O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti


Download 2.59 Mb.
bet12/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Zardusht shaxsi va zardushtiylik ta’limoti. Ayrim yevropa- lik olimlaming aytishlaricha, Zardusht o‘z davrida ta’qibga uchragan. Ammo u buyuk payg‘ambar, insoniyat najotkori deb e’tirof etilgan. Adabiyotlarda Zardushtning tugMgan yilini aniq ko‘satish imkoniya- ti yo‘q. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Zardusht bronza davridan temir davriga o‘tilayotgan paytda yashagan, bu davr miloddan oldingi 450(0-4200-yillarga to‘g‘ri keladi42. Zardushtning o‘z davridagi siyosiy vaziyatda muhim rol o‘ynagani uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kohinlar xalqqa qarshi yaylovlami tortib olib, xalq jamoa bo‘4ib ishlaydigan ibodatxonalami vayron qilib, o‘zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga, eski kultlarga sig‘inish oqibati ham kohinlar va zodagonlaming manfaati uchun mos edi. Mana shun- day tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o‘troq chorvador qabilalaming vakili sifatida maydonga chiqdi va payg‘ambar deb e’tirof etildi. Zardusht ta’qibga uchragani uchun ham ongli ravishda unutilgani aniqroq. Y angilik va yangi g‘oyalaming taqdiri har doim oson kechavermagan.
Sharqqa zardushtiylikning kirib borishi. Zardushtiylik miloddan oldingi VI asrdan milodiy VII asrgacha uzluksiz ravishda Yaqin va 0‘rta Sharqning katta qismida faoliyat ko‘rsatdi. Fors davlati Sharqdagi bu hu- dudlami egallab olishi natij asida zardushtiylik ham o ‘sha o ‘lkalarga kirib bordi. Iudaizm, masihiylik, buddaviylik kabi diniy oqimlar zardushtiy­likning muhim aqidalarini, jumladan, nur va zulmat haqidagi aqidalar- ni o‘zlashtirdi. Ayrim misollami keltiraylik. Zardushtiylik rivoyatlariga ko‘ra, Zardusht o‘ttiz yoshga kirganda, vahiy oldi (Iso Masih o‘ttiz yos­hida yer yuzida xizmatini boshlagan); Mana shu buyuk hodisa Gohlar- dan (Yasna 43) eslanadi va pahlaviy tilida yozilgan “Zadspram” asarida qisqacha tavsiflanadi. Bu asarda hikoya qilinishicha, bir kuni Zardusht olomon bilar birga bahor bayramini nishonlashda ishtirok etadi. U tong- da xaomi tayyorlash uchun suvga boradi. Zardusht daryoga tushib, daryo oqimining o‘rtasidan suv olishga harakat qiladi. U qirg‘oqqa qaytganda (udumga ko‘ra, u shu lahzada pok bo‘ldi) unga vahiy keldi. Qirg‘oqda u yaltirab turgan mavjudotni ko‘rdi, bu mavjudot Zardushtga “Yaxshi fikr” sifatida zohir bo‘ldi (Yangi Ahdning to'rtala Xushxabarida Iso Masih- ning Yahyo payg‘ambar tomonidan Iordan daryosi suvida suvda imonga kiritilishi hikoya qilinadi. Shu lahzada Iso Masihning ustiga kaptar shak- lida Muqaddas Ruh Xudo tomonidan yuboriladi). Xo'rmuzd (adabiyot- larda Xo‘rmuzd va Axura mazda baravar iishlatilaveradi) o‘z ta’limotini yoyish uchun Zardushtni xizmatga da’vat etgani singari, Xudo Iso Ma- sihni xizmatga da’vat etadi. Har ikkalasi - Zardusht va Iso Masih haqi- qatni insoniyatga yetkazish va yoyish uchun xizmat qiladi. Har ikkalasi, shuningdek, Budda ham, insoniyatning Najotkori sifatida talqin qilina­di. Mana shu analogiyaning o‘zi ham zardushtiylikning Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari hayotida mustahkam o‘rin olganini dalillaydi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling