O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet15/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Yashtlar. Axura Mazda qasidasi. “Yashtlar” to‘rtinchi daftami tashkil etadi. Bu daftar Axura Mazda qasidasi bilan boshlanadi. Zar­dusht va Axura Mazda o‘rtasidagi savol-javobdan ayon bo'lishicha, Axura Mazdaning ko‘p ismlari bor. Bu ismlar albatta, uning ma’lum bir qirralari bilan bog‘langan va uning faoliyatiga mos tarzda tanlangan: So ‘rovchi, Matlub, Qudrat, Haqiqat, Ezgulik, Aql, Ta’limot, Muallim, Avliyo, Muqaddas, Ahur, Qudratli, va h. Axura Mazdaning yana boshqa iimiari mazkur qasidada keltirilgan. Uning mazkur ismlariga izoh tari- qasida, uning tanholigini, har narsaga qodirligini ko‘rsatish maqsadida keltirilgan ismlami Zardusht yoyishiga da’vat qiladi. Zotan, Axura Maz- daning hammadan yuksakligini, uning najotkor ekanini, g‘animlami va ins-jinslami mahv aylaydigan ekanini Zardusht biladi. Axura Mazdaning muqaddas ismi hamma tabarruk ibodat kalomlaridan ham qudratli va hu- Ziurbaxshdir. Shu bois ham uning ismi har qancha hamdu sanoga loyiq. Zardusht Axura Mazdani quyidagicha madh qiladi:
Sanolar ayturman asli sanoga,
Sanolar ayturman duolar haqqi,
Sanolar ayturman shiddat, qudratga, Axura Mazdaga, saxovatkorga (168-bet).
Zardushtning bu hamdu sanosi Axura Mazdaga aytilgan jamiki ol- qishlaming xotimasiday jaranglaydi.
Ardvisura Anahita qasidasi ham o‘ziga xos bo‘lib, suv va hosil- dorlik ma’budasi Ardvi (“qudratli”) va Anahita (“g‘uborsiz, pokiza”) ismlaridan tashkil topgan. Qasida Axura Mazdaning Zardushtga, Ard­visura Anahitani sharaflagin, deb qilgan murojaatidan, uning qudrati tavsifidan, unga keltirilgan qurbonliklar bayonidan, Axura Mazdaning Ardvisura Anahitaga bergan ta’rifidan iborat. Bu qasidada Ardvisura Anahitaning mubolag‘ali tasviri diqqatga sazovor:
Qunduz po ‘stin kiygandir u,
Ardvisura Anahita,
Uch yuz qunduz terisidan Tikilgandir qachonlardir. Boqqan ko‘zni tindiruvchi Oltin, kumush tusda porlar uning mo‘ynasi.
Quyosh ma'budi, yaylovlar sohibi Mitra qasidasida adolat va adolatsizlik, sadoqat va xiyonat, e’tiqod va e’tiqodsizlikning bu hayotda sodir bo‘lishi va Mitra bu hayotdagi har qanday illatlarga qarshi ayov- siz kurashchi etib tasvirlanadi. “Uni hech kim aldayolmaydi, hech kim yo‘ldan chalg‘itolmaydi”, deyiladi daftarda. Mitraning tamoyili shun- day: kazzoblami, lafzsizlami, xiyonatkorlami kechirmaydi. Uning uc- hun chinakam zotlar bor:
Ul so‘zida sobitlami, Lafzi halol kimslami Falokatdan saqlagaydir, Halokatdan saqlagaydir (186-bet).
Mitra -jssoratliligi, o‘z ahdiga sodiqligi bilan ajralib turadi. U dev- laming kallasini majaqlashga, e’tiqodsiz, ahdida turmaydiganlami ja- zolashga qodir, yolg‘onchi, subutsizlarga shafqatsiz, afsungarlarni yo‘q qilib tashlaydi. Mitraga sig‘inganlaming mamlakati darvozalarini mus- tahkam qiladi, odamlaming hayoti farovon bo‘lishini ta’minlaydi, ular- ga suruvlar in’om qiladi, u yaxshilarga - yaxshi, yomonlarga - yomon. Kazzoblami bor narsasidan mahrum qiladi. Uni tan olmaganlarga shun- day g‘azabini sochadiki, ulaming yaylovlari g‘azabga to‘lib-toshadi. Uni tan olganlarga esa zarracha zarar yetkazmaydi. Mitra yetib borgan mamlakatlaming vodiylari va yaylovlari podaga to'ladi, odamlaru joni- vorlar o‘sha mamlakatda emin-erkin yashaydi. U cheksiz qudrat sohibi, ulugVor ilohdir. Shu bois:
Biz Mitrani e’zozlaymiz,
Biz Mitrani e’zozlaymiz,
Qachon borar esa ellar, yurtlar sariga,
Qachon qoim bo‘lsa mulku mamolik aro,
Biz Mitrani e’zozlaymiz.
Urush va G‘oliblik ilohi Vartragnaga bag‘ishlangan qasida ham bor. Vartragna Zardusht qoshida o‘n marta paydo bo'ladi va har safar paydo bo‘lganda, boshqa-boshqa qiyofada zohir bo‘ladi: shamol qiyofasida, oltin shoxli novvos, oppoq uchqur tulpor, bo‘ron singari nortuya, qo- bon, o‘n besh yoshli yigitcha, mifologik Varagni qush, tog‘ qo‘chqori qiyofasida, yovvoyi echki va nihoyat, ajoyib er yigit qiyofasida. Har bir qiyofaga kirganda, u qudratli bo‘ladi, uni hech kim o‘ldirolmaydi.
Bu daftarda yana saxovatli taqdir va baxt ma’budasi Asha qasidasi, baxt va qudrat sohibi Huvamoga bag‘ishlangan qasida ham bor.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling