O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Siza teb keldi, Xorazmiyni asrang


Download 2.59 Mb.
bet103/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Siza teb keldi, Xorazmiyni asrang,
Kim asrarlar qamuq shahlar gadoyi.
yoki:
Azalda qildi Xorazmiyni muhtoj, Tag‘i manzurini sulton yarotti.
Shoiming hayoti va ijodi to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni asar- ning o‘zidan topish mumkin. Adabiyotshunos olim N. Mallayev «Muhabbatnoma»ning so‘ngida keltirilgan forscha hikoyani Xorazmiy- ning tarjimai holi sifatida talqin qilgan edi.
Muhabbatnoma”dan ma’lum bo‘lishicha, Xorazmiy bu asarini Ol- tin 0‘rda xoni Jonibekning (1342-1357) qo‘l ostidagi hukmdorlaridan bo‘lgan Muhammad Xo‘jabekning taklifi bilan 754 (milodiy 1353) yHi yozgan. Muhammad Xo‘jabekning Xorazmiyga qilgan iltimos quyida- gicha edi:
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni,
Keturgil bizga loyiq armug'oni.
Ko‘ngul bahrinda ko‘p gavharlaring bor,
Ochunda porsi dafiarlaring bor.
Muhabbat nardini ko‘plardan uttung, Shakartek til bila olamni tuttung.
Tilarmenkim bizing til birla paydo,
Kitobi aylasang bu qish qotimdo».
Muhammad Xo‘jabekning «bizing til»i turkiy tildir. Muhammad Xo‘jabekni Xorazmiy faqat «Muhabbatnoma»ning yozilishiga turt- ki va maslahat bergan hukmdor sifatidagina emas, balki millatparvar, ma’rifatli inson sifatidagi qirralariga ham e’tibor beradi. Ayni paytda mazkur baytlardan Xorazmiyning o‘z davrida mashhur shoir sifatida e’tirof etilgani ham anglashiladi.
Kim ush yeltek kechar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug’oni.
Navoiyning «Majolis un-nafois» asarining birinchi majiisida ikki Xorazmiy taxallusli shoiriar to‘g‘risida ma’lumot beriladi (Navoiy. MAT. 13-jild, 13-b.). Ammo bu shiorlarning Oltin O‘rda adabiy muhitida ijod qilgan va «Muhabbatnoma»ning muallifi Xorazmiyga aloqasi yo‘q. Navoiyning bu asaridan Oltin O'rdada ijod qilgan shoirlardan birontasi o‘rin olmagan. Zotan, Navoiy faqat Movarounnahr va Xurosonda yas- hab ijod qilgan shoiriar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Qolaversa, Oltin O‘rdaning Xuroson va Movarounnahr adabiy muhitidan uzilib qolgani va Oltin 0‘rda tanazzulga yuz tutib, Mamluklar davlatiga ko‘chgandan keyin ham, Movarounnahr va Xuroson davlatlari bilan madaniy-adabiy aloqalaming yo‘qligi sabab bo'lishi mumkin.
Mamluklar davlatida Sayfi Saroyi bilan hamnafas va hamfikr bo'lgan shoirlardan biri Xorazmiy taxallusli shoir bo‘lib, uning “Soldi niqob chehradin ul turki hovariy” misrasi bilan boshlanadigan g'azali bor. Sayfi Saroyi bu g'azalga Xorazmiy vaznida va qofiyasida g‘azal bit- gan. Ana shu g'azal muallifi Xorazmiy “Muhabbatnoma”ning ham ijod- koridir, degan fikrlar ham bor.
Muhabbatnoma”nmg nusxalari. “Muhabbatnoma”ning ikki nusxasi - arab yozuvidagi va eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxalari bor. Asarning eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxasi hijriy 835 (mil. 1432) yili Yazd shahrida Mir Jaloliddinning buyrug'i bilan ko‘chirilgan. Asar 14 varaqqa joylashtirilgan. Asaming asl nusxasi 7914 raqami ostida Brita- niya muzeyida saqlanadi. Asaming fotonusxasi esa Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining kutubxonasida 15 raqami ostida va Sankt- Peterburgdagi Tilshunoslik institutida N-777 raqami ostida saqlanadi. Ingliz olimi Ch. Ryo bu qo'lyozmani birinchi bor tavsif qilganda (. Ch. Rieu. Catalogue of the Turkish manuscripts in the British Museum, p.288a.), Muhammad Xo'jabekni Andxud, Shivirg'on va Balx shaharla- rining hokimi Muhammad Xo‘jabekning aynan o'zidir, deb aytgan edi. Ammo V.V .Bartold. bu shaharlar hech qachon Oltin 0‘rda davlatiga kir- magan, deb aytadi. (V. V.Bartold. Otchet о komandirovke v London. -lz- vestiyaRossiyskoy Akademiina.uk, 1914, ser. VI, vup. 13, SPb, 881-b.). Qolaversa, asaming arab yozuvidagi nusxasida Muhammad Xo' jabek Jonibek xonning tayanchi deb ko'rsatiladi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling