O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Turkiy mifologiyada Umay kulti. Bitiktoshlaming mifologik tizi- mida Umay kulti ham bor. Bu kult onalami va bolalami himoya qiluvchi iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning umr yo'ldoshi deb tasawur qilingan. Tangri, Umay, iduq yir sub basa barti arinch (To‘n., 38) — Tangri, Umay, muqaddas yer-suv mag‘lub qilib bergan, shekilli.
Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘atit-turk” asarida Umay haqida to‘xtalib, quyidagicha izohlaydi: “umay - yo‘ldosh; (tuqqan xotinlar qomidan chiqadigan narsa). Uni bolaning qomidagi hamrohi - yo‘ldoshi deyiladi. Shunday maqol ham bor: Umayqa tabinsa, o‘g‘ul bo‘lur - kim- ki Umayga xizmat qilsa, u o‘g‘il ko‘radi, demakdir. Xotinlar yaxshilik kutadilar”. Mahmud Koshg‘ariyning Umay haqida bergan ma’lumoti shundan iborat. Qadimgi davrlardan tortib XX asming boshlariga qa- dar Umay bolalami asrovchi iloh sifatida turkiy xalqlar orasida ya- shayvergan. Ayrim turkiy xalqlar mifologiyasida, masalan, xakas, shor, beltir xalqlarida Imay tarzida ham qo‘llanadi. Mahmud Koshg‘ariyning ko‘rsatishicha, tubutlar onani uma deb aytar ekanlar, shuningdek, uyga kelgan mehmonni ham uma der ekanlar (Devonu lug'atit-turk, 1 jild, 118-bet). Umay/lmay kultining ma’no va vazifalari ko‘p. Shu bois ayrim olimlaming, Umay eron mifologiyasida Xumoydan kelib chiqqan, degan fikrlari o‘zini oqlamaydi. Xumoy qushi soyasini insonga solganda, inson baxtli bo‘lar ekan. Umay kulti Sibir turkiy xalqlarida keng ma’noda ish- latiladi. Umay bu xalqlarda faqat bolalami himoya qiluvchigina emas, balki bolalaming jonini oluvchi sifatida ham talqin qilingan.39 Turk-budda mifologiyasida Umay kultining turkiy yozma yodgor- liklaridan va udumlaridan keskin farq qiladigan jihatlari bor. “Oltin yorug‘”da buning namunasini ko‘ramiz. Buddaviylik aqidasiga ko‘ra, “qayta tug‘ilgan” jonzotlar, shu jumladan, insonlar ham, bo‘disatvga aylanadilar, ya’ni komil bo‘ladilar. Jonzotlaming hammasi bu jarayon- ni bosib o‘tishlari kerak. Zervan jonzot bolalariga quyidagicha uqtira- di: “(Ey)olamni, yeru suvni muhofaza etuvchilar! Sizlar shuni bilinglar: foyda, manfaat keltirgani jamiki jonzotlar bolalariga, el-ulusga boshchi- lik qilish qonuni bilan so‘ragan bo‘lsangizlar, ijozat bering, uni endi men (sizlarga) aytayin. Diqqat bilan eshitinglar: (jonzotlar) ilgari qilgan yaxs- hi ishlar tufayli Tangri zaminida tug‘ilganda Tangri xoni bo‘ladilar. Qac- honki qayta tug‘ilib, insonlar orasiga tushganda, insonlar xoni bo‘ladilar. Hukmronlik qiluvchi o‘z qudrati, irodasi bilanjamiki jonzotlar(ni) birga- likda muhofaza qiladilar. Shundan keyin xavf-xatarsiz ona qomiga kira- dilar. Qachon kirsalar ona qomiga, Umay onaday u yerda ham tangrilar muhofaza qiladilar. Tug‘ilsa, ham insonlar (orasi)da -insoniyat yerida ko‘p izzat-hurmatli bo‘lmoqdan uni Tangri deb aytadilar” (V111 28a/20- 28b/21). “Oltin yorug‘”dan keltirilgan bu parchada Umay ona kulti diqqat- ga sazovor. Garchi “Oltin yorug‘” sanskritchadan xitoychaga va xitoyc- hadan qadimgi turkiyga tarjima qilingan bo‘lsa ham (IX asr oxirida), Umay kulti tarjima jarayonida kiritilganini ta’kidlash darkor. Parchadagi Umay ona kulti buddaviylikning aynan “qayta tug‘ilish” aqidasiga mos- lashtirilgani uchun uning yana bir xususiyati namoyon bo'lgan. Umay ona “Oltin yorug‘”da “qayta tug‘iladigan”lami muhofaza qiluvchi iloh deb talqin qilingan. Umuman olganda, qadimgi turkiy miflarning ildizlari juda ko‘hna, ishonchli manbalarda saqlangani bilan diqqatga sazovor. Qolaversa, turkiy miflar o‘zlikni anglashning bitta omili, shu bois bu miflar ajdodlari- mizning ma’naviy hayotida muhim rol o'ynagani shubhasiz. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling