O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


«Muhabbatnoma» hazaji musaddasi maqsur -


Download 2.59 Mb.
bet225/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

«Muhabbatnoma» hazaji musaddasi maqsur - mafoilun mafoilun mafoil vaznida yozilgan. Sayyid Qosimiy ham shu bahrda ijod qilgan.
Bu bob ham asosan Hasan Basriy, Ibrahim Adham, Xofiy Basriy va boshqa afsonaviy va tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan hikoyatlardan tashkil topgan.
Haqiqatnoma” dostonining xotimasida Sayyid Qosimiy asami yo- zib tugatgan yilini (hijriy 863 - milodiy 1458-1459-yillar) qayd etganini e’tiborga olsak, u XV asrda Movarouimahr yoki Xurosonda yashab, ijod etgan deb taxmin qilish mumkin.
Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida yoki boshqa mavjud tazki- ralarda Sayyid Qosimiy to‘g‘nsida ma’lumot yo‘q.
llohiynoma”ning xotima qismidagi va “Majma’ ul-axbor”dagi ma’lumotlardan Qosimiy ilgari shoh va amaldorlar xizmatidabo‘lganligi anglashiladi. Keyinchalik noma’lum sabablarga ko‘ra, saroydan chet- lashtiriladi. Oqibatda shoiming turmushi og‘irlashgan. Bu to‘g‘rida Abu Said Mirzoga bag‘ishlangan madhiyasida yozgan. Sayyid Qosimiy har to'rt dostonini yaratish bilan turkiy adabiyotda XI-XV asrlarda rivoj top­gan didaktik dostonchilik an’analarini mahorat bilan davom ettirdi.
Ilohiynoma” dostonining mazmuni. Sayyid Qosimiy dostonlari orasida “Ilohiynoma” asari alohida ahamiyat kasb etadi. Shoiming maz- kur asari pok, vafodor ayol timsolini madh etadi. “Ilohiynoma”ni Sayyid Qosimiy ayolning ta'rif-tavsifi bilan boshlaydi:
Bor erdi vaqte bir sohibjamole,
Nigore, nozanine, bemisole.
Malohat kishvarida podshohye,
Ko‘zi lashkarkashu husni sipohye...
Ko'zi sarfitnayi ofoq erdi,
Jahonda juft qoshi toq erdi...
Aminu muttaqiy erdi haloli,
Yomon-yaxshi bila yo‘q qilu qoli.
Bundan keyingi voqealarda dramatik holatlar ancha kuchli. Ayolning eri Ka’ba ziyoratiga otlanadi. Safar oldidan ukasiga, xotinimdan sen xa- bar olib turasan, u istaganini muhayyo qil, kelganimdan so‘ng o‘n barobar qilib qaytaraman, deb va’da beradi. Yigit har ikki kunda kelib, akasi xoti- nining yumushlarini bajarib ketar, odobni o‘z o‘miga qo‘yar edi.
Ki, xotun erdi olam porsosi,
Muzayyan erdi andin zuhd asosi.
[Ya’ni: ayol olamdagi eng xudojo‘y ayol edi, toat-ibodat bilan shug‘ullanish uning ziynati edi] Shunday fazilatlarga ega boMgan ayol doimo yuzini pinhon tutar, yigit uning jamolini ko‘rmagan edi. Nogahon bir kuni kutilmaganda yigit ayolning parda ortidagi go‘zal yuziga ko‘zi tushib qoladi va “asiru oshiqu devona bo ‘Idi, jamoli sham ’ina parvona bo ‘Idi”. Yigitning niyati buziidi, uning takfifini ayol qat’iyan rad qil- gach, unga tuhmat uyushtirdi. Qoziga borib, ayolni zinokorlikda aybla- di. Qozi ayolni toshbo‘ron qilib oddirishga fatvo berdi. Olomon ayoi- ni toshbo‘ron qilib, o‘ldi deb gumon qilib kimsasiz joyga olib keldilar. Hammaga ibrat bo‘lsin, deb o‘sha ovloq joyda qoldirib ketdilar. Lekin ayolning hali tanasida joni bor edi.
Shundan so‘ng ayolning taqdirida ko‘p qora kunlar yuz beradi: a’robiy (badaviy)ning bu ayolga nisbatan qilmoqchi bo‘lgan noma’qul xatti-harakati, uning “siyahro‘, la’in” qulining ayolga qilgan tuhmatlari, keyin a’robiyning ayolga qilgan himmati va saxovatpcshaligi hikoya qi- linadi. Xiroj to‘lay olmagan bir yigitni shoh dorga osishga buyurganda, a’robiy i’nom qilgan uch yuz dinorni yigitning xiroji uchun berib, uni o‘limdan qutqarib qoladi. Bu yigit bir savdogarni uni yuz dinorga so- tib yuboradi, ayolga savdogar va kemadagi xaloyiq ko‘p xiralik qilaver- gach, u Tangriga iltijo qilgan eli, ularga Tangri baio-ofat yubordi. Ayol yigit libosini kiyib olib, katta bir mamlakatga keladi va o‘sha mamlakat podshohidan kemadagi jamiki mol-mulk evaziga bir ibodatxona qurib berishni so‘raydi. Zotan, uning maqsadi va a’moli - toat-ibodat, bu dun- yodan u bezgan, unga molu davlat, boylik kcrak emas, faqat egnidagi hirqasi bo‘lsa, kifoya:
Ki, qilsam kecha-kunduz anda toat
Ki, budur lazzati faqru qanoat.
Bu dunyodin manim bordur malolim,
Kerak uqboda yaxshi bo‘lsa holim.
Ikki dunyisida bir hirqa basdur
Angakim, yodi birla hamnafasdur.
Shoh uning iltimosini qondiradi. Shoh vafotidan oldin o‘sha “yigit”ni o‘zining o‘miga podshoh qilib ko‘tarishlarini xalqqa vasiyat qiladi. Xul- las, u bir qancha sarguzashtlami boshdan kechiradi. U o‘zining karomati bilan odamlarga shifo beradi, tilsizlarga til ato qiladi, ko‘zi ojizlaming ko'zlarini ochadi, katta kichikning e’tiborini qozonadi, mamlakat pods- hohi bo‘ladi. Ka’ba ziyoratidan qaytib kelgan eri kelib ko‘rsaki,
Evu eli bori vayron bo'lmish,
Saroyi yer bilan yakson bo‘lmish.
Inining na ayoqi, пае ali bor,
Ikki ko‘zi dog‘i yo‘q, bir tili bor...
Inisidin savol etdi og‘asi,
Uyim, elim qaniyu kadxudosi?
Inisi akaga yuz bergan voqealami aytib beradi, uning zinokorligini, qo‘ni-qo‘shnilar guvoh bo‘lganini va qozining fatvosi bilan toshbo‘ron qilib oildirilganini birma-bir so'zlab beradi. Aka hasrat chekadi. Ko‘zi ojiz inisini “shahrda Iso nafasliq” biri bor ekanini aytadi va uning huzu- riga olib boradi. Ayol shifo topishga kelgan odamlar orasidan erini ta- niydi. Ayol ulardan tashrif maqsadini so'raydi. Ular shifo topish umidida kelganlarini eshitgach:
Ayitdi: - Ul erur behad gunohkor,
Shifo topmasdur oncha qilmay gunohkor
deya javob beradi. 0‘sha fitnachi yigit yuz bergan voqealarning hammasini birma-bir aytib beradi: xotinning begunohligini, uni tuhmat bilan toshbo‘ron qildirganini, nafsi dun uchun uni abgor qilganini, endi o‘z qilmishlaridan o‘zi sharmanda bo‘lib turganini aytadi. Ayol uning gunohini kechirib, duo qiladi. Yigit o‘sha zohoti shifo topadi. Shifo to- pish umidida kelgan a’robiyning quli, qari kampiming o‘g‘li ham o‘z gunohlarini ochiq aytadilar va ayolning duosi bilan shifo topadilar. Shundan so‘ng ayol erini boshlab xilvatga kiradi va yuzidagi niqobini oladi. Xojasi uning gul jamolini ko‘rib hushidan ketadi. Ayol uni o‘ziga keltirib, hushidan ketish sababini so‘raydi. Xoja:
Ayitdi: - Bor edi vaqte halolim
Kim, erdi munisu daf i malolim.
Bo4uptur ul bu dam rahmaig’a vosil,
Gar o‘ltursam o‘zumni na hosil.
Sani man ul sog‘indim, ey pariro'y
Ki, yo‘qtur orangizda farq bir mo‘y.
Ayol xojasiga o‘zini tanitadi va mamlakatda hammani boy qilish bilan birga, o‘zi qanoatni burch deb bildi.
Doston so‘ngida Sayyid Qosimiy quyidagi baytni kcltiradi:
“Ilohiynoma”yi Attor bu dur,
Davayi siynai afgor bu dur.
[Attorning “llohiynoma”si shudir, yaralangan qalblarga davo budir], Bundan tashqari, Sayyid Qosimiy bu dostonini yozishda «shayx ruhidin talabgor» bolganini alohida ta'kidladi va bu «mushkil asror» (Attorning e'tiqodi va maslagi)ni u hal qildi. Shu o‘rinda Sayyid Qosi­miy o‘z asarining yozilish maqsadi haqida quyidagicha xabar beradi:
Oni turki birla Qosimiy aydi,
Ma’oniy guharin elga yoydi.
Demak, Sayyid Qosimiy Farididin Attorning “Ilohiynoma”sini erkin tarjima qilmagan, balki shu mavzuni u o‘zbek tilida yoritishni maqsad qi- lib qo‘ygan, degan fikr paydo bo‘ladi. Qutb, Haydar Xorazmiydagi shar- qona odob, ustozlarga hurmat Sayyid Qosimiyda ham bo‘rtib ko’rmishi va o‘z ijodiga kamtarona baho berishi uning katta ijodkor e'kanidan dalolatdir. Fariddidin Attorning O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamo! tarjimasi (“Musiqa” nashriyoti, 2007-yil. 52-b.)dagi “Ilohiynoma”sidan o‘rin olgan “Pokiza ayol sadoqati” hikoyati Sayyid Qosimiyning “llo- hiynoma” dostoniga mazmunan mos keladi. Ammo har ikkala asaming hajmida farq bor: Sayyid Qosimiyning “ilohiynoma”si 411 baytni, At­torning “Hohiynoma”sida “Pokiza ayol sadoqati” hikoyati esa Jamol Ka- mol tarjimasida 305 baytni tashkil qiladi. Har ikkalasi ham dostonda bir mavzuni - ayolning boshdan o‘tkazgan sarguzashtlari va bu orqali har ikki muallif vafo, sadoqat, zuhdu taqvoni bosh o‘ringa chiqaradi.
“Ilohiynomalar”dagi farqlar. Dostonlardagi ayrim farqlar quyida- gilar:
Attorning “Ilohiynoma”sida: eri ukasini xotiniga xizmat qilishni topshiradi.
Sayyid Qosimiy “Ilohiynoma”sida: er Ka’ba ziyoratiga ketayotgan- da xotinidan xabar olib, uning xizmatida bo‘lishni ukasiga tayinlaydi.
Attorda: ayol bir xiroj to‘lashga qurbi yetmasdan dorga osilishga farmon bo‘lgan yigitni dor tagidan qutqarib oladi, yigit ayolni kemadagi savdogarga sotayotib, uning bir kamchiligi bor, bu ayol qaysar, deb uni kamsitadi va yuz dinorga sotadi.
Sayyid Qosimiyda: bu ayol telba, deb uni kasitadi va uch yuz dinor­ga sotadi va h.
Har ikkala asarda farq katta emas. Faqat ayrim voqealar tasvirida tafsilotlar Sayyid Qosimiyda ko‘proq uchraydi.
Har ikkala “Ilohiynoma”ning maqsadi va mohiyati deyarli bir- dir. Sayyid Qosimiy o‘z “Ilohiynoma”sini turkiyda yozganini alohida ta’kidlaydi. Ayni paytda Sayyid Qosimiyning “Ilohiynoma”si Attorga tayangan ekan, Attorning “Ilohiynoma”si bir manbaga - sharq adabi- yotidagi rivoyatlarga tayangani anglashiladi. Zotan, asaming nihoyasi xuddi sharq ertaklari va rivoyatlaridagi singari tugallanma bilan yakun- lanadi.
Husayn Boyqaro (Husayniy) ijodi. Husayn Boyqaro Amir Te­mur Ko‘ragon naslidan bo‘lib, Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o‘g‘Iidir. Husayn 1438-yili Hirot shahrida tug‘ilgan. 1469-yili Hirot tax- tini egallab, 1406-yilgacha Xurosonning hukmdori bo‘ladi.
Husayn Boyqaro, Navoiyning ta’biri bilan aytganda, forsiy va tur- kiy tilda she’r yaratish iqtidoriga ega bo'igan bo‘lsa-da, asosan turkigo‘y shoirlami o‘z ona tillarida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar ber- gan. Bu haqda Naoviy quyidagilami yozadi: “Va iltifot va ehtimom yuzi- din ba’zi ma’nilar topib, nazm qilurg‘a hukmlar ham joriy bo‘ldi va so‘z uslubig‘a ta’yinlar va adosig‘a ta’limlar ham izhori bo‘ldi”.147 Bu voqea turkiy adabiyot tarixida katta siyosiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘ldi.
Navoiy Husayn Boyqaroni yetuk shoir sifatida ko‘rsatishdan avval, uning shaxsiyati haqida, iste’dodini vujudga keltirgan omillar haqida “Majolis un-nafois”da so‘z yuritadi. Jumladan, Husayn Boyqaroning sha- jarasi haqida “Nasabnoma” bitilgan, ammo Navoiy bu “Nasabnoma”ni kim bitganligi haqida tazkirada aytmagan. Uning ta’riflashiga ko‘ra, Husayn Boyqaro “Nasabnoma”sinmg har sahifasi shunchalik go‘zal qi- lib bezalganki, Moniyning suratlari o‘sha bezaklar qarshisida xijolatda qoladi. Boyqaroning obro‘-e’tibori, dong‘i sharbida “Nasabnoma” dagi voqealar bitilgan har bir sahifa Chin suratxonalarini uyaltiradi. Shuning- dek, Husayn Boyqaroning shonu shavkati, tafakkur olami haqida Navo­iy so‘z yuritib, Jamshid va Iskandaming bilganlari ham, qilganlari ham uning oldida hechdir va h.
Husayn Boyqaro biz uchun ulug‘ shoir sifatida qadrli. Navoiy uning devoni haqida quyidagicha ma’lumot beradi: “Ul hazratning (ya’ni Husayn Boyqaroning - N.R.) xub ash’ori va marg‘ub abyoti bag‘oyat ko‘pdur va devon ham murattab bodubdur. Devon ibtidosidan bunyod qilildi va har g‘azaldin bir matla’ yozildi”. Shundan so‘ng Husayn Boy­qaro devonidagi har bir g‘azalning matla’ini keltiradi. Navoiy “Majo­lis un-nafois”da Husayn Boyqaro huzurida o‘tkaziladigan anjumanlar- ni “oliy majlis” deb yuritilgani va bunday majlisda eng yetuk asarlar o‘qilgani va muhokama boisi boigan to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Navoiy “Majolis un-nafois”ning VIII bobini Husayn Boyqaroga bag‘ishlagan va uning devonidan 4 64 g‘azalning matla’ini keltirgan. Sho­ir Husayniy qodlagan poetik obrazlar, vositalar, shoirning she’riyatdagi ixtirolari yuzasidan fikr yuritgan. Misol sifatida “Majolis un-nafois”da Husayn Boyqaroning devonidan “alif” harfiga keltirilgan matla’ni olib ko‘raylik. Navoiy baytni keltirishdan oldin bayt mazmumni sharh qilib, mahbubning haddan ortiq iltifotidan behol bodgach, hushsizlarcha o‘sha iltifotni izhor qilish ma’nosida quyidagi matla’ ajoyib ifodalanganini ay- tadi:
Evrulub gul boshig‘a bulbul visol o‘lgay anga,
Gul aning boshig‘a evrulsa, ne hoi o‘lg‘ay anga.
(Bulbul gulning boshida aylanib, unga erishmoqchi bo'ladi;
Agar gul bulbulning boshida aylansa, uning holi qanday bo‘larkin.)
Mana shu baytning o‘ziyoq Husayn Boyqaroning turkiy she’riyat homiysigina emas, balki amalda nihoyatda nozik didli shoir ekanini ko‘rsatib turadi,
Husayn Boyqaroning mahorati, iqtidori shu qadar baland bo‘lganki, boshqa turkigo‘y shoirlar amalda istifoda eta olmagan g‘azalga mahorat bilan yondashadi. Masalan, uning devonidagi “se” harfiga bitilgan baytni keltirishdan oldin Navoiy quyidagi sharhni beradi: “Bu harfda turk shu- arosining malik ul-kalomlari she’r aytmaydurlar, balki ayta olmaydurlar, to anga ne yetgayki, bu muqobalada kishi oni keturgay yo nisbat bergay. Bu matla’ tarifida muncha basdur:
Yor ko‘yidin o‘tarda ko‘rguzur bu zor rnaks,
So‘z desa dog'i javobida qilur bisyor maks
(Bechora oshiq mahbubasimng ko‘chasidan o‘tganda, bu bechora to‘xtab qoladi;
Mahbuba bir so‘z aytsa, javob berolmay, yana ko‘proq to‘xtab qo­ladi)”.
Oshiqning ma’shuqa oldida ojizu notavon holatini shoir ana shun- day tavsif etadi.
Navoiy Husayniyning yetuk she’rlariga yuksak baho beradi, ayniqsa uning she’rlari turkiy tilda yozilganligini alohida ta’kidlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur ham “Bobumoma”da Husayn Boy­qaroning faoliyatiga yuksak baho beradi. “Sulton Husayn Mirzoning za- moni ajab zamona erdi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu erdi. Har kishingikim, bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, qimmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a yetkurgay”. (Boburno- та, Toshkent, I960, 239-240-b.)
Husayn Boyqaro Navoiyga bag‘ishlab “Risola” ham yozgan. “Ri- sola” “Munojot” ruhida yozilgan. “Risola”da ham shoh, ham shoir bu olam saodati va cheksiz ne’matlariga yetkazgani, Jomiy va Navoiy kabi allomalar bilan zamondosh, hamnafas qilgani uchun Xudoyi Taologa shukrona aytadi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling