O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet2/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

ISBN 978-9943-4418-2-8

© Sano-standart, 2017


SO‘Z BOSHI
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va adabiyot tarixiga mu- nosabat. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, hamma sohalar qatori, ma’naviy jarayonga ham alohida e’tibor qaratila boshlandi. Ma’naviy jarayon ma’lum bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynab kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatning ruhan barqaror, sog‘lom fikrli avlodlari ma’naviy jarayon tufayligina o‘z g‘oyalarini, aqidalarini yaratib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan.
Sharq azaldan ma’naviy jarayon beshigi edi. Qadimgi Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston, Turon xalqlari yaratgan moddiy-ma’naviy yod- gorliklami eslab o‘tishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, Turonzaminning osori- atiqalari, yozuv madaniyati, arixitektura inshootlari hamon jahon ahlini hayratga solib kelmoqda.
Zotan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shunday deyiladi: sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik material­laming kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tay- yorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi”.30 Das- turda aytilgan bu kamchiliklar o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga ham bevosita va bilvosita aloqadordir. Ayniqsa, das- turda “Xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash”31ga qaratilgani o‘zbek mumtoz adabiyotini oliy ta’lim tizimida o‘qitishga alohida e’tibor berish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Chunki Dastur- da ta’kidlangan “xalqning boy va ma’naviy merosi”ning katta qismini o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Ikki ming yillik ta- rixga ega mumtoz adabiyotni izchil o'rgatadigan qo'llanmaning yo‘qligi ham “Kadrlar tayyorlash Millik dasturi”da qo‘yilgan vaziflami amalga oshirishni bir oz qiyinlashtirmoqda.
0‘zbek adabiyoti tarixi, umuman, o‘zbek tili va adabiyoti fanlariga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotgani ham bu fanning oliy ta’lim tizimida, qolaversa, jamiyatimizda katta mavqega ega ekanini ko‘rsatadi. Xususan, 2016-yilning 13 may kuni O‘zbekiston Respublika- sining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan chiqarilgan “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Farmoni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Far- monda ta’kidlanishicha, “Har qaysi xalqning ona tili va adabiyoti uning milliy ruhi va o‘zligining, madaniy-ma’rifiy olami, milliy g‘oyasining asosi hisoblanadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari ham bu fikmi yaqqol tasdiqlaydi”. Shuningdek, Farmonda o‘zbek tilining qadimiy ildizga va boy tarixga ega ekani, uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichini bosib o‘tgani to‘g‘risida ham aytilgan. Qo‘llanmada, mazkur farmondan kelib chiqilgan holda, har bir davrdagi adabiy tilning adabiy manbalami shakllantirishdagi roliga ham alohida e’tibor qaratilgan.
“0‘zbek adabiyoti tarixi” kursini o‘qitish muntazam ravishda ada- biyotshunoslik va metodika fanlariga doir so‘nggi yutuqlar bilan boyitib borilishi talab etiladi. Aks holda, talabalaming mumtoz adabiyot tarixi haqidagi tasavvurlari adabiyotshunoslik fani taraqqiyotidan ortda qolib ketadi. Shuningdek, bo‘lajak filologlar egallagan bilimlarini yosh avlod- ga o‘rgatishning samarali didaktik usullaridan bexabar qolishlari mum- kin. Yosh filologlar ertangi kunga yaroqsiz eski adabiy qarashlar tizi- mi bilan qurollanib qolmasliklari uchun ko‘p asrlik tarixga ega o‘zbek adabiyotiga tamomila yangicha nuqtai nazardan yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi. Chunki bizda, shu vaqtga qadar, umuman, adabiyot tarixi- ni, xususan, mumtoz adabiyot tarixini sog‘lom ilmiy asoslarda o‘rganish tamoyillari ishlab chiqilmagan edi.
Ko‘p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixi o‘tmishda alohida mustaqil fan va yaxlit tizimli badiiy-estetik hodisa sifatida emas, balki eng yetuk ada­biy siymolaming alohida asarlari ko‘proq badiiy mahorat nuqtai nazari- dan lokal yo‘sinda o‘rganib kelingan bo‘lsa, Sho‘ro davrida adabiyotga sinfiy-partiyaviy nuqtai nazar bilan qarash oqibatida bir millatning ya- gona adabiyotiga bir-biriga zid bo‘lgan ikkita adabiyot sifatida qaraldi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling