O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet13/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Zardushtiylikning mohiyati. Xo ‘ sh, Zardusht yaratgan ta ’ limotning mohiyati nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta’limot edi? Uning ta’limoti - ezgulik va yovuzlik ruhlari o‘rtasidagi kurashdan ibo- rat edi, jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosibl ikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta’limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki axloqiy qarashlaming majmui sifatida xalq orasiga kirib bordi.
Zardusht yaratgan islohot shundan iboratki, u yakka xudolilik va du- alistik qarashlaming original birikuvini yaratib, dinda o‘ziga xos tizimni barpo qildi. Zardushtiylikda eng qiziqarlisi - xohish-iroda erkinligi kon- sepsiyasi rudiment shaklda tasawur qilinadi.
Axura Mazda (yoki Xo'rmuzd) oliy Xudo sifatida hamma qara- ma-qarshi kuchlaming yaratuvchisi hisoblanadi. Ammo uning egizak o‘g‘illari Spentaman (muqaddaslik Ruhi) va Axriman (yovuzlik Ruhi) haqiqat (osha) va yolg‘on (do ‘st yoki durudj) o‘rtasida tanlov qilishla- riga to‘g‘ri keladi. Ular yaxshi yoki yomon fikrlari, so‘zlari va ishlarida ana shu haqiqat va yolg‘onni namoyon qiladilar.43
Axura Mazdada mujassamlashgan ezgulik va yovuzlikni Zardusht ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki bu muammo ijtimoiy-siyosiy jarayondan diniy-falsafiy jarayonga aylandi va ilohiy tus oldi.
Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd va Zervon obrazla- rining umumiyligi. “Avesto”dagi obrazlar - Xo‘rmuzd obrazi “Oltun yorug‘”da Budda timsolidan keyin turadigan timsoldir. Bu obraz “Ol­tun yorug‘”da ham bor. Xo‘rmuzdning “Oltun yorug‘”dagi yana bir ismi Kavsikiyadir. Xo‘muzd - to'rt maxaranch tangrilaming rahnamo- si, to‘rt maxaranch tangrilar esa olamning to‘rt tomoni qo‘riqchilaridir. Xo‘rmuzd solihlik, poklik, jamiki jonzotlaming homiysi ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.
“Avesto”ning Gohlar qismida Xo‘rmuzd insoniyatni bu olamning gunohlaridan poklaydigan kurashchi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bois Zardusht Xo‘rmuzdga tavallo qilib, uning sifatlarini birma-bir bayon qi- ladi: Xo‘rmuzd-bu olamning tanho adolatpeshasi, ilk donishmand, Ezgu Niyatning otasi, Haqiqatning chinakam yaratuvchisi va h.: “Qachonki kimsa oshkor yoki pinhon nimanidir so‘rasa, kichik gunohlardan xalos bo‘lib, ulkan gunohlardan parhyez qilmoqchi bo‘lsa, sen uni o‘zingning o‘tkir nigohlaring bilan nazorat qil va barchani Ashah - Haqiqat nurlari ostida hidoyatga boshla”.
Xo‘rmuzd “Avesto”da qanday vazifa bajarsa, “Oltun yorug‘”da ham o‘sha vazifani bajaradi. Har ikkala asarda ham Xo‘rmuzd obrazi kelib chiqishi jihatidan birdir. Yoki Zervonning vazifasi ham “Oltun yorug‘”da (Azrua deb nomlanadi) “Avesto”dagi Zervon bilan aynidir. Masalan, “Oltun yorug‘”da Azrua tangrining maskanida jonzotlar qayta tug‘ilishi uchun gunohlaridan pushaymon bo‘lib, iltijo qilib, va tavba-ta- zarru qilib, pok so‘zlar bilan yomon qilmishlarini, kirlarini, iflosliklarini yuvib, tozalashi kerak (П1 9a). Zervon “son -sanoqsiz olamning xoni” (Ш 19a), Zervon tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir degan qonun bitigini so‘zlagan va bitig holiga keltirgan (VIII 26a). U Buddadan, no‘m g‘ildiragini aylantiray, maxayana mazhabini jonzotlar- ga beray, deb iltimos qiladi. Shu xatti-harakatlari orqali Zervon yer yu- zida solihlikni barpo qilishni, jamiki jonzot bolalarini tinch-omon, shod- xurram qilishni ko‘zlaydi. Umuman, Zervon tangri “Oltun yorug‘”da komil jonzotlami yaratadi va ko‘paytiradi.
Mazkur qiyoslardan ma’lum bo'ladiki, “Avesto” va “Oltun yorug‘” o‘rtasidagi muvofiqlik 0‘rta Osiyo bilan “Oltun yoimg‘”ning ilk vata- ni Hindiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalarga ishora qiladi. Ko‘p tarqalgan nuqtai nazarga ko‘ra, II ming yillikdan oldin 0‘rta Osiyodan, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‘ylab joylashgan o‘lkadan tortib, Orol va Kaspiy dengizlarigacha cho‘zilgan yurtga Hindistonga ariylar qabila- si bostirib kirgan (M. Mayrxofer, LDyakonov, T. Borrau va boshqa ko‘p sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylaming alohi- da qabilalari Sharqqa tomon ko‘cha boshlaganlar. Bu ko‘chish milod- dan oldingi II ming yillik o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ular 0‘rta Osiyodan Afg‘onistonga, u yerdan Hindikush tog‘lari orqali Hindistonga - hozirgi Panjob viloyatiga o‘tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar qo‘ygan emas, balki 0‘rta Osiyodan borgan qavmlar o‘zlari bilan birga olib borganlar. Ariylar “nafaqat harbiy iste’dodi bilan, balki badiiy so‘z sohasidagi iqtidori bilan ham ajralib turganlar. Bu qabilalaming eng aso- siy xazinasi madhiyalar bo‘lib, kelgusida jamlangan Rigvedalaming aso- sida ana shu madhiyalar yotgan edi”.44 Ariylaming boshqa o‘lkalardan Hindistonga kirgani to‘g‘risida boshqa fikrlar ham bor, ammo ko‘pchilik rus va yevropa sharqshunoslari ariylar dunyoning ko‘p tomonlariga 0‘rta Osiyodan tarqalganini tasdiqlaydilar.
“Avesto” va “Oltun yorug‘”da Xo‘rmuzd hamda Zervon obrazla- rining birligi ulaming ijodkorlari bir xalq ekanini ko‘rsatuvchi bitta da- lil bo‘lsa, ikkinchisi - Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan tangrilar xoni Xo‘rmuzdning faoliyatidagi o‘xshashliklardir. “Avesto”da Zardusht muhim qonunlar so'rab, Axura Mazdaga murojaat etadi, Axu- ra Mazda jamiki yer yuziga Zardusht orqali qonunlar beradi. “Oltun yorug‘”dan yana bir misol keltirish bilan cheklanamiz: Xo'rmuzd, ma­xayana yo‘l- yo‘riqlari bo‘yicha yashamaydigan insonlar o‘zlarining qilgan himmatlaridan xursand bo'lishga loyiqmi, deb so‘raganda, tang­rilar Tangrisi Budda shunday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: “Qaysi bir jonzot xoh muqaddas maxayana no‘midagi yo‘l-yo‘riq bo'yicha yurishga qodir bo'lsinlar, xoh yana muqaddas maxayana no'midagi yo‘l-yo‘riq bo‘yicha yurishga qodir bo‘lmasin(lar), qodir bo‘lganlar (va qodir bo‘lmagan) o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‘ng yelkalaridagi to‘nlarini ochib, o‘ng tizzalari bilan cho‘kkalab, kaftlarmi (bir-biriga) qovushtirib, ko‘p hurmat-ehtirom (bi­lan) g‘oyat pok sodiq ko‘ngil bilan, bir maqsad, idrok va his-tuyg‘ular bilan o‘ng tomondagi olamlaming jonzotlari qilgan himmatli, ezgu ish- lariga, ezgu sa’y-harakatlariga muvofiq xursand bo‘lib, sevinsa, keyin o‘sha aslzodalar o‘g‘li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‘q himmatli, ezgu ishlarini qiladi” (III 12b- 13 a).
Rigveda” va “Avesto”ning qarindoshligi masalasi. Faqat “Ol­tun yorug‘” bilan “Avesto” o‘rtasida qarindoshlik aloqalari bor bo‘lib qolmay, balki “Rigveda” bilan “Avesto” o‘rtasida ham qarindoshlik aloqalari mavjud. Bu masalani dalillashda olimlar, tarixiy aloqalardan tashqari, lingvistik omillarga ham tayanadilar. Mutaxassislaming fik- richa, “Rigveda” bilan “Avesto” tilining bir-biriga yaqinligi (ayniqsa, “Rigveda”dagi mandal va “Avesto”dagi gohlar) shu darajadaki, ba’zan ikkala yozma manbadagi matn bir arxaik matnning ikki variantiga o‘xshab ko‘rinadi, faqat tovushlar mosligi qoidalarida farq bor, xolos. Ana shu yaqinlik tufayli ham ayrim olimlar o‘tgan asming boshlarida “Avesto”dagi ayrim she’riy parchalami “Rigveda” tiliga tarjima qildilar. Shunda ma’lum bo‘ldiki, “Avesto” tili bilan vedalar tili o‘rtasida qatta farqbo‘lmagan (yelizarenkova T.Ya. Yuqoridagi asar, 437-bet). Vedalar tili qadimgi hind eposlari va mumtoz sanskrit she’riyati tilidan ko‘ra, “Avesto” tiliga yaqinligi bilan sharqshunoslami hayratga soldi.
Har ikkala manbaning matnlari o‘rtasidagi yana bir yaqinlik poetik nutqdadir. Ikkalasidagi mifologik meros ham birdir- ikkalasi ham ariylar mifologiyasidan oziqlangan. Diniy tizim esa “Avesto” va “Rigveda”da farqli bo‘lgani uchun har ikkalasida ham bu tizim o‘z yo‘lidan ketib, rivojlandi. Til va mifologik merosning har ikkala manbada birligi ay- rim so‘zlaming ma’no va vazifa jihatidan birligida ma’lum bo'ladi: “Rigveda”da - deva - “Avesto” da daeva sifatida talaffUz qilinib, bi- rmchisida “xudolar”ma’nosini, “Avesto”da “iblislar”ma’nosini bildira- di. “Avesto”da ahura so‘zi “Rigveda” va “Oltun yorug‘”da asura\ asuri deb aytiladi va birinchisida xudolar (masalan, Mitra, Varuna kabi)ning epiteti vazifasida, “Rigyeda” va ’’Oltun yorug‘”da iblislar ma’nosida ish- latiladi.
“Rigveda” bilan “Avesto”ning mifologik qahramonlari o‘rtasidagi umumiylik shuni ko‘rsatadiki, ismlaming lingvistik jihatdan birligi, qo- laversa, har ikkalasida vazifa syujet jihatidan birligi ular o‘rtasidagi qa- rindoshlik aloqalarini yana bir marta tasdiqlaydi.
“Rigveda”, “Oltun yorug‘” va “Avesto” turli diniy tizimga mansub, bo‘lsa ham, ular uchun umumiy bo‘lgan kultlar bor. Jumladan, olov kulti “Rigveda” bilan “Avesto”da zaminda qurbonlik kuydirishni, osmondagi quyosh va boshqa samoviy ilohlarga oid hamma xususiyatlami o‘z ichi- ga oladi; yoki muqaddas о ‘simliklar kulti to‘g‘risida ma’lumot berilgan- da, har ikkala manbada ham bu o'simliklardan boqiy umr ato qiladigan ichimlik tayyorlanishi to‘g‘risida so‘z ketadi. Shuningdek, har ikkala manbada madhiya-ibodatlar ham umumiy mazmunga ega.
Har uchala manba - “Rigveda”, “Oltun yorug‘” va “Avesto”ning obrazlar tizimidagi birlik shuni ko‘rsatadiki, ular bir ildizdan paydo bo‘lgan. Yuqorida ta’kidlanganiday, miloddan oldingi ll ming yillikdan awal Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idan ko‘chib borgan ariy qabilalari- ning og‘zaki ijodi har uchala adabiy yodgorlik yaratilishiga asos bo‘lgan edi.
Avesto” qismlari. Gohlar. “Gohlar” (yoki “Gotlar” deb ham yu- ritiladi) daftari, yuqorida aytganimizday, “Avesto”ning birinchi qismi bo‘lib, beshta qo‘shiqdan iborat. Qo‘shiqlarda, asosan, Zardusht Axura Mazdani (ya’ni Xo‘rmuzdni) sharaflab, unga hamdlar aytadi, uning sifat- larini bayon etadi. Zardusht Axura Mazdani Ashah, ya’ni Haqiqat degan nom bilan ataydi45. Gohlarda Axura Mazdaga murojaat etish va uni sha- raflash barobarida, Axura Mazda hamma narsani bilguvchidir, o‘tmishda insonlar qanday qabih ishlar qilganini va kelajakda insonlar nimalar qi- lishlarini Axura Mazda bilib turadi. Shuningdek, Zardusht Axura Maz- dani yagona adolatpesha hakam deb talcfin qiladi.
Axura Mazdaning kalomi muqaddas. Shu bois u “hushyorlar”ga - ezgu niyatli insonlarga qarata shunday murojaat qiladi: “Quloqlaringiz bilan puxta eshitingiz eng ezgu kalomlarni va yorug ‘ niyat bilan - xoh er, xoh ayol - har biringiz nazar tashlangiz, to buyuk hodisa ro‘y bermasdan va oimlarimiz so‘nggi manzilgayetmasdan ikki yo‘ldan birini o‘zingizga ixtiyor etingiz-da, bu kalomlarni o‘zgalarga ham yetkazingiz!” (“Aves- to” AsqarMahkam tarjimasi, 2000. 13-b; bundan keyingi misollar ham shu nashrdan olinib, kitobning sahifasi ко ‘rsatiladi, xolos.) Muqaddas kalomlarni boshqalarga yetkazuvchilar - bu ham toza ko‘ngilli insonlar- dir, deb aytiladi “Avesto”da.
Gohlarda bayon qilinishicha, Axura Mazdadan oldin ham insoni- yat nimagadir e’tiqod qilgan. Ammo bu e’tiqodning oqibati insoniyatni yaxshilikka emas, balki yovuzlikka undagan, insoniyat o‘sha e’tiqoddan faqat kazzob va xudbinlikni orttirdi, insoniyat “qabih niyatga qarindosh” bo'ldi, Insonning bu holatga tushishini Axura Mazda yomon tarbiyachi- ga bog‘laydi: “Yomon tarbiyachi o‘z ta’limi bilan ilohiy so‘zlami teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi” (14-b).
Mazda haqiqatan hushyor, donishmand, msoniyatga bergan o‘giti va ta’limoti bilan jamiyatni o'zgartirishga undadi. Zardusht uning maq- sadlarini amalga oshirishda vositachi. “0‘zgalami yaxshilikka olib bor- gan kimsalargagina yaxshilik nasib etadi” (14-bet), deb Axura Mazda o‘zining a’molini e’lon qildi.
Oltun yorug4” va “Avesto”da Abadiy zamon tushunchasi. Aba- diy zamon tushunchasi Sharq xalqlarining qadimgi yozma diniy- falsafiy matnlarida tizimli holda mavjud. Bu diniy-falsafiy tizi.mgako‘ra, hamma jamiki yaratilgan narsalar, shuningdek, jonzotlar, hayot, xullas, ruhiy, ma’naviy mavjudotlar ham abadiy borliq sifatida toabad mavjud. Shu- merlaming “Gilgamish” dostonida Enkidu insonni o‘lmaydigan, abadiy hayot bag‘ishlaydigan ichimlik suvini izlagani ma’lum. “Oltun yorug”’ dostonida ham uch zamon - o'tgan, hozirgi va kelasi zamon hamda bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘lajak yaxshi-yomon ishlar haqida so‘z ke- tadi (III 7b va boshqa qismlar). “Avesto”ning Gohlar qismidagi abadiy zamon tushunchasi ham ayni yuqoridagi manbalarda istifoda etilgani- day manoda qo‘llangan. Zardusht Axura Mazdaga: “Sendan o‘zga hech kim baxsh etolmaydigan boqiy tiriklikni nasib ayla. Bu armonli tiriklik haqida Olam Shahriyoridan bashorat bo‘lgandi” (19-bet), deya iltijo qil- ganda, Axura Mazdaning tanho Xudo kabi qudratini e’tirof ham etyapti. Zardusht buyuk faylasuf sifatida olamning yaratilishi haqida bilim be­rish, olam haqidagi tasawuir-tushunchalarini kengaytirish uchun Axura Mazdadan madad so‘raydi. Borliqning paydo bo‘lishi, uni kim yaratga- ni, Koinotning tuzilishi, shaklu shamoyili ham Zardushtning e’tiboridan chetda emas. Borliqning Yaratuvchisi va Haqiqatning otasi kimligini, zaminni kim yaratganini, tabiat hodisalariga, yomg‘iru qorlaming yer yuziga shiddat bilan yog‘ilishini, xullas, yaratilish va harakatning paydo bo‘lishini Zardusht bilishni istaydi. Bu - Zardushtning ibtidoiy qarashla- ridan paydo bo‘lgan tasavvurlari emas, balki olamni ilmiy bilishga inti- lishining mahsuli sifatida qarashni talab etadi.
Gohlaming diqqatga sazovor tomoni shuki, Axura Mazdaning ta’limoti, yo‘l-yo‘riqlari, o‘gitlari orqali Zardusht insoniyatning komil bo‘lishlarini istaydi. Mazdu unga, bir-biriga hamqadam bo‘lgan inson bolalariga “ilohiy ta’limot gavhari”ni - Axura Mazdaning ta’limotini yetkazishga jahd aylagin, deya topshiriq beradi.
Gohlarda ruh olami ham bor, moddiy olam ham bor. Bu olamning yo‘llarida Kavayga (Kavayyoki Kay-Kayoniy podshohlarining unvoni) ishonganlar - aqldan ozgan toifadir. Unday zotlar Zardushtni xushnud qila olmaydi, chunki ular bu olamda yashashdan maqsadlarini ruh olami- dan, ya’ni ma’naviy olamdan emas, balki moddiy olamning chuqurlikla- ri, so'qmoq va puchmoqlaridan izlaydilar.
Gohlaming nihoyasida Zardusht erkagu ayollami hushyorlikka, olamning soxtaliklariga uchmaslikka, to‘g‘ri yashashga chaqiradi. Uning aytishicha, duruj - dev firibgar, aldamchidir. Erkagu ayol devning olg‘a yurishiga, ulaming ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Dev rostlikni va to‘g‘rilikni tubanlikka uloqtiradi, insonlami ham tuban- likka boshlaydi va tiriklik olamini oyoqi osti qiladi. Zardusht inson tabi- atiga xos mehr-muhabbatni ulug‘laydi, insonlar doimo bir-birlarini qay- noq muhabbat bilan sevisinlar, deya o‘git beradi. Devlaming yo‘rig‘iga yuradiganlar qabihlik, qalloblikka mubtalo bo'ladilar, shikast topadilar, deb ogohlantiradi Zardusht. Y olg‘onchilik - rostlikning bo‘ynidagi o‘lim zanjiri chil-chil sinib bitishini istaydi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling