O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet28/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Maxayana mazhabi haqida. Bu asar boshdan-oxir maxayana mazhabini targ‘ib qilishga qaratilgan edi. Savol tug‘iladi: nima uchun bu asar aynan maxayana mazhabi asosida yaratildi va Kanishka ham aynan shu ta’limotni yoyish uchun xizmat qildi? Zotan, maxayana ta’limotida ichki poklanish, ruhiy, ma’naviy sog‘lomlik bosh o‘rin tutadi. Maxaya- naning bu mezonlarini o‘ziga singdirib borayotgan buddaviylar jamiki jonzotlarga yaxshilik qilishni asosiy maqsad qilib olgan edilar. Qolaver- sa, Markaziy Osiyodagi azaliy ma’naviy muhit ham maxayana mazhabi bilan uyg‘unlashgan edi.
“Oltin yorug‘”ning asl nusxasi yaratilish davri aynan Kushon impe- riyasining kuchayib, Hindistonning katta qismini egallab olgan davrga to‘g‘ri keladi. Bu imperiya davrida buddaviylik 0‘rta Osiyoda, xususan, Janubiy O‘zbekiston hududida yoyilib borayotgan edi.
Maxayana “katta g‘ildirak” yoki “najotning katta yo‘li” degan ma’noni bildirib, buddaviylikda asosiy yo‘nalishlardan biridir. Maxa­yana mustaqil yo‘nalish sifatida milodgacha 1 asrda ilk buddaviylik maktabi maxasangxiki asosida tashkil topdi. Maxayananing to‘liq shakl- lanishi milodning boshlariga - sutralar alohida guruh sifatida paydo bo'lgan davrga to‘g‘ri keladi. Maxayana yo‘nalishini buddaviylik bilan shug'ullangan Nagarjuna, Ashvagxosha, Shantarakshita, Chandrakirti kabi buyuk faylasuflar rivoj lantirdilar.
Maxayananing boshqa buddaviylik yo‘nalishlaridan farqi nimada? Nima uchun uni “katta g‘ildirak” deb ataydilar? Gap shundaki, maxa­yana tarafdorlarining qarashicha, ongning tiniqlashuvi faqat rohiblarga- gina emas, balki jamiki mavjudotlar uchun joizdir. Maxayananing aso­siy farqli xususiyati shundan iborat. Maxayanada, hamma najot topishi mumkin, bu yo‘lda insonga buddalar va bo‘disatvlar yordam beradilar, deb qaraladi. Xinayana yo‘nalishiga mansub arxant timsoli o‘miga, bo‘disatv timsoli shakllantirilgan. Bo‘disatv oliy ruhiy yetuklikka eris- hib, nirvonga ketmaydi, balki hamma najot topishga erishishi uchun yordam berish maqsadida sansarada qoladi. Aytish mumkinki, xinayana izdoshlariga: “Faqat yakka holatda, uzoq vaqt shaxsan o‘zini o‘zi komil qilish rohiblik orqali najot topa oladi”, deb ta’lim bersa, maxayana qu- yidagicha o‘git beradi: “Hamma uchun yo‘l ochiq. Boringlar, sizlarga budda va bo‘disatvlar yordam beradilar. Agar bu yo‘lga kirishga zaif bo‘lsangiz, oddiy odam bo‘lib qolinglar, ammo Buddaning qoidalari va
Dil ve Edebiyat Incelemeleri Dergisi. Tiirkiye. Sayi 5. Nisan 2013. P. 15-21. amrlariga rioya qilinglar, nirvonga yetishish uchun katta qadam shudir”.
Buning ma’nosi shuki, maxayana yo‘liga kirgan insonlar bu yo'nalishning barcha aqidalarini bajaradilar. Qolaversa, buddalar va bo'disatvlar xuddi boshqa odamlaming karma (inson butunlay qay- ta tug‘ilish jarayonida yuz beradigan jamiki yaxshi va yomon ishlar yig‘indisi)sini o‘z zimmasiga olayotganday bo‘ladi. Ular o‘z jasoratlari bilan oliyjanob karmani yaratadilar va azob-uqubatlar orqali imonlilar- ga o'tkazadilar. Shuning uchun maxayanadagi azob-uqubat oliy donish- mandlikka tenglashtiriladi.
Maxayana mazhabining falsafiy asoslariga ko‘ra, moddiy olamning to‘rt ilk elementi yoki “to‘rt maxabutli ilonlar” - yuqoriga intiladigan o‘t va shamol, pastga intiladigan yer va suvning harakatlari aralashib ket- ganda, ko‘p xastaliklar paydo bo‘ladi. Ko‘ngil bilimiga tayanish, ya’ni faqat o‘zligiga ishonish xastaliklaming boshidir.
Buddaviylik diniy tizimini axloq fani bilan bir doirada qarash mumkin. Yoki najot topish haqidagi aqida ham bir necha diniy tizim bilan maqsad va mohiyat jihatdan bir, faqat ish-amallari, timsollari bi­lan farq qiladi, xolos. Ammo najot topish, shuningdek, “qayta tug‘ilish” ham ta’limot bo‘lishi bilan birga, diniy tizim hamdir. Masalan, “Oltun yorug‘”dagi har bir sudur insoniyatga najot berish va illatlardan xalos qilishga qaratilgan.
“Oltun yorug‘”da bayon etilishicha, Buddaning insoniyatga ko'rsatadigan cheksiz inoyati va marhamati ta’rifi yer yuzida mavjud bo‘lgan ta’rifu tavsiflaming hammasini qamrab oladi. Insoniyatni so- lihlikka yetaklashda insonga imkonsiz narsa Budda uchun imkonli. Qolaversa, Buddaning o‘nta va’dasi va buddaviylikning tub mohiyati - insoniyatni komilikka yetaklash uchun ulami illatlardan xalos qilib, amaliy natijaga olib keladi. Asarda insonlami nuqsonlardan tamomila xoli, pok, ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash yo‘l-yo‘riqlari Buddaning sifatlariga mos o‘gitlarining amaliy natijasidir. Ma’naviy pok insonlar, yoki umuman jonzotlar (“Oltun yorug‘”da tinlighlar) moddiy jihatdan ham o‘ziga xos tarzda shakllanadilar. Agar o‘sha jonzotlar Bud­da xonga (ya’ni burxonga), bo‘disatv (buddaga aylanmoqchi bo‘lgan jonzotlar yoki insonlar)larga ta’zim qilib, ularga hamdu sano aytsalar, natijaga erishadilar. Har uch zamondagi - o‘tgan, hozirgi va kelajak za- mondagi burxonlarga hamdu sano aytgan va ta’zim bajo aylagan asl- zodalar o‘g‘illari va aslzodalar qizlari (ular jamiyatdagi alohida toifa emas, balki buddaviylikka e'tiqod qiluvchi, Buddaning aqidalaridan aslo og'ishmaydigan insonlar)ning hayotda erishadiganlari nihoyatda ulkan, ular “yemak-ichmakli, to‘nu kiyimli, mol-dunyoli, bilimli, fazilatli, qut- li, saodatli (bo‘ladi), xastalikka, kulfatga, qarshilikka uchramaydilar, umrlari uzun bo‘ladi, qancha-qancha orzulari bo‘lsa, unday orzu yo‘qki, ko‘ngil xohishi bo‘yicha qonmaydigan, amalga oshmaydigan (bo‘lsin)” (V 8b\22-9a\4).
Oltun yorug‘”da no‘m tushunchasi. “Oltun yorug‘”dagi muhim, asaming boshidan oxirigacha davom etadigan termin - no‘m va uning turlari, no‘mning buddaviylar hayoti va e’tiqodidagi mavqei, ruhiy ta’siriga e’tibor qarataylik.
No‘mning inson hayoti tarzini o‘zgartiruvchi boshqa jihatlari ham borki, bu ruhiy-ma’naviy jarayonga tayanadi. Jumladan, insonlar sehr- jodu no‘mining duolarini o‘qigan!arida, ulaming hayotida quyidagicha o‘zgarishlar yuz beradi: sehr-jodu no‘mi insonlami yirtqich hayvonlar balosidan, o‘t-suv balosidan, shaytonu arvohlar balosidan, inson va in­son bo‘lmagan jonzotlar balosidan, xavf-xatardan xalos qiladi. Sehr- jodu no‘mi uch zamonga oid burxonlaming aqli, tafakkuridir. Sehr-jodu no‘mlarini ko‘p so‘zlash bilan burxonlarga izzat-hurmat ko‘rsatiladi. Ayni paytda aslzodalar - buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar no‘m udum- larini ijro etgach, aslzodaning “baxti, kuch-qudrati ko‘payadi, oshib ke- tadi, nima orzusi bo‘lsa, amalga oshadi” (V 9b). Shuningdek. insonlar o'zlariga tasalli topishlari uchun keltirilgan sanskritcha duolar muhim ruhiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
“Oltin yorug‘”da “quruq” yoki “bo‘shliq” no‘m ham borki, tayana- digan hech narsasi yo‘q. No‘mning bu turi asarda “moddiyat”ga tayan- gani uchun “egasiz, bo‘m-bo‘sh mahallaga o‘xshaydi”. Bunday holatda hissiy a’zolar - ko‘rish, eshitish, hid bilish, til, tana va tafakkur o‘z vazi- fasidan uzoqlashib, o‘ziga aloqasi yo‘q ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganda, yolg‘ondakam bilim paydo bo‘ladi. yoki “o‘g‘ri”) Ko‘rinadiki, har bir tushuncha inson va uning ma’naviy olamiga xizmat qildirishga qaratil- gan.
Oltun yorug‘”da zamon tushunchasi. Darma. “Oltun yorug‘”da buddaviylik tizimiga mansub zamon, xususan, uch zamon muhim kate- goriyalardan biridir. Uch zamon abadiylik demakdir. Buddaning qiyo- fasi ham, burxonlar ham uch zamonda talqin etiladi. Shuningdek, uch zamonga tegishli darma (sanskr. dharma) ham uch zamonga mansub bo‘lib, “Oltun yorug‘”da ma’no va vazifa jihatdan o‘ziga xos maqomga ega. Darma muhim maqom sifatida “Oltun yomg‘”ning o‘nta bo‘limi boshlanmasida “Buddaga ta’zim, Darmaga ta’zim. Sangaga ta’zim” tarzida qo‘llanadi. Bu o‘rinda darmanmg maqomi belgilab berilgan - uning maqomi Buddaning maqomi bilan baravar. Mazkur termin, birinc- hi navbatda, buddaviylik ta’limoti ma’nosini va bu yo'Iga kirganlaming ma’naviy hayotiga oid hamma tomonlami qamrab oladi.
Buddaviylik tarixida maxayana mazhabi darmaga tayandi, darma insoniyat hayotining hamma tomonlariga kirib bordi. Darma, insoniyat hayotining mazmuni komillikka erishuvdan, bo‘disatvlarga aylanishdan iborat, deb uqtirdi. Jonzotlar bo'disatvlarga aylanishlari uchun darmani o‘zida mujassamlantirgan o'nta ma’no va sifatlarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu ma’no va sifatlar - mavjudlik elementi, yo‘l, nirvonga yetis- huv, his qilinmaydigan element, fazilatli hayot, ta’limot, doimiy barqa- rorlik sifatlari, diniy va’da, dunyoviy qonunlardir. Bir so‘z bilan aytgan- da, darma - e’tiqod qiluvchilaming butun ongli faoliyatidir deb aytish ham mumkin. Buddaviylar “men darmada panoh topganman”, deb aytar ekanlar. Darma ayni paytda, bilish asosi bo‘lib, shaxs qobiliyatini eng yuksak darajada shakllantiradi. Buddaviylar shunday deb aytar ekanlar: “Qirolning oliyjanob xonimlari va yosh shahzodalar! Bir-biringizga dar­maga muvofiq munosabatda bo‘linglar!”
Hamma zamonlarda ham zodagonlarda axloq va tarbiya oliy daraja­da bo‘lgani va darma ana shu axloq hamda tarbiyaning tajassumi ekani ma’lum.
Darma - hayot va uning mazmuni ham demakdir. Buddaviylaming yana “dunyoviy odamlar dunyoviy darmaga bog‘lanib qolganlar” degan gaplari aynan shu ma’noda istifoda etilgan. Budda darmaga ta’rif berib: “Darma sudur va boshqalardir”, deb aytganda, ta’limotni nazarda tutgan edi.
Oltun yorug‘”dagi afsonalar. Ku tau afsonasi. Afsonalar “Oltun yorug‘”ning badiiyatidan dalolat berib, Sharqdagi barcha diniy-falsafiy asarlar singari, keng omma tomonidan badiiy asar sifatida ham qabul qilingan. Asardagi “Ku tau” va “Shahzoda va Bars”, “Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” haqidagi bir qator afsonalar, asarning hikoya qilinish usuli, muloqot shakllarining o‘ziga xosligi “Oltun yorug‘”ni badiiy asar sifati­da e’tirof etishga imkon beradi. Bu afsonalar komillik yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatadi, shu yo‘lga da’vat etadi. Zotan, asaming boshidan-oxirigac- ha ko‘tarilgan masalalar, aqidalar, g‘oyalar komillikka da’vat etadigan omillardir. Har uchala afsonada ham buddaviylikning ilk bosqichidagi komillikka erishish yo‘l-yo‘riqlari bayon etilgan. “Ku tau afsonasi”da Ku tau obrazi orqali jamiki insoniyatga manfaat keltiradigan ezgu ish - “Oltun yorug‘” asarini ko‘chirtirish hatto jismoniy o‘lim va xastaliklar- ning ham oldini oladigan bir omil sifatida talqin qilinadi.
Afsonada hikoya qilinishicha, no‘m keng tarqalmagan vaqtda Inc- hyu nomli shaharda chang qabilasidan Ku tau degan bir odam shahar begi edi. U shahar begi bo‘lib turganda, ko‘p jonzotlami qurbon qildi. Vaqti kelib, qizining to‘y bo‘lganda, sigir, qo‘y, to‘ng‘iz, g‘oz, o‘rdak, tovuq kabi ko‘plab jonzotlami so‘yib, katta ziyofat berdi. Oradan o‘n kun o‘tmasdan o‘sha bek og‘ir xastalikka yo‘liqib, gap-so‘zdan qolib, tutqanoq kasaliga yo'liqdi va olamdan o‘tdi. 0‘lgandan keyin butun a’zolari sovib, faqat yolg‘iz yuragi sirtida bir parcha eti sovimay qol- di. Buni ko‘rib, xonadonidagi odamlar qattiq yig‘i-sig‘i qilib murdani ko‘mishga olib bormasdan, uch kunni o‘tkazdilar. To‘rtinchi kun tong saharda ular kuyib-yonib turganlarida, o‘sha bek tirilib, o‘midan turib keldi, yuqoriga o‘tirib, ovqat, ichimlik so‘radi. Bu ahvoldan bekning qa- rindosh-urug‘lari, bir qancha odamlar vahimaga tushib, nariroq qoch- dilar. Ulaming qochib borayotganini bek ko‘rib, ovoz berdi va shunday dedi: “Qaytinglar, yaxshilarim, men tirilganimga sizlar nima uchun darrov qochib ketyapsizlar? Qo‘rqmanglar, men endi sizlarga tirilishim sababini aytib berayin, burxanlar no‘mining turlichaligini endi eshiting- lar”. U shunday deya so‘zlab berdi: “Kasai bo‘lganimda, eng awal men- ga to‘rtta shayton yaqin keldi. Bittasi yo‘g‘on qamchi tutgan, ikkinchisi arqon tutgan, uchinchisi qop tutgan, to‘rtinchisi ko‘k to‘nli, ot mingan bek ekan. Bu to‘rt iblis meni bir uy darvozasiga olib borganlaridan keyin, o'sha ko‘k to‘nli bek otdan tushib, meni chaqirdi. Men u bekning oldiga borganimda, u qo‘ynidan bir bitigni chiqarib, menga o‘qitdi. 0‘qisam, bu bitigda o‘sha kungi bizning ziyofatda o‘ldirilgan sigir, qo‘y, to‘ng‘iz kabi jonivorlaming so‘zi bitilgan ekan. Ulaming so‘zlari quyidagicha ekan: “Biz, hamma hayvonlar, oldin insoniyat dunyosida qilgan yomon qilmishlarimiz sababidan hayvonot olamida tug‘ilgan edik. Qarzimizni to‘laydigan, burchimizni o‘taydigan yil, oy vaqt miqdorini tugatsak edi, unda qiyofamizni o'zgartirib, insoniyat dunyosida tug‘iladigan bo‘lar edik. Shunday qilib, hayvonot olamidan ayrilib, qutiladigan vaqtimiz, kunimiz tugamasdan, Inchyu shahridagi chang qabilalik Ku tau degan bek bizni o‘ldirdi. Shuning uchun hammamiz qaytadan yana hayvonot dunyosida tug‘iladigan burchdan, azob-uqubatdan shikastlandik. Bun­day azob-uqubatdan shikastlangan zamonda bizning bu qayg‘ularimizni, azob-uqubatlarimizni ochiqchasiga tushuntirib so‘zlab beradigan da- rajada madorimiz yo‘q edi. Qanday qilib yana qarshilik qilishga, bar- dosh berishga kuchimiz bo‘lsin?! Bu qayg‘umizni endi yaratgan Tangri o‘ngarsin”, deb iltijo qildilar. Shuning uchun biz seni olib ketgani keldik. Bu xabar bitigda bor”. Bu so‘zlami bitigdan men oxirigacha o‘qib bitir- dim. Keyin o‘sha ko‘k to‘nli bek: “Ushlanglar uni!” deb baqirgan edi, uchala iblis menga yaqin keldi, bittasi arqon bilan bo‘ynimni bo‘g‘di, bittasi qopga meni soldi, bittasi yo‘g‘on qamchi bilan boshimga urdi, ikkala qo'limni qayirib, Bopso‘qa tog‘i tomonga olib bordilar. Yo‘l o‘rtasiga borganda, o‘sha meni olib borayotgan iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson, sen shuncha-shuncha hayvonlarni o'ldirding. 0‘sha sen umrlariga zomin bo‘lganlar maktubi sababidan seni olib ketgani kel­dik. Sen buni bilishing kerak”, deb aytdilar. Bu so‘zni eshitib, men ularga shunday dedim: “Ey yaxshilarim, tangrilarim! Agar men u paytda inson- laming bu dunyolik ko‘zi o‘ngida yomon ish qilganimni ko‘rib-bilgan bo‘lsam, bular Yamaning3s-boyligidir. 0‘sha yomon ishlaming hozirgi- day og‘ir natija va oqibatlarini bilmagan edim. Mendan boshqa qanc- ha-qancha odamlar son-sanoqsiz jonzotlami o‘ldirganlarini ko‘rdim. Ammo o‘sha kishilaming ochiq-oydin tushiga kirgan narsalarga yaxshi e’tibor bermagan edim. Shuning uchun ikki orada yana hozirgiday tilim bog‘lanib, o‘lim azobiga duchor bo‘ldim. Qanday amal-chorasini qil- sam, qaytadan tirik jon bo‘la olaman? Bilmasdan yanglishib, xato qilib yovuz qilmishim uchun o‘zim pushaymon bo‘lyapman, qattiq azob tort- yapman. Endi nima qilayin?” deb so‘radim. Shu gaplami aytganimdan keyin o‘sha iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson! Sen issiq jonini olganlardan o‘ttizdan ortig‘i - bog‘langan, ushlangan jonzotlar qudratli Erklig xonning-qarshisida dushmanlarcha ko‘zini chaqchaytirib, o‘sha ko‘zlarini tikib, seni kutib turibdilar. U yerga borganingda, Erklig xon juda qattiq qiynab o‘ldirilganlaming qattiq qonuni bo'yicha hukm qiladi,
35 Y ama sanskr. — murdalar shohligining hukmdori, Y ama dastlab о ‘ ladigan deb tasawur qilingan bo‘lishi mumkin. “Rigveda”dagi Yama va uning egizak singlisi Yamiga bag'ishlangan madhiyaga ko‘ra, Yama “o‘Iganlardan birinchisi”dir. Shu tariqa u boshqalaming о‘lishi uchun yo‘I ochib bergan. Buddaviylikdagi diniy-mifologik tasawurlarga ko‘ra, jonzotlar o‘lgandan keyin Yamaning oldida hozir bo‘lishlari lozim, o‘lgan mavjudollaming jannatga loyiq yoki noloyiqligjni Yama hal qiladi. u yerdagi og‘ir azoblardan qutulmagaysan”, deya so‘zladilar. Bu so'zni eshitganimdan keyin men yanada qattiq qo‘rqdim, azoblarim ortdi. Ular har tarafga alanglab, meni pastga tushirib, oldinga tortib, keyinga tortib, urib-so‘kib, yana bekning huzuriga qattiq shoshiltirdilar. Shundan ke­yin men yana ularga yolvorib, shunday dedim: “Ey yaxshilarim, o‘ylab qarasam, azoblarimdan aslo qutulmoqlik yo‘q. Endi sizlardan o‘tinib so‘rayman, yolvoraman: o‘zim o‘ldirganlaming qo‘liga tushgach, ular meni Erklig xon oldiga so‘roqqa olib borganlarida, men nima qilay? Shuni menga aytinglar”, deb so‘ragan edim, ular menga shunday dedi- lar: “Ey inson! Agar o‘sha o‘zing o‘ldirgan jonzotlar uchun ko‘nglingda o‘kinch paydo bo‘lsa, qanday bo‘lmasin, ko‘nglingni pok qilgin. Dunyo- ning umid-ishonchi komil, dono Tangri tangrisi burxon qonun qilib ber- gan “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun bo‘lgan no‘m podshohi” nomli no‘m bitigini tugal, to‘liq bitishga xohish uyg‘otishni chin dildan istasang, bu azoblaringdan xalos bo‘lar eding”, dedilar. Bu so‘zni eshitishim bilanoq, men birinchilaming birinchisi bo‘lib yetti toza ko‘nglim bilan o‘sha jonzotlami o‘ldirgan yovuz qilmishim uchun tavba qildim, dadillanib, yovuzlikni tashladim, toza sodiq ko‘ngil bilan turib, so‘ngra “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun boigan no‘m podshohi” nomli no‘m xazinani to‘liq, tugal bitishga ko‘nglimni chog‘ladim.
Buddaviylik paydo bo‘lmasdan ilgarigi braxmanizm e’tiqodi va udumlariga ko‘ra, xudolarga jonzotlar qurbonlik qilinavergan, bu davr- da hali buddaviylik aqidalari yaratilmagan va hayotga tatbiq qilinmagan edi. Ku tay hali buddaviylik aqidalaridan bexabar, braxmanizm aqidalari bo'yicha hayvonlar va parrandalami qurbon qilgani uchun, ular braxma- nizmdan nirvonga yetisha olmagan. Shundan keyin Erlik xonga shiko- yat qilganlar. Ku tay maxayana mazhabiga asoslangan “Oltun yorug‘”ni ko‘chirtirishga va targ‘ib qilishga va’da berishi bilanoq “o‘likdan tiril- di”. Bu degani - Ku tay nirvonga yetishib, “qayta tug‘ildi” demakdir.
Shahzoda va bars” afsonasi. “Oltun yorug‘”ning oxirgi - X bo'limida “Shahzoda va bars” afsonasi bor. Afsonada dalaga sayrga chiq- qan uch shahzodadan eng kichigi endigina yetti bola tuqqan va ochdan o‘layozgan ona yo‘lbarsga va uning bolalariga o‘zini qurbon qilgani hi- koya qilinadi. Ona yo‘lbars va uning yetti bolasi shahzoda Mag‘astvining tanasini yeb tirik qoldi. Dunyoviylik nuqtai nazaridan shahzodaning bu ishi telbalikdan boshqa narsa emas, ammo buddaviylik, xususan, “qay-
ta tug'ilish” aqidasi bo‘yicha shahzoda Mag‘astvi “qayta tug‘ildi”. Quyidagi parchada Mag‘astvi tanasini qurbon qilgach, qayta tug‘ilib, bo‘disatvga aylangan bo‘disatvlar quyidagilardir: “o‘sha urg‘ochi bars Maxatprasati bo‘ldi, yettita bolasidan beshtasi besh panchiki bo‘ldilar. Bitta bolasi endi bo‘ldi Mxamodalyatiri tanasi. (Yana) birisi endi bo‘ldi Sariputiriya avliyoning tanasi. Men sizlarga - rohiblarga ko‘rsatib, bil- dirib va’z qildim o‘tgan zamonda u boshqalarga foyda keltirmog‘ining sababini. Bunga shu tariqa astoydil harakat qilib bo‘disatvlar hayot tarzi bo'yicha, burxon baxt-saodati tufayli ish tutdim....O‘sha zamonda men o‘z ko‘nglimda qo‘zg‘atgan edim nihoyatda ulug‘ baxtga erishmoqni. Bu tanam suyagi qolsa bu yerda, kelajak zamonlarga foyda bersin jon- zotlarga deb” (X 22b\23-23a\l-16).
‘Shahzoda va bars” afsonasida kenja shahzoda Mag'astvi och qol- gan yo‘lbars va uning yetti bolasiga o‘zini qurbon qilish orqali komillik- ning ajoyib namunasini ko‘rsatdi. Buddaning “Jonli mavjudotlarga hech qanday zarar yetkazmaslikka va’da beraman”degan birinchi va’dasi mana shu afsonada o‘z ifodasini topgan. Mag‘astvi agarda och qolgan yo‘lbarsga o‘zini qurbon qilmaganda edi, Buddaning mana shu va’dasiga xilof ish tutgan bo‘lardi. U “qayta tug‘ilmagan” bo‘lardi.
Udaqatati tabib va uning o‘g‘li” afsonasi (IX 22a-lX 31b). Bu afsona yuqoridagi ikkala afsonadan farqli ravishda, hayotiy masalalar- dan saboq beradi. Udaqatati tabibning o‘g‘li Udaqani ishantining fidoyi- ligi, o‘z yurtining xalqiga rahm-shafqatli ekani hikoya qilinadi.
Yurtga og‘ir xastalik tarqalganda, Udaqani ishanti xalqning ahvoli- dan qattiq qayg‘uradi. U otasi Udaqatatidan xastalikka oid dor-larmonlar kitobini o'rganib, xalqqa yordam berishga qaror qiladi. U otasining hu- zuriga borib, maqsadini bayon qiladi. To‘rt faslga oid xastaliklar va qay- si faslda qaysi xastaliklaming paydo bo‘lishi, qaysi xastalikka chalin- ganda qaysi taomlami iste’mol qilish kerak va qaysi taomlardan tiyilish kerakligini, umuman, ovqatlanish tartibi, xastaliklami davolash usullari to‘g‘risida otasidan ta’lim oladi. Mana, aslzoda Udaqatati yil fasllari va yilning oylarga taqsimlanishi, fasllarda paydo bo‘ladigan xastaliklar ha- qida o‘g‘liga bergan ta’limi:
Uch oy bahor mavsumi deb (ataladi), uch oy yoz mavsumi deb (ata- ladi), uch oy ataladi kuz mavsumi deb. Uch oy ataladi qishki mavsum deb. Shu tariqa farqlaganda, bir yil miqdori oylami uch (oy)dan ajratish orqali fasl ajratilib, shakllanadi. Ikki oydan juftlashtirish orqali kesin hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng hosil bo‘ladi bir yilda olti kesin. Birinchi (va) ikkinchi oy nilufar gul (ochilgan) fasldir. Uchinchi oy va to‘rtinchi oy issiq fasl paytidir. Beshinchi va oltinchi oy yomg‘irli payt deyila- di. yettinchi va sakkizinchi oy kuz faslidir, to‘qqizinchi va o‘ninchi oy qish fasli deb ataladi. Keyingi ikki oy birgalikda qorli, muzli fasl bo‘ladi. Buni shu tariqa farqlab, mavsumlaming ajralishini bilish kerak. Fasllar- ni aralashtirmay, tartibi bilan bu fasllarga mos holda rioya qilib yemak, ichmakni, ayronni tanovul qilish kerak qoringa singdirib, yetiltirib, vaq- tida; shundan keyin jamiki xastalik paydo bo‘la olmaydi. Mavsumlar- ning izchilligi o‘zgarishidan mavsumda to‘rtta katta o‘zgarish, almashuv paydo bo‘ladi. Bu fasllaming o‘zgarishiga ergashib, faslga muvofiq dori- darmon iste’mol qilmasa, shubhasiz, kasallik paydo bo‘ladi... Bu (xas- talik)laming to‘rt turini farqlash kerak, deydilar. (Bular) quyidagilar- dir: yel, sariq, balg‘am kabi xastalik (va) dardlar, sanipat degan aralash og‘ir xastalik bo‘ladi to‘rtta. (Shuni) bilish kerak: bu(xastalik)lar paydo bo‘ladigan, tarqaladigan fasllar (qaysi ekani)ni. Yoz faslida shamollash oqibatidan xastalik kelib chiqadi, kuz faslida qo‘zg‘aladi isitma-bezgak paydo keltirib chiqaradigan sariq (xastaligi). Qish faslida paydo bo‘ladi sanipat degan og‘ir xastalik. Bahor faslida ko'plab yumshoq pishirilgan issiq ovqat yeyish kerak. Yozda sho‘r, achchiq, issiq yog‘li ovqat yeyish kerak. Kuz faslida ko‘plab sovuq, yog‘li, chuchuk taomni (tanovul qilish kerak). Qishda tanovul qilish kerak nordon, chuchuk, yog‘li taomni... mijozga loyiq tanovul qilsa, unday holda kasal bo‘lmaydi... tabib o'sha fasllarga qarab dori berib emlasin, yegulik, ichimlikni, dori-darmonni o‘z vaqtida berishi kerak”.
Aslzoda Udaqatati tabib o‘g‘liga xastaliklarni aniqlash va davolash usullarini o‘rgatgandan keyin, o‘g‘li Udaqani ishanti xalqni xastaliklar- dan forig‘ qildi.
Shu voqeadan keyin Udaqani ishanti ikki o‘g‘li bilan shaharu qish- loqlami kezib yurganda, suvi qurib qolgan koida baliqlaming nobud bo‘lish arafasida turganini ko‘rdi. Shunda u ikkala o‘g‘lini o‘zlari yas- haydigan shahardagi Divaindarapi degan elik bekning huzuriga zudlik bilan yuborib, yigirmata fil so‘radi. Divaindarapi elik bek fillarni berdi. Udaqani ishanti ikkala o‘g‘li bilan daryodan suv tashib, ko‘lga quya- verdi. Nihoyat, baliqlar qirilib ketishidan saqlab qoldi. Keyin u ikkala o‘g‘liga: “Bobolaringizga - mening otamga aytinglar, bugun cho‘rilarga, xizmatkorlarga beradigan oziq-ovqatni bersin, olib kelinglar”, deb bu- yurdi. Ikkala o‘g‘il borib, otalarining aytganlarini bobolariga yetkaz- dilar. Cho'rilar va xizmatkorlar iste’mol qiladigan bir kunlik ovqatni olib kelib berdilar. Udaqani ishanti hamma yeguliklami ko‘lga tashladi. Shu tariqa o‘n mingdan ortiq baliqdan birontasi ham nobud bo‘lmasdan omon qoldi.
Bu voqealar maxayana mazhabining aqidalarini, xususan, ruhiy, ma’naviy sog‘lomlik va jonzotlarga ezgulik tilashni targ‘ib qilishga qar- tilgan edi.
Oltun yorug‘” o‘gitlari. “Oltun yorug‘”da burxonning e'tirof etishicha, Xo‘rmuzd jamiki insonlami qilmishlari, gunohlari uchun pus- haymon qildirib, tavbaga olib keladi. U, insonlami yovuz qilmishlaridan poklagin, deb burxondan iltimos qiladi (III 2b). Xo‘rmuzdning bu ishini Tangrilar tangrisi ma’qullaydi va jamiki insoniyat gunohlaridan pokla- nishi uchun qanday amallami bajarishi lozimligi to‘g‘risida Xo‘rmuzdga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Bu amallar - hamma burxonlarga ta’zim qilish, ya’ni ulami izzat-hurmat qilish, zehni ochilganlarga ta’zim qilish, ma­xayana ta’limotini targ‘ib qiluvchilarga ta’zim qilish va hokazolardan iborat. Ammo amallar faqat shulardan iborat emas, balki insonlar qilgan gunohlarini e’tirof etib tavba qilishlari ham lozim. Zotan, insonlar bud- daviylik qonunlari paydo bo‘lmasdan ilgari, yovuz, yomon qonunlarga ergashib, hatto do‘zaxga ham tazyiq o'tkazgan, g'azabnok bo‘lib, nafrat va nodonligi tufayli jonzotlarga zulm qilgan, yaxshi-yomon ishlami aj- rata olmay, tana xohishi bilan ish qilib jonzotlarga jabr qilgan, tiliga erk berib, ko‘nglida yomon ishlami o‘ylab, gunoh qilgan, yomon niyat bilan burxonning tanasidan qon chiqargan, to‘g‘ri, haqiqiy no‘mdan nafrat- langan, no‘mdan nafratlanib, undan yuz o‘girgan, sof niyatli ruhoniylar orasida igVo qo‘zg‘ab, janjal chiqargan, hatto otaonasini yo‘q qildir- gan, gunohu ayblami faqat o‘zi qilib qolmay, boshqalami ham shunday yaramas ishlarga undagan va o‘zi bu qilmishlaridan xursand bo‘lgan, pok odamlarga illatu gunohlami to'nkagan, yomonni yaxshi deb maqtab, yaxshini yomon deb qo‘llab-quwatlab, u nuqsonlidir, u shaytondir, deb hukm chiqargan.
Xullas, dunyoda nimaiki illatlar bo'lsa, insoniyat shulaming ham- masi ijrochisi. Shunchalik qabohatga botgan insoniyatning gunohlari uc­hun afv so‘rab, Xo‘rmuzd burxon oldida vositachi bo‘ladi (go‘yo Muso payg‘ambar barcha Isroil xalqining gunohlari uchun afv so‘rab Xudo- ga iltijo qilganday). Xo‘rmuzd katta ijtimoiy vazifa bajaradi - burxon- dan insoniyat uchun baxt so‘raydi, insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga solishdan, yaxshilik ildizini mustahkam qilishdan iborat vazifani amalga oshirishni burxondan iltimos qiladi va jamiyatda sog‘lom muhit yaratish uchun ku- rashadi.
Burxonning bergan о ‘ gitlari, yo ‘1-yo ‘riqlari hamma bo ‘disatvlarning hayoti uchun mezon, ular bu yo‘lni kundalik vazifa singari qabul qilish- lari kerak. Inson bo‘disatvga aylangandan keyin, u komillikning eng yuqori nuqtasiga erishadi. Endi u o‘zini emas, boshqalaming rohat- fa- rog'atini o‘ylashi, boshqalaming tashvishi bilan yashashi lozim:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling