O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Uchinchi pardaning mazmuni. Uchinchi pardaning
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi korinish
- Ikkinchi korinish
- Savol va topshiriqlar
- O‘g‘uznoma” dostoni Reja
Uchinchi pardaning mazmuni. Uchinchi pardaning 13 varag‘l saqlanib qolgan. Dastlabki besh varaq yaxshi saqlangan. Bu pardada, asosan, Shakyamuni va uning in’ikosi Mohpirchoponi Govtomi xotun- ning burxon Shakyamuniga oltin rangli bo‘z mato to‘qishi voqeasi ba- yon qilingan. Bu pardani mazmunan ikkiga bo‘lish mumkin. Pardaning boshlanishida voqealar o‘mi quyidagicha ko‘rsatiladi: “Endi bu no‘mluq so‘zni Koplovastu shahridagi Nigudoram nomli sangram (ibodatxona) dn o‘qish kerak”.
Birinchi ko'rinish Tangri burxon Koplovosti shahriga qachon ye- tib kelishini so‘rash uchun Potni qizi Nigudoram sangramiga kelgani- ni Govtomi xotun hikoya qilishi bilan boshlanadi. Sangramdan bir ayol chiqib, undan, nima ish bilan keldingiz, deb so‘raydi. U, Govtomi xotun meni xabar olib kel, deb yubordi, u yana shulami aytdi: “Govtomi xotun suyukli o‘g‘ilga to‘n tikib kiydiraman, deb o‘z quli bilan birga urug‘ sochdi, o‘t terib, paxta titdi, bulardan ip yigirib, oltin rangli bo‘z to‘qidi, Shakyamuni bu yerga kelganda, unga shu bo‘zdan to‘qilgan to‘nni had- ya qilaman deb aytdi”. Ikkalasining suhbatidan yana shular ma’lum bo^adiki, Tangri burxonning no‘mini anglashga muyassar bo‘lolmagan shaki urug‘idagi erlar, xotinlarimizning besh xil ayb bor deb kamsitila- yotgan ekan. Ammo Tangri burxon ayollarga ham no‘m va’z qilib: “Bu ayollaming besh xil fazilati bor”, deb maqtagani pesa mataidan ma’lum bo‘ladi. Ikkala ayol qizg‘ln suhbat qilayotganlarida, Borsudaro xotun kirib keladi va “Yosudaro xotun ham bo‘z to‘qib, Tangri burxonning kelishini kutyapti”, deb xabar beradi. Shaki urug‘i beklari bu xabarlami eshitib xursand bo^adilar. Birinchi ko‘rinish shu voqea bilan tugaydi. Ikkinchi ko'rinish Govtami xotun shaki urug‘idan besh yuz ayolni atrofiga yig‘ib, oltin rangli bo‘z to‘nni qo‘lida ushlab, Yosudaro xotunga so‘zlab turgani haqidagi voqea bilan boshlanadi. Ular, hademay Tangri burxon bilan ko‘rishamiz, unga o‘zimizning sovg‘alarimizni hadya qi- lamiz, deb hayajon bilan gapiradilar. Ular xursandlik bilan o‘tgan ish- lami esga oladilar. Shu paytda ular Tangri burxon xuddi quyoshday nur taratib, shaki urug‘idagi beklar davrasida to‘rda o‘tirganini ko‘radilar. Govtomi xotun o‘zi tikkan to‘nini Tangri burxonga tutadi. U nihoyatda chiroyli so‘zlar bilan, qo‘limni qaytarmang, deb iltimos qiladi. Tangri burxon esa Govtomi xotunga, bu to‘nni boshqa rohib jamoasiga sadaqa qiling, bu to‘n Maytrining qo‘liga yetib boradi, Maytri esa menga in’om qiladi, deb sovg‘ani olmaydi. Govtami xotun, sovg‘amni oling, deb qat- tiq iltimos qiladi. Tangri burxon shirin so‘zlar bilan uning sovg‘asini qabul qilolmasligini tushuntiradi va boshqalarga sadaqa qilib bersangiz, ko‘p foydali bo‘ladi, deb buddaviylik aqidalari bo‘yicha savobning mo- hiyatini sharhlab tushuntirib beradi. Atrofda turganlar Tangri burxonning bu so‘zlaridan qattiq ta’sirlanib, nihoyatda mamnun bo'ladilar. Ikkinchi ko‘rinish shu bilan tugaydi. Xullas, “Maytri smit” pesasi sanskrit adabiyotida buddaviylik aqi- dalarini yoyish va shu orqali insoniyatni komillikka yetaklashda katta xizmat qilgan asardir. Asaming ikki sahnasidagi voqealar tahlilidan ko‘rinib turibdiki, butun bir davrlami va avlodlami to‘g‘rilik, sobit e’tiqod ruhida tarbiyalash katta muammolar sifatida qo‘yilgan. Turkiy qavmlar orasida “Maytri smit”, xuddi “Oltun yorug‘” singari, keng tar- qalgani hamda badiiy adabiyotning noyob namunasi sifatida shuhrat qo- zongani ma’lum bo'ladi. Shuningdek, sanskrit adabiyotshunosligining, xususan, adabiy turlar va janrlaming qadimgi turkiy adabiyotshunosligi- ga ta’siri to‘g‘risida ham so‘z yuritishga mazkur pesa turtki beradi. Savol va topshiriqlar “Maytri smit”ning qadimgi turkiy adabiyotdagi o‘mi haqida qis- qacha so‘zlab bering. “Maytri smit”ning bag‘ishlovi mazmuni. Pesaning tarjimalari tarixi haqida qisqacha so‘zlang. Nechanchi asrda tarjima qilingani haqiqatga yaqinroq? Xinayana mazhabining asosiy qoidalari nimalardan iborat? Birinchi pardada qanday voqealar haqida so‘z ketadi? Ikkinchi pardada-chi? Uchinchi pardaning mazmunini so'zlab bering. “O‘g‘uznoma” dostoni Reja: “O‘g‘uznoma”ning o‘rganilishi. “0‘g‘uznoma”da mifologiya. “O‘g‘uznoma”da uch qavatli olam modeli. “0‘g‘uznoma”da tush motivi. “O‘g‘uznoma”da rang va inonch e’tiqodlar. 0‘g‘uz xoqon haqidagi dostonlaming qiyosiy tahlili. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling