O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Shu parchaning o'zida boshlanma, mazmun taraqqiyoti va tugallan- ma ham bor. yem osmonning hamda insoniyatning yaratilishi -
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ( anyig‘ bilig)g
Shu parchaning o'zida boshlanma, mazmun taraqqiyoti va tugallan- ma ham bor. yem osmonning hamda insoniyatning yaratilishi - bosh lanma, Bo‘min va lstami xoqonlarning faoliyati - mazmun taraqqiyoli. qonun-qoidalarga rioya qilishlari esa tugallanmadn. Bitiktosh matnmini’ boshidan oxirigacha bu uch qismdan iborat parchalar davom etaveradi.
Kul tigin bitiktoshi yaxshi saqlangan yodgorlik sifatida qadimgi turkiy yozma adabiyotning o‘ziga xos namunasini ifoda etar ekan, bitiktosh muallifi Yo‘llig‘ tiginning ijodkor sifatida qahramonlarga, ma'lum vo- qcalarga munosabati to‘g‘risida ham aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bilga xoqonning turk xalqiga qarata aytgan so‘zlari Turk xoqonligidagi ijtimoiy, siyosiy vaziyatni to'laqonli baholaydi. Bilga xoqon kichik bitig voqealarini o‘zining taxtga o‘tirishidan boshlaydi va jamiki qarmdosh- urug‘lariga, farzandlariga, beku amaldorlarga, to‘quz o‘g‘uz beklariga murojaat qilib, o‘zining hukmdorlik faoliyatidan, mamlakat va cl-yurt uchun qilgan fidokorligidan ularni xabardor qilib qolmaydi, balki xalq- ning parokandaligi, beklaming xiyonatidan aziyat chekadi. Mamlakatni birlikka da'vat etadi, Bilga xoqon qudratli Turk xoqonligini barpo qi- lishda o‘zining xizmatlarini bayon qilar ekan: “Shuncha xalqni yig‘dim, lJ endi yovuz emas. Turk xoqoni 0‘tukan yishda tursa, elda tashvish yo‘q”, deb o‘git beradi. Bu o‘gitning ostida xalqning osoyishtaligi, g‘am- tashvishsiz yashashining omili O‘tukanda - poytaxtda xoqon mustah- kam ornashuvt va xalq uning atrofiga birlashuvini ifoda etadi. Xalvnig parokandaligi, beklarning xiyonati xoqonga ishonchsizlik paydo qildi, oqibatda xalqning o‘zi jabr ko‘rdi. Kul tigin bitiktoshi ikki qismdan - kichik bitig va ulug‘ bitigdan iborat. Kichik bitigni ulug‘ bitigning debochasi deb aytish mumkin. Yo‘llug‘ tigin bitiktoshda Bilga xoqon tilidan hikoya qilar ekan, turkiy qavmlaming ikki yuz yillik tarixini badiiy yo‘sinda ifoda qiladi, turkiy qavmlaming ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan gohyuiksalisbini, goh lanazzulini dardli lavhalarda bayon qiladi. Tabg‘ach (xitoy) xalqi turkiy qabilalaming hayotiga, turmushiga doim rahna solib keldi. Birinchi Turk xoqonligi davrida (551-630) mamlakatning parokanda ahvolga tushib qolishiga sababchi, turkiy qabilalami yo‘ldan ozdirgan ham tabg‘ach xalqi edi. Bilga xoqon tilidan voqealami hikoya qilayotgan Yo‘llig‘ tigin tabg‘achlar bilan Turk xoqonligi o‘rnatgan munosahatni quyidagicha ta’riflaydi: ‘‘Bu yerda (O‘tukanda - N.R.) o‘mashib, tabg'ach xalqi bilan murosaga keldim”. Tabg‘ach xalqi makkor, ayyor: “Tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so‘zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo‘shni bo‘lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o‘rganar ekan”. Makkorlikning keng tarqal- gan, ommalashgan usuli shu - avaliga shirin so‘zlar bilan yaqinlashtira- dilar, keyin qullik, xo‘rlash, erkni bo‘g‘ish boshlanadi. Insoniyat bu ah- volni boshidan ko‘p kcchirgan. Turkiy qavmlami tabg‘achlar o‘zlariga yaqinlashtirib, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan yovuzliklami qildi. Tabg‘acblarning yovuz ilmi (anyig‘ bilig)ga mukkasidan ketgan turkiy qavmlaming ahvoli fojiali bo‘ldi: “Ey turk xalqi, o‘lding. Ey turk xalqi, ayriming janubga - Chug‘ay yishga, To‘g‘, Eltan cho‘liga manzil qilay desang, turk xalqining ayrimmi u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo‘lsa, yomon ipak beradi, yaqin bo‘lsa, yaxshi ipak beradi, deb shu xilda pishiqlar ekan. ilmsiz kishi uning (tabg‘achlaming -N.R.) so‘ziga ishonib, unga yaqinlashib, ko‘p kishi o‘ldi”. Turk xoqonligining yagona orzusi - tabg‘ach davlati asoratidan xa- los bo‘lib, tinchlik va osoyishtalikka erishish, barqaror va poydor dav- lat barpo qilish edi. Bu singari davlatni barpo qilish uchun esa, birinc- hi navbatda, xalqning tafakkurini ozod qilish, sogTom fikr egasi qilish lozim edi. Buning uchun tabg‘achlaming makkorligidan zaharlangan, ma’naviy tubanlashgan turk xalqining ongini, dunyoqarashini tamomila o‘zgartirish, o‘zligini anglashi uchun to‘g‘ri yoTni ko'rsatish kerak edi. Bu vazifani Bilga xoqon bajardi. IJ turk xoqonligining ijtimoiy, siyo- siy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini izga soldi, “har yerda qolgan-qutgani o‘lib-tirilib yurgan edi”, ulami yakdil qildi. Bilga xoqonni “tangri yorla- qagani uchun, iste’dodi, baxti bor uchun ” turkiy qavmlar xoqoni bo‘ldi. Bilga xoqonning eng katta xizmati qashshoq xalqni yaxshilab oyoqqa turg‘azdi, qashshoq xalqni boy qildi, oz xalqni ko‘paytirdi. Bilga xoqon turkiy qavmlar oldidagi xizmatlarini, mamlakatni oyoqqa turg‘azganini aytar ekan, beklaming xiyonatini, manfaatparastligini, xalqning o‘zboshimchaligini yana bir marta ta’kidlaydi: “Turk beklari, xalqi, buni eshiting! Turk xalqini to'plab davlat tutishingizni bu yerda toshga o‘yib yozdim. Adashib ayrilganing(iz)ni ham bu yerda yozdim. Nimaiki so'zim bo‘lsa mangu toshga o‘yib yozdim. Unga qarab biling, turkning endigi xalqi, beklari, uy, dunyogagina qaraydigan beklar, sizlar gumroh- sizlar. Men mangu toshga hammasini o‘yib yozdim”. Manfaat bor joyda amaldorlar tuban ketadi, boylikka ruju qo‘ygan amaldor o zidan boshqa hech kimni o‘ylamaydi, uning tanlagan yo‘li bitta - fojiadan foydalanib boylik orttirish. Unga mamlakat va xalq taqdiri tamomila begona - Bilga xoqonning aytmoqchi bo‘lgan gaplari shulardan iboratdir. Kul tigin ulug‘ bitigi mifologik syujet bilan boshlanadi. Osmon hamda yeming yaratitishi va ikkovining o‘rfasida inson bolalarining paydo boTishi mazkur mifologik syujetning asosidir. So‘ngra mifologik syujet zaminida tarixiy shaxslar va tarixiy voqealar singdiriladi - Bo‘min va lstami xoqonlarning taxtga o‘tirishi va davlat boshqaruvi hikoya qi- linadi. Bo‘min va lstami xoqonlarning katta xizmatlari shuki, ular atrof- ilngi dushman qabilalarni va xalqlarni tobe qildilar. Har ikkala xoqon lidoyilik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatib, “boshi boming boshini cgib ta’zim qildirdilar, tizzasi bomi cho‘kkalatdilar...Qadirqqn yish bilan Tcmir darvozaning orasida xo‘jayinsiz, urug‘ hokomiyatisiz, cheklan- magan yerga ega bo‘lib, asl turk shu tarzda yashayverdi”. Bilga va Is- lami xoqonlarning siyosati va mamlakat mustaqilligi uchun olib borgan kurashlari turkiy qavmlar hududini shu qadar kengayishiga sabab bo‘ldi. Qadirqan yish - Sibirda, Temir darvoza esa hozirgi O‘zbekiston hududi- da bo‘lib, Jizzax bilan Samarqand o‘rtasida joylashgan. Yo‘llig‘ tigin Bilga xoqon tilidan bu voqealami hikoya qilar ekan, larixiy voqealami ko‘chirib qolmaydi, balki bu voqealar zaminida xuddi crtaklarning boshlanmasidagi “Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan...bir podshoh bor ekan” tarzidagi bayon usulini qo‘llayotganday bo'ladi. Yuqorida Kul tigin bitikoshidan keltirilgan parchadagi “asl turk shu tarzda yashar ekan” jumlasi ayni ertak usulini gavdalantiradi. Kul tigin bitiktoshida xoqonlar obrazi. Kul tigin bitiktoshining diqqatga sazovor tomonlaridan biri - xoqonlarning ideallashgan obraziga usos solishdir. Epos qahramonlari odatda, mard, jasur, dono, qahramon va hokazo ijobiy sifatlarga ega boMadi. Masalan, Xorazm dostonlari tur- kumiga kiruvchi “Go‘ro‘g‘lining dunyoga kelishi” dostonida bosh qah- ramonga dostonchi ta’rif bermasa ham, har bir harakatida mardlik va ba- hodirlik (Abdulla qalandarning gunohidan o‘tishi, yigitlarini Go‘ro‘g‘li lalon-taroj qilishdan qaytargani va yigitlari arazlab ketib qolgani), qahra- monlik (otasi Odilbekning yigitlaridan Safar mahramning yigitlarini va o‘zini yengishi) namoyon bo‘lib turadi, dostonchi ta’rif bilan emas, balki lasvir orqali bu kabi Sivhalarda qahramonning qiyofasini chizib beradi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling