O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Noma eski o‘zbek tilida bildirguluk so‘zi bilan ham ifodalangan. “O‘g‘uznoma” dostonida O‘g‘uz xoqon barcha ellaming hukmdorlariga bildirguluk, ya’ni noma yuborib, bo‘ysunislmi va o‘lpon to‘lashni talab etadi. Shu tariqa ma’lum ehtiyojlar tufayli paydo boMgan xabami ifoda- lash shakllari ham nomaning shakllanishiga asos bo‘lgani aniqroq.
Fors adabiyoti tarixida noma janri. Ikkinchi tomondan, fors- tojik adabiyotidagi noma janri ham o‘zbek adabiyotidagi noma jan- rining shakllanishiga ta’sir etgani shubhasizdir. Fors adabiyotida ham noma janri uzoq tarixga ega. XI asrda yashagan Faxriddin Gurgoniy- ning “Vis va Romin” dostonida noma janrining mukammalroq namu- nasini ko‘ramiz. Shu o‘rinda “Shohnoma”ning ishqiy-romantik parc- halari fors adabiyotiga ta’sir etganini aytib o‘tish maqsadga muvofiq. ye.E.Bertelsning ta’kidlashicha, fors adabiyotida yangi janr - romantik eposning paydo bo‘lishiga aynan “Shohnoma” ta’sir etgan bo‘lib, bu janr ijodkorining ilk vakili Faxriddin Asad Gurgoniydir. 1048-yili u “Vis va Romin” dostonini yozadi, dostonda shahzoda Rominning sevgilisi Visga bo‘lgan muhabbati va bu muhabbatning fojiali tugaganini hikoya qilar ekan, bu orqali qadimgi Eronning ma’naviy hayoti manzarasini tasvirlab berdi. Bu romantik epos g‘arb adabiyotidagi Tristan va Izolda haqidagi o‘rta asr xalq romanini eslatadi.119 “Vis va Romin” dostonida ma’shuqa Vis Rominga yuborgan o‘nta noma keltiriladi. Bu nomalar sevgi va hijron azoblariga to‘la maktublar- dir. Bu o‘nta nomani Faxriddin Gurgoniy “Dahnoma” sarlavhasi ostida beradi.,M Keyinchalik Avhadiy (1274-1338)ning tugal noma janri sifatida yaratgan “Dahnoma”si yuzaga keldi. Bu asar qaysi manbalar asosida yaratilganini Avhadiy ko‘rsatmagan.12' Avhadiydan keyin “Dahnoma” yozish an’anaga aylangan. Xoja Imodiddin Faqih Kirmoniy “Muhabbat- nomai sohibdilon” yoki “Dahnoma” asarini yozdi. Bu asar ham o‘nta nomadan iborat bo‘lib, nomalarda muallif sevgi iztiroblarini sakkizta 119 Бертелье Е.Э. Очерк истории персидской литературы. Л.: 1928, 36-6, 170 Qarang: Jamolova М. O'zbek adabiyotida noma janri. T.:, “Fan” nashriyoti, 1992, 4-b. 11 Қаранг M i!mr Рафили. А зероайджсиская литература (a дрсвнвйших времен до XVI века). Баку, 1962, 388-6. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling