O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Turk xoqonligi va Eron o‘rtasidagi munosabatlar


Download 2.59 Mb.
bet18/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Turk xoqonligi va Eron o‘rtasidagi munosabatlar. Mug‘an xo­qon sharqdagi manchjur, mo‘g‘ul qavmlarini, quriyalik (koreys) lami bo‘ysundirgandan keyin, g‘arbdagi oq xunlami itoat ettirish harakatiga tushdi. U 554-yili Eron Sosoniylar sulolasi shahanshohi Xusrav Anus- hirvonga elchi jo‘natdi. Borgan elchilar Eron bilan Turk xoqoniigining oq xunlarga qarshi ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu ittifoqni kafolatlash uchun Istami yabg‘u qizi Asna bekani Xusrav Anushirvonga (531-579) nikohlab berdi. Bu paytda Eron Sosoniylar sulolasi oq xunlarga qaram edi. Eron shohi bu qaramlikdan qutulish uchun ham Turk xoqonligi bilan ittifoq tuzishga darrov rozi bo'la qol- di. Ko‘k Turk xoqonligidek qudratli ittifoqchiga ega bo‘lgan Eron mi- lodning 554-yilidan boshlab har yili oq xunlarga berishi lozim boTgan o‘lponni to‘lashdan bosh tordi. Shu yili Eron oq xunlarga hujum qilib, Afg‘onistonni bosib oldi. Shu yili Istami yabg‘u ham Mug‘an xoqonning ko‘rsatmasiga binoan oq xunlarga hujum qilib, ulami Tarim vodiysidan quvib chiqardi. 557-yildan boshlab oq xunlarga qarshi rasman urush boshlandi. Turk qo‘shinlari bilan oq xunlar o‘rtasidagi urush asosan, hozirgi Afg‘oniston hududida yuz berdi. Mug‘an xoqon besh yil ichida (557-562) oq xunlar sulolasini yo‘q qildi. Mug‘an xoqon milodiy 565- yili oq xunlaming qolgan-qutganini uzil-kesil yo‘qotisli va xoqonlikning g‘arbiy chegaralarini yanada mustahkamlash ishlarini Istam yabg‘uga topshirib, o‘zi Qoraqurumga qaytib ketdi. Istami yabg‘u 565-yilgacha oq xunlaming qolgan kuchlarini yo‘qotdi va sulolaning hududini Ko‘k Turk xoqonligiga qo‘shib oldi. Eron ham oq xunlar hududining bir qis- mini boTib oldi. Istami shu uch yil davomida yana oq xunlar hududiga oid masalani Eron bilan bir yoqli qilishga harakat etdi. U Balxash koTi bilan Orol dengizi bo‘ylaridan tortib Qora dengiz bo‘ylarigacha bo'lgan juda katta hududda yashab kelayotgan qavmlami birlashtirishdek tarixiy vazifani ham bajardi.
Oq xunlar hududi Eron bilan Ko‘k Turk xoqonligining do'stona munosabatlari buzilishiga sabab bo‘ldi. Oxir-oqibat ikki do‘st mamlakat bir-biriga ashaddiy dushmanga aylandi. Oq xunlar tor-mor qilingandan keyin ulaming hududiga qarashi i boTgan Shimoliy Hindiston, Tarim vodiysi, 0‘rta Osiyo Ko‘k Turklaming qoTiga o‘tgan boTsa, Xuroson Eronga qoldi. Istami yabg‘u bunday taqsimotga rozi bo‘lmadi. Buning ustiga, Eron Sosoniylar sulolasi Xurosonni egallab olish bilan qanoat- lanmasdan, oq xunlaming hududidan yana ko‘proq joylami bosib olish- ga intildi. Boshqa tarafdan esa turklar 0‘rta yer dengizi bo‘ylaridagi davlatlardan 0‘rta Osiyoga, Hindistonga va Xitoyga boradigan muhim xalqaro savdo yo‘lini, Sharqiy Rum bilan kelishgan holda egallab ol- gan edi. Eron bu masalada ozgina bo‘lsa-da, yon berishni istamadi. Bu savdo yo‘lining eng muhim nuqtalari Eron hududida edi. Eron bu savdo yo‘lidan ko‘p foyda olardi. Shuning uchun Eron Turk xoqonligi barpo bo‘lishidan oldin G‘arb va Sharq orasidagi halqaro savdo yoTida hukm- ronlikni egallab, Sharqiy Rum bilan doimo urishib kelgan edi. Albatta, ko‘k turklaming savdo yo‘liga egalik qilishlariga Eron hech ham rozi bo‘la olmas edi. Eron harjtheksiz daromaddan ayrilishni, ham xalqaro miqyosdagi obro‘yiga putur yetishni aslo istamasdi. Turk xoqonligi bilan Eron o‘rtasidagi kelishmovchilik bora-bora jiddiylashib, urush xavfini keltirib chiqardi.
Istami Turk xoqonligi bilan Eron o‘rtasidagi sovuq munosabatlarga barham berish, oldingiday hamkorlikni va yaxshi qo‘shnichilik muno- sabatlarini davom ettirish umidida Eronga Maniax boshchiligida yaqin a’yonlarini elchilar qilib jo‘natdi. Elchilar Xusrav Anushirvon huzuriga ko‘p sovg‘a-salomlar - qimmatbaho ipak matolar olib kelishdi. Anus­hirvon avval vazirlari bilan maslahatlashdi. Vazirlar esa Anushirvonni Turk xoqonligiga qarshi gijgij ladilar, Turk xoqoni bilan iliq munosabat o‘matish xavfli deb, aloqalami uzishga da’vat qildilar. Anushirvon va- zirlarining maslahatlariga quloq solib, Turk xoqonligi elchilari keltirgan sovg‘alami saroy ahli ko‘zi oidida o‘tga tashlab yondirib yubordi.
Eron hukmdorining qo‘pol muomalasidan ranjigan elchilar Istami xoqon huzuriga umidsizlanib qaytib keldilar. Istami yabg‘u baribir vaz- minlik bilan Eronga ikkinchi marta elchilar jo‘natdi. Sharqiy Rum tarixc- hisi Menandming xabar berishicha, ikkinchi marta Eronga borgan xoqon- lik elchilari og‘ir baxtsizlikka uchradilar. Xusrav Anushirvon elchilarga ziyofat berdi, oldindan uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha ulaming ovqatla- riga zahar soldirib o‘ldirdi. Elchilardan uch-to‘rt kishigina omon qoldi, xolos. Xusrav Anushirvon suiqasdning oshkor bo‘lib qolishidan qo‘rqib: “Turk xoqonligi elchilari sovuq yurtda tug‘ilib o‘sganlar, Eronning jazi- rama issiq havosiga ko‘nika olmay, nobud bo‘ldilar”, deb gap tarqatdi.
Turk xoqonligi bilan Sharqiy Rum davlati o‘rtasidagi munosa- batlar. Ko‘k turk xoqonligi elchilari Eronga ikki marta borganlaridan keyin ham, natija bo‘lmagach, Istami ibg‘u 568-yili Maniax boshchiligi- da Sharqiy Rum imperatori Yustin II (565-578)ning huzuriga - Konstan- tinopolga elchilar jo‘natdi. Turk xoqonligi elchilari Yustin II bilan qilgan suhbatlarida zimmalariga yuklatilgan vazifani bajardilar - ular Turk xo­qonligi bilan Sharqiy Rum o‘rtasida savdo munosabatlari o‘matish vazi- fasini ko‘ngildagiday amalga oshirdilar. Turk xoqonligi elchilari Sharqiy Rumdan qaytayotganlarida, Yustin II Zemarx boshchiligida javob elchi- larini xoqonlik elchilari bilan birga Turk xoqonligiga jo‘natdi.
lstami yabg‘u Sharqiy Rum elchilarini qabul qilib, jiddiy masala- lar ustida suhbatlashdilar. Bular - Turk xoqonligi bilan Sharqiy Rum o‘rtasidagi ipak savdosi, Eronga qarshi birgalikda kurash olib borish, ju- janlaming Qora dengiz bo‘ylariga qochib ketgan to‘dalarini yo‘q qilish kabi masalalar edi. Darvoqe, jujanlar Boyonxon boshchiligida yevropa- da xoqonlik barpo qilib, Sharqiy Rum imperiyasiga goh-goh hujum qilib turardi. Sharqiy Rum elchilari lstami bilan qilgan suhbatlarida jujanlar masalasini ko‘targanlarida, lstami yabg‘u Sharqiy Rum bilan birgalikda jujanlarga qarshi hujumga tayyorligini bildirib: “Agar ular qush bo‘lib osmonga uchib chiqsa ham, baliq bo‘lib dengiz tubiga yashirinsa ham, mening qilichimdan qutulolmaydi”, deb va'da berdi.
Shunday qilib, bu masalalar yuzasidan bitimnoma tuzildi. Bitimda Eronga qarshi harbiy ittifoq asosiy, kechiktirib boilmaydigan vazifa qilib belgilandi. Shundan boshlab uzoqqa cho‘zilgan urushlar boshlanib ketdi. Turk xoqonligi Sharqiy Rum bilan ittifoqlashib olgandan keyin Eron­ga hujum qildi. lstami yabg‘u 569-yili Xurosonga bostirib kirib, Eron qo‘shinlarini tor-mor qildi. Eron oq xunlardan bosib olgan joylaming hammasini lstami Erondan tortib oldi. Eron turk xoqonligi bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Sulh shartlariga binoan turklar har yili Erondan qirq ming Rum oltini miqdorida boj olib turdi.
571-yildan boshlab esa Eron bilan Sharqiy Rum orasida uzoqqa cho‘zilgan urush boshlanib ketdi. Eron Sosoniylar sulolasi zaifiasha bor­di. Turk xoqonligi bu davrda harbiy va iqtisodiy tomondan borgan sari kuchaydi.
572-yili Mug‘an xoqon va Istami yabg‘u vafot etdilar. Ulardan ke­yin taxtga o‘tirgan Tapar xoqon (572-582), Ishbara xoqon (582-587) lar hukmronligi paytida Turk xoqonligi bilan Eron orasida bir marta urush bo‘ldi. Eron sarkardasi Bahrom chubin uch yuz ming kishilik turk qo‘shinlarini - Chur bag‘a xoqon qo‘mondonligidagi lashkami Hirot bi­lan Balx orasida tor-mor qildi. 0‘sha urushda Chur bag‘a xoqon halok boMdi. Bahrom chubin Buxoro yonidagi Paykent shahriga bostirib ke- lib, Chur bag‘a xoqonning o‘g‘li Barmudo tiginni asir qilib oldi. Pay­kent shahrining xazinasidagi boyliklami bir necha ming tuyaga yuklab, Eron shahanshohi Xo‘nnuzd (Istami yabg‘uning qizidan tug‘ilgan)ga jo'natdi. Bu safargi urushda Eron g‘arb tarafdan hujum qilgan Sharqiy Rum qo‘shinIarmi ham Kavkaz atrofida tor-mor qildi. Turk xoqonligi qo'shinlari bilan Sharqiy Rum lashkari mag‘lub bo‘lgan esa-da, Eron xalqaro savdo yo‘liga boTgan hukmronlikni qaytadan qo‘lga kiritolmadi.
582-603-yillari Turk xoqoniigining g‘arbiy (O‘rta Osiyo) va shar­qiy (Markaziy Osiyo) qismlarga bo‘linish jarayoni nihoyasiga yetdi. Ana shu yillar orasida ikkala xoqonlik o‘rtasida muttasil urushlar Eo‘11E turdi.
Albatta, g‘arbiy Turk xoqoniigining dunyo xaritasidagi o‘mi, jahon larixida egallagan mavqei shu bilan chegaralanmaydi. Ayniqsa, Xitoy bilan bo‘lgan munosabatlari Turk xoqonligi tarixida muhim iz qoldirdi. Xususan, qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda Xitoy va Turk xoqonligi munosabatlari to‘g‘risida ma’iumotlar bor. Zotan, qadimgi turkiy yozma yodgorliklar faqat turkiy qavmlaming ijtimoiy- siyosiy hayoti to‘g‘risida badiiy lavhalar bo‘lishi bilan birga, Eu qavmlaming dunyoqarashi, tafak- kuri, maishiy hayoti manzarasi hamdir.
Urxun-yenisey yodgorliklari - qadimgi turkiy adabiyotning na- inunasi. Urxun-yenisey yozma yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyot­ning alohida bir qatlami va yo‘nalishi sifatida turkiyshunoslikda kam o'rganilgan. Bu yodgorlildami tizimli ravishda o‘rganishni rossiyalik olim I.V.Stebleva boshlab berdi.” Qadimgi turkiy yozma yodgorliklami o'zbekchaga tabdil qilish46, tadqiqot ishlari olib borishda47 0‘zbekistonda liam ma’lum ishlar amalga oshirilgan.
Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar bevosita cposlar zaminida o‘sib chiqqan adabiyot ekani bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, tarixiy vo- qealaming xalq og‘zaki ijodi ruhida bayon qilinishi yozma adabiyotning o‘ziga xos turi yaratilishiga asos bo^gari.
Kul tigin bitiktoshi. Kul tigin bitiktoshi qadimgi turkiy adabiy mu- hitni o‘zida to‘liq gavdalantiradigan, qadimgi turkiy adabiyotning o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan yozma yodgorlikdir. Kul tigin bitikoshi (731-yili o‘matilgan)dagi tarixiy voqealar va eposlarga xos syujetlar, badiiy tasvir vositalari yagona tizimni hosil qilgan. Mazkur bitiktoshdagi ko‘tarmki ruhni o‘z vaqtida V.Tomson, P. Melioranskiy, P.Falyov kabi mashhur turkiyshunos olimlar payqagan edilar. Jumladan, P.Melioranskiy X i X asming oxirida (1897-yili) yozgan Kul tigin bitiktoshiga bag‘ishlangan magistrlik dissertatsiyasida mazkur yodnomadagi ko‘tarinki ruh epos- laming mahsulidir48 degan fikmi aytgan edi va bu fikr o‘z isbotini topdi Shuningdek, yodnomaning o‘ziga xos bayon qilish texnikasi ham ayni turkiy eposlar xususiyatini gavdalantiradi. Bayonning uch qismi - bosh lanma, mazmun taraqqiyoti va tugallanma bu yodnomadagi hikoyanim1 izchilligini ta'minlaydi. Bayonning bu qismlari turkiy xalqlar og‘zaki va yozma adabiyotining eng qadimiy ko‘rinishiga xosdir. Har uch qismrir!’. mazkur yodgorlikdagi amal qilish jarayoni haqida aniqroq tasawur ho sil qilish uchun Kul tigin yodnomasining dastlabki satrlariga murojaai qilaylik: Uza kok tangri asra yag'iz yar qilintuqta akin ara kisi ogh qilinmis. Kisi og'iinta uza achum apam Bomin qag‘an, Istami qagiui olurmis. Oluripan turk bodunin alin torusin tuta birmis, itu birmis - Yu qorida ko‘k osmon, pastda qora yer yaratilganda, ikkovining o‘rtasida inson bolalari yaratilgan. Inson bolalari ustidan Bo‘min xoqon, Istami xoqon o‘tirganlar, o‘tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarirn ushlab turgan, rioya qilib turgan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling