Miloddan awalgi VI asr o'rtalarida Axomaniylar davlatiga (mil av. 558-330 yillar) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshiig'i Kir II asos solgan
Download 25.08 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: Roʻzimboyev Muxriddin Tekshirdi:Ibadullayeva Gulhayo TOSHKENT – 2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MAVZU: Oʻrta osiyo xalqlari ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurash Fakulʼtet: Kiberxavfsizlik Guruh: 730-21 guruh Bajardi: Roʻzimboyev Muxriddin Tekshirdi:Ibadullayeva Gulhayo TOSHKENT – 2021 Mavzu: Oʻrta osiyo xalqlari ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurash Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Miloddan awalgi VI asr o'rtalarida Axomaniylar davlatiga (mil. av. 558-330 yillar) qadimgi fors qabilalari ittifoqi boshiig'i Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O'rta dengizgacha bo'lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Midiya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O'rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko'radi. Kirning O'rta Osiyoga birinchi harbiy yurishlari miloddan. awalgi. 545-539— yillarga to'g'ri keladi. Kir II ning O'rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi miloddan. awalgi. 539-530— yillarni o'z ichiga oladi. O'rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari Axomaniylarga bo'ysunmaslik uchun o'z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa, Kir JI ni qayta-qayta bu hududga katta qo'shin bilan bostirib keiishga majbur etgan. Axomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma'lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko'p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To'maris o'rtasidagi munosabatlar, ularning o'zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma'lumotlari alohida e'tiborga loyiqdir. 200 minglik katta jangovar qo'shin tuzib To'maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda tengsiz bo'lgan massaget qabilalarini ochiq jangda yengish qiyinligini his etib, turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko'radi. Shu maqsadda, To'maris huzuriga elchilar yuborib, go'yo o'zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoq-chiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II stiundari so'ng yana hiyla ishlatib, To'marisning mard, jasur o'g'li Spargalisni asirga oladi va oqibatda u o'zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo'lib o'rtangan onaning dushmanga bo'lgan o'tli nafrati o'n chandon ortadi. Buning ustiga el-u yurt erki, ozodligini har narsadan a'lo bilgan To'maris Kirqo'shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirhk ko'radi. Butun vujudlari ila g'animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo'shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadt. Nihoyat, massagetlar g'alaba qozonadilar. Fors qo'shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida halok bo'ladi. Bu miloddan awalgi 530—yilga to'g'ri keladi. Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling