O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


O‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillari


Download 2.59 Mb.
bet3/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

O‘zbek adabiyotini davrlashtirish tamoyillari. Sho'ro davrida milliy adabiyotni davrlashtirish muammosiga ham sog‘lom tafakkur pozitsiyasidan yondashilmay, adabiyotning san’at va estetik hodisa ekanligi hisobga olinmadi. Shuning uchun ham adabiyotning taraqqiyo- ti to‘lig‘icha jamiyat tarixidagi davrlarga mos keladigan bosqichlardan iborat deb qaraldi. Adabiy shaxsiyatlarga munosabat, badiiy matnlar tah- lili va talqini bobida ham sinfiy-partiyaviy yondashuv ustuvor bo‘ldi. Bu nosog‘lom va g‘ayriilmiy yondashuvlami bartaraf etish, bo'lajak filo­loglaming adabiyotshunoslikdagi eng so‘nggi va sog‘lom ilmiy qarash- lardan xabardorligini ta’minlash uchun ham «O‘zbek adabiyot tarixi» kursini tamomila yangicha ilmiy qarashlar tizimiga tayanilgan, adabi­yot tarixiga oldingilarga o‘xshamaydigan nuqtai nazardan yondashilgan yo‘sinda o'rganish va o‘rgatish ehtiyoji paydo bo‘ldi.
Nazarimizda, o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish uchun mezon sifatida ma’lum bir adabiy- tarixiy jarayonni asos qilib olish maqsadga muvofiq. Masalan, islomgacha bo‘lgan davrdagi adabiy jarayon islom davridagi adabiyotdan ham mazmunan, ham paydo bo‘lish jihatidan farq qiladi. Islomgacha bo‘lgan davrdagi adabiyot shomonlik, budda- viylik, moniylik diniy oqimlarisiz rivojlanishi mumkin emas edi. Qo- laversa, islomdan oldingi adabiy yodgorliklarga tom ma’nodagi yozma adabiyot sifatida qaralmadi. Bu davrdagi adabiy yodgorliklaming o'ziga xos mezonlari borligi va ana shu mezonlar davrlashtirishning asosi bo‘lishi kerakligi bugungi kunda ma’lum. Islomgacha bo'lgan bir nec- ha diniy oqimlar bir hududda faoliyat ko‘rsataverdi. Markaziy Osiyo- da birin-ketm zardushtiylik, shomonlik, moniylik, buddaviylik oqimlari o‘ziga xos yozma adabiyotni yuzaga keltirdi. Buddaviylik oqimi “Oltun yorug‘”ni, “Maytri smit”ni va buddaviylik she’rlarini, moniylik oqimi “Xuastuanift”ni (Moniylaming tavbanomasi)ni va moniylik she’rlarini, shomonlik qadimgi turkiy afsonalami yuzaga keltirdi, bu oqim turkiy- run yozma yodgorliklarida ham ta’sir etdi.
Ana shu fikr-qarashlardan kelib chiqqan holda islomgacha bo‘lgan turkiy adabiyotni quyidagicha davrlashtirish maqsadga muvofiqdir:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling