O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Yasna. “Yasna” daftari Ashah-Haqiqatga hamdu sano, unga olqish- lar bildirish, duolar, olovni qo‘riqlaydigan iloh Ozami, din peshvolarini va


Download 2.59 Mb.
bet14/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Yasna. “Yasna” daftari Ashah-Haqiqatga hamdu sano, unga olqish- lar bildirish, duolar, olovni qo‘riqlaydigan iloh Ozami, din peshvolarini va boshqa ilohlami, borliqni ulug‘lash bilan boshlanadi. “Avesto”ning shiori - ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal ham aynan Yasna qismida olqishlanadi. Zardusht ezguliklaming bu uch turini olqishlab: “Barcha yomon fikr, yomon so‘z va yomon amaldan yuz buraman” (34-bet) deb maqsadini bayon qilar ekan, o‘zining mazdoparast, zardushtiy, devlar dushmani va ahuraviy ekanini o‘mi-o‘mi bilan ta’kidlaydi.
Yasnada zardushtiylar ilohlami ulug'lab, ularga olqishlar aytadilar, insonning kundalik hayoti uchun zarur bo‘lgan yegulik, ichgulik va bosh­qa narsalami ham ulug‘laydilar, jumladan, suvlar, giyohlar, yaylovlaru o‘tin-cho‘plar, tog‘larga, shuningdek, adolatga, Zardushtning odilligiga azaliy nurga olqish aytadilar. Ular Spiytamon Zardushtga alohida izzat- hurmat bajo keltirib, Yasnaning bir necha o‘mida “Ashavan Spiytamon Zardusht fravashiysini olqishlaymiz” (46-bet), deb madh qilish bilan birga, unga xushnudlik bo‘lsin deya tilak ham bildiradilar. Bu olqishlar orqali zardushtiylar kundalik farovon hayotni, mehnatni va o‘zlarining rahnamosi Zardushtni ulug‘laganlar, degan fikrga kelish mumkin. Zotan, Zardusht o‘z ta’limotini yaratib, ijtimoiy-siyosiy hayotda ilk bor chor- vadoru dehqonlaming, hunarmandlaming manfaatini himoya qildi. Qo- laversa, zardushtiylik diniy-falsafiy oqim sifatida hayotga yaqin bo‘lib, insoniyatga faqat pand-nasihat qilish bilan cheklanib qolmasdan, kunda­lik turmushning farovon bo‘lishiga ham yo‘l ko‘rsatdi. Shu bois ham bu diniy-falsafiy oqimlami targ‘ib qiladigan yozma asarlar uzoq asrlar da- vomida paydo bo‘ldi, xalqning qarashlari, udumlari, aqidalari bu matn- laming yozma asar sifatida paydo bo‘lishida tayanch vazifani bajardi.
Jamshid haqidagi afsona. Yasnada olqish va hamdu sanolardan so‘ng Jamshid haqidagi afsona keladi. Astumand olamida yashovchi insonlar orasidan Yima (Jamshid)ning otasi Vayvanghon havm degan o‘simlikni siqib, undan suvini oladi. Buning evaziga farzandi Yima dun- yoga keladi. Yima Jam, Jamshid deb ham yuritiladi. Afsonada aytilis- hicha, Jamshid yaxshi suruvlar egasi, odamlar orasida eng e’tiborlisi, nihoyatda go‘zal bo‘lib yetiladi. Jamshid hukmronligi davrida odamzod ham, boshqa jonzotlar ham abadiy yashaydigan, o‘t-o‘lanlar, daraxtlar ham qurimaydigan bo‘ldi, inson va hayvonlar uchun yemish mo‘l-ko‘l edi. Jamshid hukmronligi paytida na qish, na jazirama issiq, na keksalik, na o‘lim, na devlar bor edi. Ota va o‘g‘il bir-biriga o‘n besh yashar yi- gitchaday ko‘rinardi.
Shundan keyin Vayvanghon havm o‘simligi suvidan Otbiyn degan odam ichdi va Faridun o‘sha odamdan tug‘ildi. Faridun Aji dahokni mag‘lub qilgan qahramondir. Uchinchi bo‘lib o‘sha o‘simlik suvini Som xonadonidan Atrat degan odam ichgan edi, undan Gershasp tug‘ildi. Gershasp esa shoxli ajdahoni o‘ldiradi. Gershasp choshgoh payti temir o‘choqda ajdahoning ko‘ragida ovqat pishirayotgan edi. Issiqlik ta’siridan ajdaho qattiq qalqib ketadi va o‘choqdagi qaynoq suv to‘kiladi. Garshasp epchillik bilan o‘zini chetga oladi va ajdahoni o‘ldiradi. To‘rtincbi bo‘lib esa bu o‘simlik suvidan Purushaspa degan odam ichdi va undan mazdo- parastlik dinining asoschisi Zardusht tug‘ildi.
0‘simlik kulti afsonaviy epik ruhni paydo qildi. Bu shunchaki af- sona emas, balki “Avesto”ning badiiy asar sifatida paydo bo‘lishi uchun istifoda etilgan detallardan biridir. Vayvanghon o‘simligi suvi mifolo- gik mazmunga ega bo‘lgani uchun muqaddas tushunchalami va qarashni ifodalaydi. 0‘simlik suvi onalik urug‘ining ibtidosi vazifasini bajaradi.
Yasnaning diqqatni jalb qiladigan jihatlaridan yana biri shuki, din peshvolari Zardusht singari timsolga ega bo‘lib, alqov va hamdu sano ay- tadilar. Jumladan, Yasnada buyuk din arboblaridan Zavt timsoli bor. U havm o‘simligini ta’rif-tavsif qilar ekan, u ham “Avesto”ning butun mo- hiyatini tashkil qilgan beshta xususiyat haqida so‘zlaydi: “Besh narsaga bog‘langanman.BeshnarsadanbhelnngaшaLan.£zgw/l0rga6og7agcanman, Yovuz fikrdan chekinganman. Ezgu kalomga bog'langanman. Yovuz ka- lomdan chekinganman. Ezgu amalga boglanganman. Yovuz fikrdan che- kinganman. Bo ‘yinsunguvchiga bog ‘ langanman. Bo‘yin toblaguvchidan chekinganman. Ashah - Haqiqatga bog langanman. Durujdan chekingan­man” (54-bet). Zavt obrazidan tashqari, Rospiy timsoli ham din peshvolari obrazlaridan biri bo‘lib, xuddi Zavt singari vazifa bajaradi - o‘limni uzoq- lashtiradigan havm o‘simligini “ildizlaring, tanang va shoxlaring bilan xush bo‘l”, deya duo qiladi.
Havm o‘simligi olqovi va hamdu sanosi Yasna qismida ko‘p o‘rin egallaydi. Birgina havm o‘simligi timsolida “Avesto” inson va tabiat o‘rtasidagi qadimiy tasawurlami gavdalantiradi. Zardusht havmni ol- qishlab, uning baqqoniyllgini, darmonbaxshligini madh qilish barobari- da, badkirdorlami yo‘q qilish uchun undan madad so‘raydi.
Zardusht havmdan quyidagilarni muruvvat bilan ato qilishni so‘raydi: birinchisi — havm insoniyatga munavvar jannat ato qilsin, ik- kinchisi - Zardushtga salomatlik baxsh etsin, uchinchisi - Zardushtga uzoq umr ato qilsin, to‘rtinchisi - Zardushtning murodi hosil bo‘lib, yer yuziga jasorat va shod-xurramlik bilan oyoq qo‘ysin, beshinchisi - Zardusht janggu jadallarga, ig‘vo, fitnalarga barham bersin, oltinchisi - g‘oratgar, yo‘lto‘sar, qaroqchilar va bo‘rilar tajovuzidan har doim ogoh qilsin (52- bet).
Zavt timsolida ham komil insonga xos alomatlami, yer yuziga faqat shodmonlik va farovonlik olib keladigan zotni ko‘ramiz. Zavt bunday maqsadlami amalga oshirishda mazdoparastlikka tayanadi va uni asosiy qurol qilib oladi. Uning shiori - mazdoparast, zardushtiy bo‘lishni istay- di, ezgu niyat bilan fikr qilmoqni, ezgu so‘z bilan so'zlamoqni, ezgu amal bilan ish qilmoqqa rozi. U jang-jgdallami, umsh aslahalarini bartaraf qi­lib, insonlar o‘rtasida qarindoshlik rishtalarini payvand qilmoqqa farmon beradigan mazdoparastlik diniga ishonadi va h. Xullas, “Avesto”ning asosiy shiori bo‘lgan fikrda, so‘zda va ishda ezgulik ayon bo‘lib turadi.
“Yasna”ning bir necha boblarida suvga madhiya aytiladi. Bir 0 ‘rinda Zardusht tomonidan suvga madhiya aytilsa, boshqa o'rinlarda suv din arboblari tomonidan olqishlanadi. Jumladan, din arboblaridan Rospiy suvlarga hamdu sano aytar ekan (68-hot), suvga nafaqat mod- diy, ayni paytda ruhiy ma’no yuklaydi: “Ey suvlar! Sizlar yaxshilik bi­lan ravonasiz, xilqatni yuvib, pok etasiz va ikki jahon saodatiga sazo- vorsiz. Biz sizlami e’zozlaymiz. Sizlami, ey yaxshi suvlar, xushnudlik bag‘ishlaguvchi Axura Mazda in’om aylagan ismlar bilan olqish etamiz. 0‘sha nomlar vositasida sizlami madh etamiz. 0‘sha ismlar vositasida sizlardan do‘stlik orzusidamiz” (98-bet). Bu parchadan ko‘rinib turib- diki, suv poklik timsoli sifatida yaratilgan jamiki narsalami poklovchi vosita va shu bois ham har qancha olqishlarga sazovordir.
Vandidod. “Vandidod” daftari “Devlami uzoqlashtimvchi qonun” yoki “Devlarga qarshi nizom” ma’nosini ifodalaydi. “Vandidod” ibtido- sida Zardusht Axura Mazdadan, mendan boshqa yana kimlardan hol- ahvol so‘rading, Ahura va Zardusht dinini kimga oshkor qilding, deb so‘raydi. Axura Mazda Zardushtning savoliga javob berar ekan, quyosh yuzli, go‘zal qiyofali Jamdan hol-ahvol so‘rab, Zardusht dinini unga oshkor qilganini aytadi.
Jam (Jamshid) - Zardushtdan keyin turadigan ikkinchi shaxs. Zar­dusht yer yuzida mazdakiylikni yoyuvchi birinchi zot bo‘lsa, Jam zamin- ga farovonlik olib kelgan ilk podshoh, yer yuzidagi jamiki insoniyat va jonzotlaming homiysidir.
Axura Mazda bilan Jam o'rtasidagi suhbat “Yasna”dagi Jam haqi- dagi afsonaning davomidir. Jam - zardushtiylikni targ‘ib qiluvchi emas, balki Axura Mazdaning amriga ko‘ra, yer yuzining podshohi bo‘lishni afzal biladi. U Axura Mazdaga shunday va’da beradi: “Men sening ja- honingga kenglik baxsh etaman. Men sening jahoningni ardoqlayman. Jahon ahliga peshvo va asraguvchi bo‘laman. Mening saltanatimda na sovuq bod, na issiq bod, na kasallik va na o‘lim bo‘ladi” (109-bet).
“Yasna”dagi Jam afsonasi bayoni “Vendidod”da uzluksiz, izchil davom etadi. Voqealar davomida yer yuziga hayvonot va parrandalar, insonlar sig‘may qolganidan Axura Mazda Jamni ogoh etganda, Jam za- minning janub tomoniga havo purkab, yer yuzini qamchi bilan savaladi. U Axura Mazdadan “shafqat nurlarini zamin uzra yog‘dir, kengliklar ato ayla”, deya iltijo qiladi. Zamin kengayib, hayvonlar va insonlar maskan qiladigan joylar paydo bo‘ladi. Ammo “o‘shanda Jam saltanatiga olti yuz zimiston bostirib keldi. yer yuzi suruvlar, tevalar uyuri, odamlar, itlar, parrandayu darrandalar va kuydirguvchi qizil olovlarga to‘lib ketdi. Suruvlar, tevalar uyuri va odamlar yer yuziga sig‘may qolishdi” (109- bet). Yana yer yuzi torlik qilib qolgach, Axura Mazdaning amri bilan Jam, yana ilgarigiday, zaminni kengaytiraveradi va bu bir necha marta davom etdi.
Ammo yer yuziga o‘lat singari qahraton qish kelishi haqida Axura Mazda Jamni ogohlantiradi va yer ostiga bino qurib, qo‘ylar, tuyalar, odamlar, itlar, parrandalar va kuydiruvchi qizil olov urug‘larini u yerga olib borishni amr etadi. Axura Mazda insonlar, hayvonlar, o'simliklar, mevali daraxtlar yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun juft-juft qilib, o‘sha yer osti binosiga olib kirishni buyuradi. Zotan, Axura Mazda - ezgulik, faro- vonlik, yaxshilik xudosi, yer yuziga ezgulik Axura Mazda orqali kelgan.
Shuningdek, Axura Mazda yaratuvchi iloh sifatida mehnatni, obo- donchilikni kashf qildi. Insonlar quruq tuproqni yumshatganlaridek, Axura Mazda Jamga yemi tovoni bilan ezg‘ilab, qo‘llari bilan shudgor qilishni o‘rgatadi. Axura Mazda nimaiki amr etgan bo‘lsa, Jam hamma- sini bajarib, yer yuzidagi hayotni yer ostida ham Ьагро qilgan binolarda davom ettiradi.
Shu o‘rinda “Avesto”dagi qahraton qish afsonasi Shumer mix- xatlarida saqlanib qolgan To‘fon voqeasini, Musoning “Ibtido” va Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” kitoblaridagi To‘fon afsonasini yod- ga solishini ta’kidlashimiz lozim. Nuh payg‘ambar ham, To‘fon bosh- lanishidan oldin, xuddi Jam singari, hamma o‘simliklar, hayvonlar va qushlaming juftidan kemaga olib kiradi va To'fondan so'ng yer yuzida hayotning davom etishiga sababchi bo‘ladi. Zotan, To‘fon afsonasini ilk bor yozma ravishda saqlab qolgan Bibliyaning Eski va Yangi Ahd kitob- lari voqealari bu davrda Markaziy Osiyoning turli hududlariga yoyilgan edi.
Vandidod - insoniyat faqat farovon yashashi uchun yaratilgan zot ekanligidan, yaratilgan hamma narsalar insoniyatning farog‘ati uchun atalgan ekanligidan xabar beradi. Inson baxtiyor yashaydigan baxtiyor 0‘lkalaming bir qanchasi haqida Axura Mazda Zardushtga aytadi. Bu 0‘lkalaming birinchisi - “qo‘lda pokiza o‘tin, havoncha, yangi sog‘ilgan sut tutgan” zamindir. Ikkinchisi - shunday o‘lkada “sigir galasi yaxshi parvarish qilinadi, xo‘raki tevalar farovon, yaxshi itlaming rizqi serob, uy bekasi baxtiyor, farzand shodmon. Hamisha olov gurillab turadi” (112- bet). Shu tariqa insonning baxtiyor yashashi uchun asos sifatida yana uch turli zamin haqida aytiladi. Birinchisi, bug‘doy ekilgan, suv chiqarilgan va daraxt ko‘karib turgan, sug‘oriladigan va shudgor qilingan zamin; ik­kinchisi, qo‘ylar va tuyalar ko‘p parvarish qilinadigan zamin; uchinchisi, eernasl qo'ylar va tevalar yashaydigan zamindir.
Markaziy Osiyo chorvachiligida transport vositasida foydalaniladi- gan tuyachilikka alohida e'tibor berilayotgani o‘sha davrda hududning iqtisodiy hayotini rivojlantirgan omillarni ham ko‘rsatadi. Ana shu besh- ta fazilatning aksi - g‘am-g‘ussaga giriftor bo'lgan besh maskan haqida ham alohida bayon qilinadi. Insoniyatga tamomila befoyda, shu bilan birga, zardushtiylar e’tiqodiga tamomila zid bo‘lgan maskanlar quyida- gilardir: birinchisi, mifologik tog‘ Arzivar - do'zaxdan chiqqan devlar yig'iladigan maskan; ikkinchisi. odamlar va itlaming jasadlari tuproq- qa ko‘miladigan joylar; uchinchisi, odamlaming jasadlari qalashtirib ko‘miladigan daxmalar; to ‘rtinchisi, Axrimandan yaralgan maxluqlar in qurgan makon; beshinchisi, g‘uborli ko‘chada o‘ldirilgan to‘g‘ri odam ortidan xotini va farzandlari ohu fig‘on chekib borayotgan joydir. Za- minni bulg‘agani uchun insonga beriladigan jazo, turmush tarzi haqidagi qonun-qoidalar “Vendidod”ning muhim qismlaridandir.
Axura Mazdaning yaxshi va yomon maskanlarga bergan bu bahosi ostida faqat real hayot hodisalarini ko'ramiz. Ayrim timsollar mifologik mazmun kasb etsa ham, real voqyelikka va real borliqqa boglangan.
O‘z navbatida zaminning baxtiyorligi ma’lum bir insonga, eng mu- himi, ongli hayot kechiradigan insonga bog‘liq. Zaminni hamma inson ham baxtiyor qila olmaydi. Mehnatkash, yerga mehr qo‘ygan insongi- na baxtiyor qila oladi. Zardusht “Zaminni hammadan ko‘p kim baxtiyor qila oladi?” degan savolga Axura Mazda shunday javob beradi:
“U hammadan ko‘p bug‘doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zot- dir. U quruq yerlarga suv chiqargan va suvli yerlami shudgor qilgan zotdir. Uzoq zamon ekilmagan va omoch tegmagan zamin baxtsizdir. U omochni orzu qiladi. Bunday zamin balog‘at pallasiga kirgan so- hibjamol qizdir. Bu qiz farzand ko‘rish va yaxshi yostiqdoshga intiq- dir. Kimda-kim zaminni chap qo‘li bilan, o‘ng qo‘li va chap qo‘li bilan shudgor qilsa, zamin unga farovonlik baxsh etadi. U go‘zal va pokiza qizga o‘xshaydi. Bu qiz er xonadoniga kirib borib, o‘z to'shagida halol yostqdoshiga farzandlar tug‘ib beradi. Zamin ham mo‘l-ko‘l mevalarini in’om etadi. Kimda-kim zaminni chap va o‘ng qo‘li bilan, o‘ng va chap qo‘li bilan shudgor qilsa, zamin unga shunday deydi: - Ey mard! Ey meni chap va o‘ng qo‘li bilan shudgor qilgan zot! Odamlar hamisha bu yerga keladilar va non so'raydilar. Men bu yerda hosilga kiraman, sen uchun har turli xo‘rak va mo‘l-ko‘l bug'doy yetishtiraman”(7/4-/ I5-b.).
Nafaqat farovonlik va iqtisodiy rivojlanish, balki eng qadimgi ag- rotexnika qoidalari ham bu parchada o‘z ifodasini topgan. Bu parcha- ni qadimgi xalq og‘zaki ijodidagi mehnat qo‘shiqlarining bir namuna- si deb aytish mumkin. Mehnatga ezgu munosabatning mahsuli ilk xalq qo‘shiqlari namunasini yuzaga keltirdi.
Insonning ezgu va yovuz tabiati albatta mehnatga munosabatida ko‘rinadi. Insonning yovuz tabiati, shubhasiz, uni halol mehnatdan uzoq- lashtiradi, yemi qarovsiz qoldirishga olib keladi. Shunday kimsalarga qarata zamin shunday deydi: “Sen begonalar eshigi oidida non istovc- hilar bilan birga bo‘lursen. Ko‘zlaring yo‘l ko'radi. Ular seni eshigi os- tonasidan haydab yuboradilar” (115-bet). Insonning chinakam qiyofasi, hayotiy hodisalar, real voqealar tasviri yuqoridagi har ikki parchada o‘z ifodasini topgan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling