O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet33/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Uchinchi ко ‘rinishda safar manzarasi tasvirlanadi. Maytriga ergash- ganlar safar paytida katta shaharlardan o‘tadilar va shaharlar aholisining hurmatini qozonadilar. Maytrining muxlislari o‘rmonlardan va dalalar- dan o'tganlarida, arslon, yo‘Ibars, fil singari jonzotlar ham xuddi qo‘lga o‘rgatilganday yuvosh bo‘lib qoladilar. Fillar xartumlarida nilufar gul- lami Maytriga olib kelib, unga hurmat bajo qiladilar. Arslon, yo‘lbarslar yer bag‘irlab yotib, Maytrining tovonini yalaydilar va gunohlari uchun tavba qiladilar. Oxirida Maytri singari odamlar birin-ketin qiyinchiliklar- ni, xavf-xatarlami yengib, uzoq yo‘l bosib, nihoyat, Posang tog‘iga yetib keladilar. Qisqasi, bu ko‘rinishda Maytri kelajakdagi burxon bo‘lishiga oid ilohiy karomat beriladi.
To ‘rtinchi ко ‘rinish Tangrilar tangrisi burxon Posang tog‘ida Tangri jamoati orasida arslon shaklidagi taxt ustida o‘tirib, no‘m va’z qilayot- gani bilan boshlanadi. Maytri va uning muxlislari, shogirdlari bu yerga yetib kelganlaridan keyin, burxonning o‘ttiz ikki xil alomatiga diqqat qiladilar. Maytrining atrofidagilar burxonga hamdu sano o‘qiydilar. Ulaming har biri ko‘ngliga ma’qul kelgan qiyin masalalar to‘g‘risida so‘raydilar. Tangri burxon ulaming savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Maytri ham burxonga tahsinlar o‘qib, unga ta’zim bajo qiladi va hurmatini bildiradilar. Shu paytda olam olti xil tebranadi. Butun ko‘k yu- zini tangrilar qoplaydi. Posang tog‘idan kelgan “Tangri burxon no‘mida oliyjanob Maytri ruhoniy bo‘ldi!” degan sadolar hamma yoqda yangray- di. Jamiki jonzotlar shod bo'Iadilar. Bu ko‘rinish oxirida Maytri bosh- chiligidagi qirq tuman yangi ruhoniylarga yorliq keladi va “tana, til va dil bilan yaxshi ish qilinglar, savob ish qilinglar, burxon yorlig‘ini baja- rishga harakat qilinglar”, deb topshiriqlar beradi. Shundan keyin Maytri “Men endi boshqa jonzotlami qutqargani boraman”, deb e’lon qiladi.
Ikkinchi parda “Maytri smit no‘m bitigida Maytri bo‘disatvning ru­honiy bo‘lishi nomli ikkinchi bo‘lim tugadi” degan jumla bilan oxiriga yetadi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling