasi hisoblanmish “Qutadg’u bilig” asarida ham ko‘rish mumkin. “Qutadg'u bilig”da sxematik tarzda bo‘lsa-da epiklik, ya’ni voqealar bayoni mavjud. Dostonda “... voqealar- ning epik bayoni qo'vilgan masalalaming bir-biridan ajrab qoimasligi, ulami o‘zaro bogdab turish uchungina keltiriladi, xolos”191. Biroq bu masnaviyning imkoniyatlarini cheklamaydi. Masnaviy tarkibida boshqa janrlaming qo‘llanilish hodisasi ham aynan “Qutadg‘u bilig”da boshla- nadi. Dostondagi to‘rtlik va qasida shunday xususiyatga ega. Masalan, asardagi to‘rtliklar masnaviydagi fikrlaming tasdig‘i vazifasini bajaradi. Masnaviy tarkibida boshqa janrlardan foydalanish noma janriga mansub asarlardaham uchraydi. G‘azal, qit’a, fard kabi janrlaming noma asosida yaratilgan dostonlar tarkibida co‘llanilishi Yusuf Xos Hojib tajribasining keyingi davrlarda o‘ziga xos Urzda davom etganligidan dalolat beradi.
Masnaviy imkoniyatlarican munozara janrida ijod qilgan shoirlar ham samarali foydalanishgan. Xususan, nazmda yaratilgan munozaralar fikrimizga dalil bo‘ia oladi. Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”, Nisho- tiyning “Boz va bulbul”, “Daf va gul”, “Qushlar munozarasi” kabi asar- larida masnaviyning she’riy shakl sifatida yakka o‘zi qo‘llanilishi uning o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyotini ko‘rsatadi.
Masnaviy ishqiy yo‘nalishdagi dostonlaming yaratilishida ham mu- him rol o‘ynadi. “Suhayl va Guldursun” dostoni bilan boshlangan bu mavzu keyinchalik “Gul va Navro‘z”, “Xusrav va Shirin”, “Yusuf va Zulayxo” kabi asarlarda muvaffaqiyatli davom ettirildi. Masnaviy yirik, voqeaband asarlardan tashqari kichik hajmli she’rlarda qo‘llanilishi ham mumkin. Sayfi Saroyi ijodi bunga misol bo‘ia oladi. Shoirning “Vasf ul-shuaro” nomli she’ri yetti baytdan iborat. U masnaviy shaklida yara­tilgan:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Kimi to‘ti bikin chaynar shakarni,
Kimi lafzi bilan o‘rtar durarni2”...
Ko‘rinadiki, she’rda shoirning adabiy-estetik fikrlari aks etgan bo‘lib, uni o‘z davrining nazariy qarashlari sifatida baholash mumkin. She’rdagi bulbul, zog‘, to‘ti obrazlari turli toifadagi shoirlar guruhini anglatsa, keyingi misralardagi fikrlar esa ulatming har biriga xos xusu- siyatlarni ochiq bayon qilishga qaratilgan. Sayfi Saroyi so‘zni yuksak qadrlaydi. Umuman, badiiy ijod “mavzuni shirin” va “loyiqi ta’rifu tah- 192 sin” bo‘lishi uchun kurashadi. Demak, bu she’rda masnaviy shoirning poetik maqsadini to‘liq yuzaga chiqara olganligi bilan e’tibomi o‘ziga tortadi.
Masnaviy deganda she’riy shakldan tashqari dostonlarning tus- hunilishi - yirik hajmli voqeaband asarlarda masnaviy shaklining qo‘llanilishi bilan bog'liq tarzda yuzaga kelgan. Biroq masnaviy faqat voqeaband asarlarda qo‘llaniladi, deyish to‘g‘ri emas. U voqeabandlik tasviridan tashqari botiniy his-tuyg‘ulami mukammal bera olish imko- niyatiga ham ega. Masalan, noma turkumidagi asarlaming masnaviyda yozilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Chunki ularda voqealar bayoni mavjud emas:
Ayo xurshidtek olam charog‘i,
Munawar chehrangiz firdavs bog'i.
Qamuq ko‘rkluklar uzra podshosen,
Masih anfosliq Yusufliqosen193...
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni uchinchi nomasidan olin- gan mazkur misralardama’shuqaning go'zalligi haqida gap boradi. Unda oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi o‘ringa ega.
Demak, masnaviy XY asrgacha bo'lgan o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab, didaktik yo‘nalishdagi asar­larda qo‘llanilgan bu shakldan keyinchalik boshqa, xususan, falsafiy, ishqiy mavzulardagi dostonlarning yaratilishida ham keng foydalanildi. Uning takomilida Yusuf Xos Hojib, Xorazmiy, Xo‘jandiy, Sayyid Ah­mad, Sayyid Qosimiy, Qutb, Haydar Xorazmiy, Nishotiy kabi ijodkor- larning munosib hissasi bor.
TUYUQ
Turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida shakllangan janr- lardan biri tuyuq hisoblanadi. Tuyuq so‘zining o‘zagidagi tuy so‘zi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lib, tuy, his qil, bog‘la kabi ma’nolami anglatadi. Adabiy termin sifatida esa to‘rt misradan iborat o‘ziga xos
qonun-qoidalarga ega bo‘lgan she’r tushuniladi. Mutaxassislarning fik- richa, tuyuqning paydo bo‘lish ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib taqa- ladi. Tuyuqni kitobxon uchun boshqa to‘rt misrali she’rlardan ajratib tu- radigan asosiy xususiyat - unda so‘z o‘yinlaridan mohirona foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. So‘zning o‘ziga xos sehri, ma’no tovla- nishlari aks etgan misralar xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, shakldosh so‘zlaming turli ma’no anglatish xususi- yati xalq dostonlari uchun ham bir bezak bo‘lib kelgan:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Y axshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas, yaxshi ot217.
To‘rtlik pand-nasihat ruhiga ega. “Ot” so‘zining turli ma’nolar ifo- dalashi unga o‘zgacha joziba bag‘ishlagan. Bu hodisa mumtoz poeiikada tajnis deb ataladi. Tajnis, ya’ni omonim so‘zlardan foydalanish tuyuq­ning asosiy janriy belgilaridan biri hisoblanadi.
Tajnisdan mohirona foydalanish ilk turkiy-islomiy yozma ada- biyot namunalarida ham kuzatiladi. “Qutadg‘u bilig” bilan maxsus shugTillangan olim Boqijon To‘xliev dastlabki tuyuq namunalaridan biri sifatida dostondan bir to‘rtlik keltiradi:
Qayu erda bo‘lsa uqush birla o‘g
Ani er atag‘il necha o‘gsa o‘g.
O‘qush, o‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal
Yavuz ersa kaz te, kichik ersa o‘g2,s.
Qaysi bir kishida zakovat va aql bo‘lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb atagin, qancha maqtasang maqta.
Yomon bo‘lsa (ham) yaxshi de, kichik bo1lsa
(ham) katta deb bil (ya’ni ulug‘la).
217 Эрганг ЖужунбнлУул уд ли. 2 жилдлик, 1- жилд. Ра вшаи достони. Иотишкт, Адабиет еа санъат, 7977. Б. 73.
2, Тухдиев Б. Юсуф Хос Дожибииш “Кутадгу билиг”и ва айрин жанрлар таконили (нас- навий, туртлик, касида), Тишкент. 2004. Б. 34.
To‘rtlik misralari so‘nggidagi “o‘g” so‘zi tajnis ko‘rsatkichi hisob- lanadi IJ birinchi misrada “aql”, ikkinchisida “maqta”, to‘rtinchi qatorda esa “katta yoshii kishi” ma’nolarini ifodalagan. Biroq to‘rtlik mutaqorib bahrida. yaratilgan. Aslida tuyuq ramal bahrida yozilishi kerak.
Har bi rj anr shakllanishj arayonida о ‘ ziga xos о ‘ zgarishlami boshidan kechiradi. Taraqqiyot tarixi davomida janrga xos bo‘lgan mezonlar pay- do bo‘ladi va ma’lum bir qolipga keladi. “Aruzning o‘zlashtirilgan vazn ekanligini nazarda tutsak, tuyuqning dastlabki vazni aruz bo‘lmaganligi, ramali musaddasi maqsur esa janr qonuniyatlarining standartlashgan, ma’lum mczonga kirgan shakli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunga ko‘ra, yuqoridagi to‘rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tu- yuqlardan bin deb dadii aytish mumkin ”194 195 196.
0‘tmish adabiyotshunosiigida tuyuq to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlarga ham e'tibor qaratilgan. Xususan, hazrat Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida bu janr haqida quyidagilami qayd etadi: “Yana turk ulusi, bataxsis chig‘atoy xalqi aro shoe’ avzondurkim, alar surudlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi “tuyug‘”durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa’y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali mu­saddasi maqsurdur...”'’2". Demak, to‘rt misradan iborat ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan va, albatta, tajnis qo‘llangan she’r tizimi tuyuq deb atalishi lozim.
Tuyuqning janr talablariga javob bera oladigan mukammal namu- nalari X1Y asr adabiyotida uchraydi. Yusuf Amiriy ijodi fikrimizga dalil boTa oladi:
Gar desam dog‘i visoling nori bor,
Olma deb achchig‘lab aytur: nori bor.
Ishq naxli ko‘z yoshimdin suv ichib,
Bargu borini sharariigi nori bor^k
Tuyuq ishqiy mazmunda yaratilgan bo‘lib, undagi tajnis “nori” so‘zining turli ma’nolariga asoslangan. Dastlabki misrada tajnis qilin- gan so‘z majozan “azob, qiyinchilik” ma’nolarida ishlatilgan bo‘lsa, ikkinchisidan “nariga ketgin” mazmuni anglashiladi. Demak, “oshiq vi- sol g‘amining azoblari haqida so‘zlar ekan, ma’shuqaning achchiqlanib aytgan so‘zlari birdek: nari bor”. Keyingi baytga shoir “nori” so‘zining “o‘t, olov” ma’nosini ustalik bilan singdirgan: “Ishq atalmish bir daraxt oshiqning ko‘zlaridan tinimsiz oqqan suvlami ichsa-da, natija, ya’ni, uning hosili - yanada battarroq kuyduruvchi olov”. She’r oshiq dardi izhorining bayonidan iborat, deyish mumkin.
Tuyuq janri haqida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida keltirilgan ma’lumotlar ham e’tiborga molik. Taroziy tuyuqni ruboiyning bir turi deb hisoblaydi va Muhammad Temur Bug‘o degan shoir ijodidan bir she’r keltiradi, u o‘z davri adabiyotidagi tuyuqning go‘zal namunalaridan biri hisoblanadi:
Gar havoyi vasli dilbar dori der,
Yo‘lda tikmishlar muhabbat dori der.
Sen agar chun oshiqi sodiq esang,
Bu muhabbat dorini bir dori der197.
Bobur mirzo ham aruz risolasida tuyuq haqida to‘xtaladi. Shoirning kuzatishicha, ikki, uch, to‘rt misrasi tajnisli qofiya langan hamda rad ill tajnis bo‘lgan tuyuqlar uchraydi. Bobur tuyuqning navlari haqida qayd etar ekan, ikki tajnisli tuyuq turiga alohida e’tibor qaratadi: “Yana biri ulkim qit’adek burung‘i baytning avvalg‘i misra’ida qofiya ri’oyat qil- may baytlaming qofiyasida tajnis keltirurlar nechukkim:
Berma derlar ul vafosizg‘a ko‘ngul,
Kim aning no‘shidin ortuq neshi bor.
Men tama’ uzmasmen o‘lsam la’lidin, Jon mening jonimdur elning neshi bor”198 199.
Qiziq tomoni shundaki, Lutfiy qalamiga mansub mazkur she’rdan Taroziy ham “Funun ul-balog‘a” asarida misol tariqasida foydalanadi. Biroq she’r asarda qit’a namunasi sifatida keltirilgan. Bundan tashqari Bobur Hoji Aqcha Kandiy ismli shoirdan keltirgan tuyuq ham Taroziyda aynan qit’a deyiladi224. Ahamiyatlisi bu she’rning ikkinchi va to‘rtinchi misralanda tajnis qo’llangan. Umuman, Taroziyda qit’a nomi ostida be- rilgan to’rtta o‘zbckcha she’ming barchasi so‘z o‘yinlariga asoslangan.
Bobur qayd etgan tuyuq turlari orasida uch tajnisli tuyuqlar yetakchi bo‘lsa-da, biroq ikki tajnisli janr namunalariga ham duch kelish mum- kin. Xususan, Gadoiy tuyuqlari shunday xususiyatga ega. Shu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, Gadoiy qalamiga mansub to‘rt misradan iborat bo‘lgan mustaqil she’rlar turli manbalarda qit’a, to‘rtlik sifatida baholanib keladi. Aslida ulardan ayrimlarini sof tuyuq namunasi deb atash mumkin. Chunki ular, birinchidan, Bobur keltirgan ikki tajnisli tuyuq talablariga javob bersa, ikkinchidan, ramal bahrida yaratilgan. Uc- hinchidan, she’ming ishqiy mavzuda ekanligi ham tuyuqning tabiatiga mos keladi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling