O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi ко ‘finish
Birinchi pardaning mazmuni. Birinchiparda 32 sahifadan iborat. Ayrim varaqlar yo‘qolgan. Saqlangan sahifalarga qarab, mazkur parda- dagi voqealami ikki qismga ajratish mumkin. Pardaning birinchi varag‘i shunday jumla bilan boshlanadi: “Endi bu no‘mliq so'zni Rachagri sha- har davlatida o‘qish kerak” degan voqea yuz beradigan joy bayon qilina- di. Shundan so‘ng uchta sarkardaning muloqoti orqali birinchi ко ‘rinish boshlanadi. Ular osmondagi yo‘ldan uchib kelayotib, Shakyamuni burxon baxtini topishga muyassar bo'ladilar, ya’ni buddaviylikka yetishadi- lar. Ular Posang tog‘ida no‘m va’z qiladilar, o‘zlarining yaqinlarini tash- lab, budda rohibi bo'lganlarini, Maytri ham xursand holda, o‘z ustozi Badari braxmon bilan Posang tog‘iga Tangri burxon yoniga borib, uning shogirdi bo'lganini, ko‘p odamlar Maytri ruhoniy martabasiga erishga- nini eshitib, bu marosimni ko‘rishga ketayotgani haqida suhbat qiladilar. Uchala sarkarda ham shu marosimga ketayotganlari to‘g‘risida o‘zaro suhbatlashadilar. Shu bilan birinchi ko‘rinish nihoyasiga yetadi.
Ikkinchi ко ‘finish yettinchi sahifadan boshlanadi. Varaq zararlan- gan. Voqea o‘mi quyidagicha bayon qilinadi: “Endi bu no‘m!iq so‘zni Dogsanapot...Badari dono braxmon...o‘lkasida o‘qish kerak”. Badari braxmon besh yuz shogirdi qurshovida Maytrining qo‘lini ushlagan hol- da so‘zlash bilan bu parda boshlanadi. Bu sahnada, asosan, Tangri burxon Shakyamunini ko‘rish uchun tangrining elchisidan Badari braxmon- ga vahiy kelgani bayon qilinadi. Kunlaming birida kechqurun Tangri elchisi Pumabatri tangri, egnidagi zeb-ziynat buyumlaridan nur chaqna- yotgan holda, Badariga zohir bo‘ladi. U Shakyamuni buddaga aylanishi- ga oid ajoyib ishlar to‘g‘risida so‘zlaydi va Badariga, Shakyamunining oldiga bor, deb da’vat qiladi. Badari Shakyamuni huzuriga borishni va uni ko‘rishni istasa ham, xasta bo‘lib qolgani sababli Tangri burxonni ko‘rishga borolmaganidan hasrat chekadi. Pumabatri unga, sog‘lig‘ingni asra, umidsiz bo‘lma, Tangri burxon qutqaradigan jonzotlar, qayerda bo‘iishidan qat’iy nazar, sening orzuingni qondiradi, deya unga tasalli beradi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu paytda asta-sekin tong ota boshlay- di. Shu bilan ikkinchi parda oxiriga yetadi. Parda oxirida “Maytri smit no‘m bitigida Badari pratmani nazr qilish” nomli birinchi bo‘lim tuga- di”, degan jumla bilan pardaning oxirlagani uqtiriladi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling