O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Ayitti: - Soqi sensan bu erur xush
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Ayitti: - Soqi sensan bu erur xush,
Sut ermaz, og‘u bo‘Isa qilg‘aman no'sh” (180-b.) deya Shiringa bo‘lgan sadoqatini va muhabbatini yana bir bor izhor qiladi. Farhod juda osonlik bilan tog‘ni kesib, yo‘i ochayotganini va hech qanday mashaqqatlarga duch kelmayotganini Xusrav ko‘rib, Farhodni yo‘q qilish payiga tushadi. Xusravning josuslari, birontasi Farhodning oldiga borib, Shirin o‘ldi deya xabar bersin, shunda Farhodning qudrati o‘z-o‘zidan so‘nadi, deb o‘rgatadilar. Farhodga shunday yolg‘on xabar- ni yetkazadilar. Farhod o‘zini tog‘ tepasidan pastga tashlab, jon beradi. Farhod o‘limidan keyin Xusrav Shiringa ta’ziya bildirib maktub yozadi. Shirin esa Maryam vafoti munosabati bilan Xusravga ta’ziya nomasini yuboradi. Darvoqe, shu paytda Maryam vafot etgan edi. Xusrav yana Shiringa yetishish umidida uni o‘z yurtiga chorlaydi. Ammo Shirin Xusravning so‘zini pisand qilmaydi. Xisrav esa ovga otlanib, Shirin qoshiga boradi. Ikalasining o'riasida uzoq suhbat bo‘lib o‘tadi. Xusrav Shovurga Shirindan shikoyat qiladi, Shovur Xusravga ta- salli berib, go‘zallarning nozu firoqi oldida tog‘dek mustahkam turmoq lozim, deya nasihat qiladi. Ammo Xusrav qaytib ketadi. Shirin o‘z qil- mishidan pushaymon bo‘ladi. Nihoyat, Shirin chodirini tark etib, Xusravning oldiga keladi. Xusrav Buzurg Umidga olam va uning ibtidosi, insoniyatning bu olamga kelishidan maqsadi va boshqa ko‘plab hayotiy, falsafiy masalalar bobida savollar beradi hamda to‘laqonli javob oladi. Xusravning Maryamdan tug‘ilgan Sheruya ismli o‘g‘li bor edi. She- ruya Shiringa oshiq bo‘lib qoladi va unga yetishishi maqsadida Xusravni o‘ldiradi. Shirin Xusravning qabri ustiga kelib, Xusravning jasadi ustida o‘ziga xanjar sanchib, jon beradi. Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni chin oshiqlikni, dunyoviy mu- habbatni kuylagan asardir. Qutbning “Xusrav va Shirin” asari tarjima qilingan davr Oltin 0‘rda tari*ida birmuncha murakkabligi bilan diqqatni jalb qiladi. Oltin O‘rda davlatining etnik jarayoni, bu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, albatta, badiiy adabiyotga ta’sir etmay qolmadi. Shu bois “Xusrav va Shirin”ning matnini ilk bor tayyorlagan polyak olimi A.Zayonchkovskiy dosionda goh zardushtiylikning ta’sirini top.s,) ', goh xristianlikning iz- larini ham ko‘radi (Zayonchkovskiy A. Yuqoridagi asar, 49-b.). Ammo 117 Зайончковский А. Старейшая тюркскгш версия почмы «Хоеров и Ширин» Кутба. Варшава, 1958. 3G4-6. shuni ta’kidlash kerakki, har ikkala oqimga oid timsollardan istifoda etish - mazkur diniy oqimlar asarda yetakchilik qiladi degan emas. Jum- ladan, A.Zayonehkovkiyning fikrlariga dalil bo‘lib xizmat qilgan baytga e’tibor beraylik: Tushub dayr ichra kirdi ul tutub fol, O‘shul yoq birlakim yurur ko‘b abdol (49-b.) A.Zayonchkovskiyning qarashlariga fol so‘zi asos bo‘lgan, ya’ni uningcha, xristian monaxlari qo‘llarida fol kitobini olib yurganlar. Muh- taram ohm fol ni fol kitobi deb tushungan. Aslida bu baytda fol kitobi yoki fol ochish haqida so‘z ketmayapti, balki Shovur taxminlab yurgan, shu bois ko‘p tentirab yurgani haqida so‘z ketmoqda. Baytning mazmuni quyidagicha: Shovur butxonaga taxminlab kirdi, shu bois u ko‘p tentirab yurdi (abdol - tentirab yurdi, ahmoq bo ‘ldi deganidir). Dostonning mazmunidan ayon bo‘ladiki, Qutb bu asarni erkin tarji- ma qilishdan tashqari, zardushtiylikka oid ba’zi timsollami ham olib kirdi. Qutb - shoir. Har bir bob so‘ngida Qutb o‘ziga murojaat etib, dun- yoning bevafoligi haqida qisqa xulosa qiladi va keyingi hikoyaga o‘tadi. Dostonning kirish qismidagi bag‘ishlov odatdagi qasidalami eslatga- nidek, boblar xotimasidagi lirik chekinishlar doston syujeti davomida Qutb nafis she’rlar ham yaratganidan dalolat beradi. Jumladan, Shovur Ko‘histonga borib, hiyla qilgani to‘g‘risidagi bob so‘ngida Qutb nafa- qat voqealar bayonida, balki badiiy tasvir vositalaridan istifoda etishda, so‘zlami o‘mida qo^lashda, so‘z o‘yinlaridan foydalanishda ham maho- rat ko‘rsatadi: Yana so‘z ayg‘uchi andog‘ ayur kim, Bu Shabdiz aning urg‘u teyu bildim. O‘sh emdi ul dayrni izdar ersang, Yel elt(t)i sang‘asin o‘muni ko‘rsang. Chechak rangin olig‘li oncha yoshlar, Qora to‘n kidmish aning yoshi yoshlar. Idining muncha tangsuq ishlari bor, Ko‘rub ibrat qiyomatqa qil iqror. Qutb, sen bu hikoyatlarqa qolma, Vafosi yo‘q azunqa takya qilma. So‘zung boshla, bu yerda qolmag‘il kech, Ishitmazlar bu so‘zni bilgalar hech (49-50-b.) Baytdagi yoshlar-yoshlar so‘zlari orqali tajnis san'ati hosil qilin- gan. Birinchi misradagi yoshlar - yasharmoq ma'nosida, ikkinchisidagi yoshlar - yashirin ma'nosidadir. Ayni paytda parchada xristianlikka oid dayr so‘zi qo‘llangani ham Qutbning bu oqimdan yaxshi xabardorligini va undan o‘z o‘mida foydalanganini ko‘rsatadi. Shuningdek, parchada qofiyadagi saktalik (kim-hildim) haqida ham aytib o‘tish kerak. Ijodkor boshqalardan ajralib qolganda, madaniy yoki adabiy an'ana yo o‘zaro ta'sir haqida so‘z yuritish imkoniyatiga o‘rin qolmaydi. Ijodkor shaxsi an'anada asosiy o‘rin tutadi. An'ana faqat obrazlar va syujetlaming umumiyligi bilan belgilanmaydi, balki ijodkorning boy ruhiy-ma'naviy olami tarjima asarida o‘z aksini topadi. XX asr tarjimashunoslarining, tarjima xuddi asaming asliyati singari o‘qilishi kerak, degan qarashlarini Qutb o‘z davridayoq bilganday, an'anaviylikdan originallikka qarab in- tildi, tarjima uslubini emas, ulkan shoir Qutb uslubini yaratdi. Shirinning ta'rif-tavsifida bu xususiyatni aniqroq ko‘rish mumkin. Dostonning “Shovur Xusravqa Shirin hikoyatin qilg‘on surati” bo- bida Qutb go‘zal tashbehlar, mubolag'alar, timsollar, iboralar orqali Shirinning takrorlanmas obrazini yaratdi. Shirin obrazi tavsifida an'anaviy o‘shatishlar - qoshni yoyga, kiprikni o‘qqa, tishni durga, yuzni oyga qiyoslash bilan bir qatorda, shunday tasvirlar yaratdiki, Shirinning qi- yofasi kitobxon ko‘z o‘ngida muhrlanib qoladi, shoir Qutb so‘z qo‘llash mahoratini, portret yaratish san'atini puxta egallaganini namoyon qiladi: Sabo xirqa kiyib ul zulfu qoshdin Sotar qunduz bila kish ul qumoshdin (44-b.) (yel Shirinning sochi va qoshlaridan hirqa qiyadi, go‘yo to‘qilgan matodan qunduz mo‘ynasini va qora po‘stinni sotganday.) Ayni paytda bu singari tasviriy vositalar Qutbning mazkur tarjima asari individualligini belgiiab beradi. Qutbning ichki kechinmalari, hissi- yoti (sentimentallik) yangi qahramonni yuzaga keltirdi, muallif uslubini aniq yuzaga chiqardi, doston janrida yangilanishni paydo qildi. Bunday o'ziga xos baytlar Qutb dostonida ko‘p uchraydi. Qutb o‘ziga xos hikmatli so‘zlar ham yaratdi. Quyidagi baytlar bu- ning namunasidir: Sabr birla tilakga tegsa boiur, Temumi aqrun-aqrun egsa bo‘lur. lvaklik birla oqil ishi bitmaz, Yugurmak birla ichku yog‘ tutmaz. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling