O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinsi о ‘g ‘li yotadigan Bangligak tog ‘i, Tangri, Umay, muqaddas yer- suv
- Moqon)
- Wablarga
To‘nyuquq bitikoshi. Bitikosh Turk xoqoniigining mashhur sarkar- dasi, Ikkinchi Turk xoqonligini barpo qilgan Eltarishning, Qapag‘an va To‘nyuquqning maslahatchisi To'nyuquqqa atab o‘matilgan. Bitikosh- ning muallifi - To‘nyuquqning o‘zidir. Bu bitikosh ham, Bilga xoqon bitiktoshi kabi, memuar janriga mansubdir. Bitikosh yaratilgan paytda To‘nyuquq hayot va ancha yoshga borib qolgan edi.
Bitiktoshning ibtidosi To'nyuquqning tarixi bilan boshlanadi: “Dono To‘nyuquq - men o'zim Tabg‘ach davlatida tarbiyalandim, turk Xilqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi”. To‘nyuquq hikoya qilayotgan bu voqea Ikkinchi Turk xoqonligi barpo bo‘lmasdan oldingi davrga alo- qador. Bu paytda To‘nyuquq Xitoy imperatori saroyida garov sifatida Uihlab turilgan, xitoycha tarbiyalangan edi. To‘nyuquq Birinchi Turk xoqoniigining barbod bo‘lishi va turkiy qavmlaming parokanda bo‘lishi voqealarini bayon qiladi. Voqealar siqiq tarzda, oz so‘z bilan butun davming manzarasi yoki ma’lum bir voqealar sahnasi o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan, To‘nyuquq Kultigin va Bilga xoqon bitikoshlarida Turk xoqoniigining Xitoyga qa- ram bo‘lib qolishi va Birinchi Turk xoqoniigining tugashi haqida hikoya qiiar ekan, dard-alam bilan: “Tangri shunday degan shekilli: Xon ber- dim. Xoningni qo‘yib taslim bo‘lding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun Tangri, o‘l, degan shekilli, turk xalqi o‘ldi, yo‘q bo‘ldi, tugadi. Turk xal- qi yerida bironta ham urug‘ qolmadi” (To‘n., 2-4). Turk xoqoniigining fojiasi - To'nyuquqning shaxsiy fojiasiday taassurot qoldiradi. Xalqning taqdirini o‘zining taqdiri deb, xalqning muvaffaqiyatlarini o‘zining mu- vaffaqiyatlari deb bilgan To‘nyuquq doimo harakatda, doim xalqning, jwtaing tashvishida. Dushmanlar xoqonlikka hujum qilishni rejalashti- ciyotganini To‘nyuquq eshitib, Eltarish bilan birga jangga otlanar ekan: “Shunday turar yashaguvchi erk ahli”deya o‘ziga hurliknii shior qilib Dlganini e’lon qiladi. To‘nyuquq xoqonning lashkarboshisi va masla- ktchisi sifatida mamlakatning mustaqilligini saqlash uchun jonbozlik bo‘rsatib kurashadi. Xoqonlikning fojiasini yuqoridagiday ta’sirchan qilib tasvirlash faqat To‘nyuquq bitiktoshiga xos bo‘lib, bu tasvirdan maq- lad xalqni ogohlantirish, doimo hushyorlikka chorlash edi. Bitiktoshning boshlanishidanoq To‘nyuquq ko‘pni ko‘rgan, tajri- Mili, haqiqiy maslahatchiga xos aqlli ekani ko‘zga tashlanadi. U ayni )aytda iste’dodli lashkarboshi hamdir. Ikkinchi Turk xoqonligini qay- adan barpo qilishda To‘nyuquq Eltarish bilan birga o‘zining ishtiroki- li hikoya qilganda, voqealar bayonida bir usulni qo‘llaydi - xoqonlik joshidan o‘tkazayotgan voqealami dushman tomonning tilidan hikoya jiladi: “O‘shanda o‘g‘uzdan kuzatuvchi keldi. Kuzatuvchining gaplari >hunday: to‘quz o‘g‘uz xalqi ustiga bir xoqon hukmron bo‘ldi, deydi. Tabg‘achga Kuni sangunni yuboribdi, Xitoyga To‘ngra Semni yubo- ribdi. Ularga shunday gap yuboribdi: ozgina turk xalqi yurgan emish. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan. 0‘sha ikki kishi bor bo‘lsa, seni - tabg‘achni o‘ldirajak deyman” (To‘n., 8-10). Bu voqealar Eltarish xoqonning Ikkinchi turk xoqonligini barpo qilish uchun kurash olib borayotgan davr voqealarini o‘zida aks ettiradi. Dushman tomonning Eltarish xoqon va uning maslahatchisi To'nyuquqqa bergan bahosi har ikkalasiga berilgan real baho edi. Bu usul shuni ko‘rsatadiki, To‘nyuquq yuz berayotgan voqea-hodisalaming aniqligini dallilaydi, dushman to- monni yaxshi, sinchiklab kuzatganiga ishora qiladi. To‘nyuquq bitiktoshidagi yoki boshqa bitikoshlardagi voqealar ularga badiiy asar sifatida yondashishni talab qiladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Buning uchun badiiy asaming muhim elementlaridan syujet va motivning To‘nyuquq bitiktoshida kelib chiqishini tahlil qilamiz. Syujetning uch elementi - voqea, vaziyat va kolliziyaniag mavjud- ligi To‘nyuquq bitiktoshini badiiy asar sifatida o‘rganishga imkon bera- di. Voqea - Turk xoqonligini markazlashgan davlatga aylantirish uchun olib borilgan sa’y-harakatlar, vaziyat - xoqonlik ichidagi va xoqonlik- ning tashqarisidagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar, kolliziya - xoqonlikning dushman qabilalar va sulolalar bilan to‘qnashuvi, Turk xoqonligining Tan sulolasi va boshqa qabilalar bilan olib borgan jangu jadallaridir. To‘nyuquq o‘sha voqealaming markazida turadi, barcha voqealar, vaziyat To‘nyuquqqa bog‘liq ravishda yuz beradi. Kolliziya esa to‘quz o‘g‘uz xalqi bilan o‘g‘uz, tabg‘ach, xitoy xalqlari o‘rtasidagi dushman- lashuv va kurashdir. Syujetning har uchala elementi To'nyuquq bitiktoshida ham, boshqa bitikoshlarda ham takrorlanadi. Zotan, bitikoshlaming asosiy mavzui ham vatanni himoya qilish, jang lavhalari, qahramonlami sharaflashdan iborat. Albatta, To‘nyuquq bitiktoshining badiiy asarga xos yana bir xusu- siyati - xalq maqollari va matallarining keitirilganidir. To'nyuquq biron voqea yoki vaziyatni baholaydi, unga munosabatini bildiradi. Masalan, Turk xoqonligi tang vaziyatda qolganda, To‘nyuquq Eltarish xoqonga shunday maslahat beradi: “Tabg‘ach, o‘g‘uz, Xitoy - bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudning ichi-toshini - molu jonini topshirganday bo'lamiz. Yupqa yig‘in tor-mor qilishga oson emish, in- gichka yig‘in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish. Ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” (To‘n., 12-13). Vaziyatni baholashda To‘nyuquq mazkur hikmatlardan unumli foydalanish orqali bevosita Turk xoqoniigining imkoniyatini ko‘rsatadi va bu imkoniyatdan o‘z vaqtida foydalanishga xoqonni da’vat qiladi. To‘nyuquq - mashhur lashkarboshi bo‘lish bilan birga, xoqonlik- ning mavqeini mustahkamlashda fidoyi inson ekanligini ham ko‘rsatadi. To‘nyuquq - xoqonning ishonchli lashkarboshisi, u mohirligi tufayli oz BOELli lashkari bilan Xitoy, o‘g‘uz va tabg‘achning ko‘p sonli lashkarini mag‘lub qiladi. Xonini tashlab, Xitoyga qo‘shilib ketgan o‘g‘uzlar yana Xoqonlikka qaytib keldilar. To'nyuquq bitiktoshi, birinchi navbatda, To‘nyuquqning ijodi bo‘lib, uning bir asarm sifatida uqilishi lozim. Bitiktoshning maqsadi To‘nyuquq olib borgan janglami yoki uning xoqonlikdagi xizmatlarini «ronologik tarzda bayon qilishdan iborat emas, balki uning hayoti va fa- oliyatidagi eng muhim voqealami bayon qilishdan iborat edi. To‘nyuquq Viaziyatni nihoyatda to‘g‘ri fahmlaydigan, zukko, dushman tomonning rejalaridan yaxshi xabardor, tajribali ko‘mg (razvedkachi). U xoqonlik hayotidagi mayda tafsilotlarga berilmaydi. Jumladan, yuqoridagi uch xalqning mag'iubiyati haqidagi voqealardan keyin To‘nyuquq Turk xo- qonligiga yana dushmanlashgan tabg‘ach, o‘n o‘q, qirg‘iz xoqonliklari haqida so‘z yuritib, ulaming rejalaridan o‘quvchini xabardor qiladi: “Tabg‘ach xoqoni dushmanimiz edi, o‘n o‘q xoqoni ham dushmanimiz edi. Undan boshqa qirg‘izning qudratli xoqoni dushmanimiz bo‘ldi. 0‘sha uch xoqon maslahatlashib, Oltin yish ustiga talon solaylik, depti, shunday maslahat qilishibdi. Sharqqa - Turk xoqoniga lashkar tortaylik, depti, unga qarshi lashkar tortmasa, qachon g‘azablansa, u bizni yo‘q qiladi, depti. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, qachon g‘azablansa, o‘ldiradigan ko'rinadi. Uchovimiz yopirilib hujum qilaylik, uni yo'qotaylik, depti. Turgash xoqoni shunday depti: mening xalqim u yerda bo‘ladi, turk xalqi yana hayajonda depti, o‘g‘uz xalqi yana paro- kanda depti. O‘sha gapni eshitib, tunlari uyqum kelmas edi, kunduzlari o‘tirgim kelmas edi. Shunday o‘yladim: tabg‘ach, o‘n o‘q, qirg‘iz xoqoniga Ko‘gman tog‘idan oshib o‘tib hujum qilamiz. Shuning uchun avval biz lashkar tortaylik, dedim” (To‘n., 19-23). To‘nyuquqning fidoyiligi (tunlari uyqum kelmas edi, kunduzlari o‘tirgim kelmas edi), dushmanga kutilmagan tomondan zarba berish rejasi (Ko‘gman tog‘idan oshib o‘tib hujum qilish haqidagi rejasi) real voqealar oqimining bir ko‘rinishidir. To‘nyuquq bitikoshidagi ma’lum bir voqealar munosabati bilan de- tallar tafsilotiga alohida urg‘u berish holatlari, tabiat manzarasi tasviri uchraydi. Muallif To‘nyuquq voqealaming aniqligini xalqaa, qolaversa, avlodlarga yetkazish va tarixiylik tamoyilini saqlash uchun ham bunday tafsilotlarga ko‘p o‘rin bergan. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik: “Ko'gman yo‘li bitta ekan. Bu yo‘l bilan yursa yaramaydi, dedim. yerc- hi (yer biladigan kishi - N.R.) surishtirdim. Cho‘llik az qabilasidan bir yigitni topdim. Az yerini u yaxshi bilar ekan, bir manzili bor ekan. Ani daryosi bilan borilar ekan, o‘sha yerda yotib, bir otlig‘ yo‘l yurib bori- ladi, dedi. 0‘sha yo‘l bilan yursa imkoni bor, deb o‘yladim. Xoqonimga buni aytib, qo‘shinni yo'lga soldim. “Otlantir!” deb buyruq berdim. Oq tarmal (hozirgi Xua Kern-N.R.) daiyosini kechib o‘tdik, dam oldik. Keyin qo‘shinga otlanishga buyruq berdim. Qomi yorib, yuqoriga otni ye- taklab, o‘zimiz yayov yurib, daraxtlarga tayanib qo‘shinni chiqardim...” (To‘n., 23-25). Bundan keyingi voqealar lashkami To'nyuquq qayerlar- dan qanday qilib olib o‘tgani, yerchi (ya’ni yo‘l boshlovchi) yanglishib, o‘ldirilgani to‘g‘risidagi voqealami hikoya qiladi. Bitiktoshda To‘nyuquqning harbiy mahoratiga ko‘proq o‘rin beril- gan. Janglarda To‘nyuquqning zafar qozonishiga sabab “tun uxlamay, kunduz o‘tirmay” Eltarish xoqonga, Bo‘gu xoqonga va Bilga xoqonga xizmat qilgani bo‘ldi. To‘nyuquq bitikoshida diqqatga sazovor jihatlardan biri - qadimgi turk mifologiyasiga oid an’anaviy timsollardan istifoda etilganidir. Bu- lar - Tinsi о ‘g ‘li yotadigan Bangligak tog ‘i, Tangri, Umay, muqaddas yer- suv va h. Bu mifologik obrazlar boshqa bitikoshlardagi kabi ma’no va vazifasini bu yodgorlikda ham saqlagan. To‘nyuquq xoqonlik oldidagi o‘zining xizmatlarini bayon qilar ekan, davlatning va xalqning erkin nafas olishiga, dushman ustidan za- farlarga erishuviga Eltarish xoqon bilan birga, o‘zining xizmatlari mu- him omil bo‘lganini alohida ta’kidlaydi. Bitiktosh yozilgan paytda To‘nyuquq ancha keksayib qolgan ko‘rinadi, zotan, bitikosh so‘ngida To‘nyuquq buni alohida ta’kidlaydi va Bilga xoqon hukmronligi davom etayotganini ham eslatadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, mazkur bitiktosh yozilgan paytda Turk xoqonligi ancha kuchaygan, atrofdagi dushmanlami mag‘lub qilgan edi. To‘nyuquq, shuningdek, Eltarishning ikkala o‘g‘li Mo‘g‘uliyon (bo‘lg‘usi Bilga Moqon) va Kul tigin Turgash xoqonligining Chabish chur boshchiligi- (Ugi qolgan-qutgan lashkarini ta’qib qilib, Sirdaryoning ortiga o'tdilar. To ‘nyuquq bu paytda g‘arbiy Turk xoqonligiga yordam berish uchun kelgan edi. Bu paytga kelib Turgash xoqonligini Qapag'an mag'lub qilgan, bu xoqonlik alohida davlat sifatida tanazzulga yuz tutib boigan •di. To‘nyuquq bilan Eltarishning ikkala o‘g‘li Sharqiy Turk xoqonligi So' g‘dda paydo bo‘lib qoldilar va So‘g‘d shohi Gurak tomonida turib, Wablarga qarshi jang qildilar. To‘nyuquq bitikoshida bu voqea eslana- dl: “Inal xoqonga arab va tuxor (arablaming ittifoqdoshi) hujum qildi. 0‘shanda ajraladigan choki bor dubulg‘a kiygan so‘g‘doq xalqi hamma- li keldi” (To‘n., 45). Bu voqea 712-713-yillardan keyin bo'lib o‘tgan. Ammo Qutayba ibn Muslim tomonidan yengilganlaridan so‘ng, 714-yili ehekindilar va Oltoydagi isyon ko‘targan qabilalarni bostirib, O‘tukanga qaytib keldilar.53 Bu voqealardan ayon bo‘ladiki, To‘nyuquq bitiktoshi, tyrmi olimlar ko‘rsatganlariday, 712 yoki 716-yili emas, balki 725-yili yozilgan bo‘lib chiqadi. Yuqoridagi tarixiy voqealarda To‘nyuquqning ilhtiroki shundan dalolat beradi. Bitiktosh so'ngida To‘nyuquq Ikkinchi Turk xoqonligi tashkil tQpgandan boshlab keyingi barcha xoqonlarning xizmatlarini ta’kidlab Offadi. Bitikoshning so‘nggi misrasi xuddi ertaklaming tugallanmasini •platadi - go‘yo podshoh mamlakatni obod qildi yoki yovuz dushman bo‘ldi, qahramonning o‘zi “murod-maqsadi”ga yetdi: “Men bilga To 'nyuquq va Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa edi, u bo‘lmasa •fU, men o‘zim dono To‘nyuquq muvaffaqiyat qozonmasam edi, men jpjllmasam edi, Qapag‘an xoqon boshliq turk sir xalqi yerida urug‘ ham, ftklq ham, kishi ham, turk xalqi yeriga xo‘jayin ham bo‘lmas edi” (To‘n., JK)- j Umuman, To‘nyuquq bitiktoshi qadimgi turkiy adabiyotda alohida, f'ziga xos memuar janri namunasidir. ( Kuli chur bitikoshi. Bu yodgorlikni 1912-yili Mo‘g‘ulistonning Ixe-Xushotu degan manzilidan V.L.Kotvich topgan. U mazkur yodgor- likning tarixiy ahamiyatini batafsil bayon qilgan. Kuli chur Beshbaliq ibahrida to‘rtta jangda kurash olib bordi. Bilga xoqon yodgorligida ham Kuli chur tardush beklarini boshlab Bilga xoqonga 716-yili taslim bo‘lib keldi (o‘n uchinchi satrda). Kuli chur bitikoshni hajman katta emas: bitiktoshning g‘arb tomoni 12 satrdan, sharq tomoni 13 satrdan vajanub tomoni to'rt satrdan iborat. Bitiktosh ko‘p zararlangan, shu bois voqealaming mantiqiy izchilligi ku- zatilmaydi. Bitiktoshning boshidanoq To'nyuquq ismi uchraydi. Kuli chur Elta- rish xoqon davrida anchagina mashhur bo‘lgan ko‘rinadi. Bitikoshning g‘arb tomoni uchinchi satrida “(Kuli chur) Eltarish xoqon davlatida kek- sayib, yaxshi mangulik ko‘rdi, ulug‘ Kuli chur sakson yil yashab vafot etdi” degan jumladan shu mazmun anglashiladi. Kuli chur bitikoshining uzuq-yuluq saqlangan jumlalaridan shu narsa ayon bo‘ladiki, u mohir jangchi va lashkarboshi bo‘lgan. U minib jangga kirgan ot, jang kiyimlariga alohida urg‘u berilgan. Janglarda qah- ramonlik ko‘rsatib, shuhrat taratgan, inson sifatida yaxshi do‘st, fazilat- larga boy inson bo‘lgan. U tardush xalqining hukmdori bo‘lgan. Qorluq xalqi bilan jang qilgan, xuddi Kul tigin minib kirgan otlar qanday tasvir- langan bo‘lsa, Kuli churning jangovar otlari ham shu tarzda tasvirlangan. Bitiktosh muallifi noma’lum. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling