O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Buddaning va'dalari va ularning hayotiy ahamiyati


Download 2.59 Mb.
bet27/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Buddaning va'dalari va ularning hayotiy ahamiyati. Budda ja- ttiiki olam jonzotlariga, xususan, insoniyatga o‘nta va’dasini e’lon qil- gan. Budda bu va’dalarini yomon qilmishlarga barham berish maqsa- dida qarshi ruhiy kuch sifatida yaratgan. Bu va’dalar quyidagilardir: 1. Jonli mavjudotlarga hech qanday zarar yetkazmaslikka va’da beraman.

  1. Agar o‘z xohishi bilan bermasa, hech kimdan hech narsa olmayman.

  2. Er-xotin o‘rtasidagi vafodorlikka rahna solmayman. 4. Yolg‘on ga- pirishdan o‘zimni tiyaman. 5. O‘z ustimdan nazoratni yo‘qotmaslik uc- hun mast qiluvchi ichimliklardan va giyohvandlikdan saqlanaman. 6. Mechkaylikdan voz kechaman va garchi mumkin bo‘lsa ham ko‘p taom yemayman. 7. Raqsga tushishdan, musiqa tinglashdan, qo‘shiq aytish- dan, sahnada o‘zimni ko‘rsatishdan voz kechaman. 8. Gulchambarlardan foydalanishdan, atir va turli taqinchoqlami ishlatishdan voz kechaman.

  1. Baland o‘rindiqlarda o‘tirishdan, qalin to‘shakda yotishdan voz kec­haman. 10. Oltin va kumushdan foydalanmayman.

Buddaviiylik hamma davrda, sharoit taqozosiga ko‘ra vazifa bajar- gan. Bu buddaviylikning ma’lum bir hududdagi maqsad va vazifalari, shu joyning ijtimoiy hayotiga muayyan ta’siri bilan belgilanadi. Ay- rim mamlakatlarda milliy-ozodlik harakatiga buddaviylik katta ta’sir ko‘rsatdi. Ammo qanday sharoitda va qayerda bo‘lmasin, buddaviylik o‘z mohiyatini - insoniyatga najot berish maqsadini saqlab qoldi. Zo- tan, Budda shunday degan edi: “Okeanning suvi bitta ta’mga - sho‘r Ja’mga ega bo‘lganiday, mening ta’limotim ham bir yo‘singa - qutqa- rishga mo‘ljallangan. Odam bajarishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifa - atrof-muhitni itoatdan qutqarishga erishishdir, qo‘rquvning yo‘qolishi odamzodni ozod qiladi. U ozod bo‘lgandagina o‘z ozodligini biladi, qayta tirilishdan qutulganini tushunadi, muqaddaslikka to‘la erishilgan bo‘ladi, burch bajarilgan boMadi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi”.
Faqat jasad tirilib qaytib kelmaydi, bordi-yu, tirilib qaytib keladigan bo‘lsa, itoatdan qutula olmaydi. Buddaviylikning asosiy maqsadi faqat odamzodning ozod bo‘lishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat bolib qolrnay, balki butun mavjudotni qutqarishga modjallangan. Irodaga ega bo‘lish va irodani birdan-bir maqsadga bo‘ysundirish buddaviylikning tub maqsadidir.
Oltun yorug‘”ning yaratilishi. Asarda falsafiy ta’limot. Insoni- yatni solihlikka yetaklashda dunyoning turli joylarida mushtarak yo'llar mavjud bo‘lib, bu yo‘llar bir manzilga olib boradi. Manzil - inson, in­son ko‘ngli. Hindistonda - buddaviylik, Eronda — moniylik, Yaqin Sharq mamlakatlarida - islom. Aqidalaru e’tiqodlar turlicha bo‘lsa-da, maqsad bir. Ana shu mushtarak yo‘llar bir manzilda - komillik manzilida tutas- hadilar. Bugun biz ko‘p gapirayotgan ma’naviyatning pirovard natijasi ham jamiyatga komil insonni tarbiyalab yetishtirishdan iborat bo‘lgan edi va shunday bo‘lib qoladi.
Komillikka erishgan jonzotlar orasida eng oliysi insondir. Komillik pandu nasihatlarga quloq tutishnigina emas, amaldagi xatti— harakatni, mushohadani talab etadi. Komillikning da’vatkor qudrati adabiyotdadir. Qadimdan shunday bo‘lib kelgan va bugungacha davom etib kelmoqda. Tarixga nazar tashlasak, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turkiyzibon xalqlaming islomiyatgacha bo‘lgan adabiyoti bu jihatdan namunadir. Gap V-1X asrlarda zaminimizda yaratilgan moniylik va buddaviylik oqimidagi adabiyot to‘g‘risida ketyapti. Bu davr turkiy tilli adabiyotida aniq maqsadga - komil insonlami tarbiyalashga yo‘naltirilgan alohida da’vatu aqidalami ko‘ramiz. Gap jamiyatning bunga muhtoj bo‘lib qol- ganida emas, balki sog‘lom jamiyat barpo qilish, ruhan sobit va uyg‘oq nasi yaratishga intilishda bu davming alohida o‘ziga xosligidadir.
Islomgacha yaratilgan yozma obidalar orasida moniylik oqimidagi she’rlar, “Xuastuanift” (yoki “Moniylaming tavbanomasi”), buddaviy­lik oqimiga mansub “Maytri smit” dramasi, “Oltun yorug”’ (ya’ni oltin singari nur) sudurlari, moniylik she’rlari hamda ko‘plab buddaviylik va moniylik matnlari parchalari hamma davrda ham Markaziy Osiyo tur­kiy xalqlarining ijodiy mahsuli bo‘lib keldi. Mazkur adabiy yodgorlik- lar orasida “Oltun yorug”’ sddurlari diqqatga sazovor bo‘lib, bir necha asrlar davomida Turonzaminda ma’naviy muhitning barqarorlashuvida katta xizmat qildi.
“Oltun yorug‘” sudurlardan tashkil topgan. Sudur sanskritcha so‘z bo‘lib, “rishta”, “qoida”, “qo‘llanma” ma’nolarini bildiradi. Sudur hind adabiyotining, jumladan, falsafiy adabiyotning alohida janri bo‘lib, biron ta’limotning asoslari bayon qilinadi. “Oltun yorug‘”da ma’lum yaxlitlik- ni hosil qilgan bir qancha sudur jamlanib, xuddi ipga tizilganday tasav- vur qoldiradi, ya’ni sudur janrining talablari bu asarda mujassamlashgan.
Sudur janri afsonalami, turli muloqot shakllarini, qoidalami, o‘gitlami, pand-nasihatlami o‘z ichiga oladi.
Asar buddaviylikka mansub bo‘lib, xalqning shuuriy izlanishlari, e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘ldi. Asar turkiy tilli xalqlar orasida e’tiborga molik asar bo‘lgani uchun ham X- XV111 asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Ol- tin yorug‘”ning Radiov-Malov nusxasi 10 kitobdan (tagzin?) iborat. Asami 1910-yili rus olimi S.ye. Malov Xitoyning Gansu viloyatiga qa- rashli Vinshgu qishlog‘idagi buddaviylar ibodatxonasidan topgan. Asar qo‘lyozmasi 710 sahifadan iborat bo‘lib, 1687-yili ko‘chirilgan. Hozir- da bu nusxa Sankt-Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asami birinchi marta V.V.Radlov va S.ye. Malov eski uyg‘ur-turk alifbosida chop ettirganlar58. 0‘nta kitob 31 boMmni o‘z ichiga oladi.
Oltun yorug‘”ning yaratilishida turkiy qavmlarning ishtiro- ki. Bunga, birinchidan, 0‘rta Osiyoning qadimiy mifologiyasi va afso- nalaridagi qahramonlar ismining mazkur yozma yodgorlikda uchrashi bir dalildir. Jumladan, “Oltun yorug‘”ning birinchi kitobida Erlik xon (Erklig deb ham aytiladi) timsoli bor. Erlik xon turk-mo‘g‘ul mifologi- yasida keng tarqalgan. “Oltun yorug‘”da bu timsol Ku tauni yovuz qil- mishlari uchun hukm qilmoqchi bo‘ladi, chunki Erlik xon marhumlar shohligi hukmdoridir (Erklignmg lug‘aviy ma’nosi ham qadimgi turkiy tilda “qudratli hukmdor”dir). Afsonalarga ko‘ra, Erlik qadimda ruhoniy bo‘lib, avliyolikning eng yuqori darajasiga erishgan va g‘ayritabiiy qud- ratga ega bo‘lgan edi. Uning o‘limi haqida ikki rivoyat bor: birinchisi - u o‘g‘irlikda ayblanib, tuhmatning qurboni bo‘lgan, ikkinchisi - talonchi­laming jinoyatlariga beixtiyor guvoh bo‘lib qolgan. Oqibatda talonchilar tomonidan o‘ldirilgan. Shunisi ajablanarliki, Erlikning boshi olingandan keyin ham, uning tanasi tirik qolgan. Erlik kallasi o‘miga ho‘kizning boshini o‘matib olib, qo‘rqinchli qiyofaga egabo‘lib qolgan. Xullas, Er­lik insonlar tasawurida halokat keltiruvchi iblis sifatida qolgan. “0‘lim g‘olibi” Yamandag Erlikni mag‘lub qilib, yer osti dunyosiga jo‘natib yuborgan. Shunday qilib, Erlik narigi dunyoning hukmdori va hakami bo‘lib qolgan. Garchi Erlik bilan Yamandag o‘zaro dushman bo‘lsa-da, ikkovining ham qiyofasi bir-biriga o‘xshatilib butlar yasalavergan (ma- salan, Mo‘g‘ulistonda).
Inson faqat darma yordamida ibtidosiz sansaradan xalos bo‘lib, nir- vonga yetishadi. Nirvon - komillikning eng oliy bosqichi. Boshqa mav- judotlar, jumladan, xudolar va boshqa mifologik personajlar nirvonga yetisha olmaydilar. Ular nirvonga yetishuvlari uchun inson bo‘lib qay- tadan tug‘ilishlari lozim. “Oltun yorug‘”ning ibtidosidagi Ku tau afso- nasida jonzotlaming nirvonga yetishuviga oid qoidalar hikoya qilingan.
“Oltun yorug‘” asari X-XVIII asrlar oralig‘ida buddaviylikka e’tiqod qiluvchi qavmlar orasida keng tarqalgan. Bu asar ular e’tiqod qiladigan buddaviylik qonun-qoidalaridan iboratdir. “Oltun yorug”’ mazmunan va mohiyatan buddaviylikning maxayana mazhabiga oiddir.
Maxayana ta’limoti 0‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Ayniqsa, Kus- hon davlatida shoh Kanishka hukmronligi (uning hukmronligi milodiy 78 yildan boshlangan) davrida maxayana keng tarqalib, rasmiy diniy oqim darajasiga ko‘tarildi. Kanishka buddaviylik tarixida “ikkinchi As­hok” (miloddan oldingi 274\268 - 236\234-yillarda hukmronlik qilgan shoh, u Baqtriyaga, So‘g‘dga missionerlar yuborgan) nomi bilan shuhrat qozondi. Kanishka davrida “Oltun yorug‘”dan boshqa, maxayana maz- habining asosiy qoidalarini targ‘ib qiladigan ko‘plab asarlar yaratildi.
“Oltun yorug‘” asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi “Altun onglug, yaruq, yaltiriqligh, qopta kotiilmsh nom iliki atligh nom bitig — Oltin rangli, yorug', yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no'm podshohi nomli no ‘m bitigi” deb nomlanib, hozirgacha “Oltun yorug1” deb nomlanib keladi. Asaming sanskritcha nomi “Suvamaprabxasa”dir.
“Oltin yorug‘”ning asl matni taxminan milodiy I asrda yaratilgan bo‘lib, sudur (sutra)lardan tashkil topgan. Sudur sanskritcha so‘z bo‘lib, “hikmatli so‘z, qisqa yo‘llanma” ma’nosini bildiradi. Bu terminning boshqa ma’nolari ham bor.59 Har bir bo‘limda buddaviylikning muhim jihatlari to‘g‘risida Tangrilar tangrisi burxon bilan Xo‘rmuzd hamda boshqa tangrilar o‘rtasida savol-javob kechadi. Buddaga berilgan savol bilan mavzu boshlanadi. Budda savolga javob berayotganda, orada hi- koyalar ham kiritiladi. Ayniqsa, asardagi ayrim obrazlaming mifologik mazmun kasb etgani aslo bu savol-javoblarga halaqik bermaydi, aksinc- ha, savol-javoblarda tabiiylik aks etadi60.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling