O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
** “Do'zax tasviri” she’rining boshlanishi va oxiri nuqsonli, ayni Mia man “O‘lim tasviri” she’riga o‘xshaydi, ikkala she’r bir-
Wni to‘ldiradi. Insonning qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishi, juson yorag‘ olamdagi gunohlari evaziga narigi dunyoda oladiganjazosi jo'g'risidadir. Bir qarashda bu she’r, “O‘lim tasviri” she’ri kabi, voiz- bming nutqidan iborat bo'lgan she’rday taassurot qoldiradi. She’ming pqqatga sazovor tomoni shundaki, unda gunohkor inson faqat do'zax poblari bilan qo'rqitilmaydi, balki do‘zaxning manzarasi o'quvchi B>z o'ngida chizib beriladi. She’r zaminida qadimiy insonning olam B'g'risidagi tasawurlari yotadi, u narigi olamni qanday idrok qilganini Bglab olishimiz mumkin. Insonning qilgan gunohlari to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, do'zaxda a ishlar sarhisob qilinadi, deyiladi she’rda. Insonning hamma gu- ari do'zaxda ochiq-oydin namoyon bo'ladi: oddiy haqiqatning man- jffasi yana bir karra uqtiriladi: Inson qilmishlari aytilar, derlar, O‘zi qilgan ishlar ko'rilar, derlar, Yer-suv quti qochadi, derlar, O‘t-suv quti zorlanar, derlar. Gunohkorlar qilmishlari uchun oladigan jazo butun tafsiloti bilan beriladi. Shaytonlaming gunohkorlami jazolash manzarasi she’rda man- tiqan izchil tasvirlanadi. Gunohkorlami shaytonlar qamchilab jazolaydi- lar, o‘ldirmoqchi bo‘ladilaru lekin “o’limni topa olmaydilar”. “0‘limni topa olmaslik” aqidasi “Oltun yorug‘” asaridagi Ku tay afsonasida bor. Moniylik she’rlari orasida madhiyalar alohida o‘rin tutadi. Madhi- yalaming tarjimasi hamda asl namunalari bizgacha yetib kelgan. Madhiyalar she’riyatning ham shaklan, ham mazmunan olg‘a siljiganini dalil- laydi. Qadimgi turk davridan bizgacha bir necha madhiya yetib kelgan. Tong tangrisiga bag‘ishlangan madhiya alohida o‘rin tutadi. Madhi- yaning tuzilishidan shu narsa anglashiladiki, u maxsus kuy uchun yara- tilgan. She’ming birinchi bandi naqorotdir. Kun va Oy tangrilariga murojaat va madhiyaning asosiy mazmu- ni bu tangrilami madh qilishdan iborat. She’ming dastlabki bandi tong tangrisining timsolini gavdalantiradi. Tong tangrisi timsoli mifologik mazmun kasb etib, xuddi jonli mavjudotlar xususiyatlariga ega. Tong tangrisini jonli mavjudot sifatida tasavvur qilganlarining o‘zi ongli mu- nosabatning mahsulidir. Mifologik fikrlashning eng qadimiy bosqichida xudo va tabiat uyg‘un holda tasavvur qilingan. She’ming dastlabki mis- ralaridanoq shu xususiyat ko'zga tashlanadi: Tong tangrisi keldi, Tong tangrisi o‘zi keldi, Tong tangrisi keldi, Tong tangrisi o‘zi keldi. Kun va Oy tangrilari esa tong tangrisining bo‘lagi, shu boisdan she’ming davomida Kun va Oy tangrilari tong tangrisining yordamchi xudolari sifatida kuylanadi. Umuman, dunyo xalqlarining aksariyatida Kun to‘g‘risidagi ko‘hna tasawurlar bir-biriga yaqin: yaratuvchi, qud- rat, erkaklik urug‘i, Bosh xudoning o‘g‘li.55 Oy - farovonlik, ayollik urug‘ining boshlanishi (ammo shumerlarda Oy erkaklik urug‘iga mansub bo‘lib, taqvim va inson taqdiri hukmdori deb tasavvur qilingan), do- nishmandlik ramzi sifatida tasavvur qilingan.56 Tong tangrisini boshqa xalqlar qanday madh qilsalar, qadimgi turkiylar Kun va Oy tangrilarini ham shunday madh qiladilar: Ko‘ringan Kun tangri, Siz bizlami qo'riqlang. Ko‘ringan Oy tangri, Siz bizlami qutqaring. Tong tangrisi Moniy jamoasi a’zolari orasida, xuddi Xo‘rmuzd sin- gari, bosh xudo, Kun va Oy tangrilari esa uning yordamchilari bo‘lib, najotkorlardir. Tong tangrisi Nur xudosi Xo‘rmuzdning ramzidir. Odamlar, bizning shaxsiy hayotimiz, tabiat tong tangrisining irodasi orqali boshqariladi, deb tushunganlar. Bunday tasavvur qadimgi turkiy qavmlarda panteistik57 fikrlashning izlari mavjudligini tasdiqlaydi. Tong tangrisini ham rahan, ham jisman anglash, his qilish ayniqsa quyidagi parchada ochiqroq ayon bo'ladi: Tong tangrisi! Go‘zal hidli, mushk hidli Yaltiragan. Nur sochib turgan Tong tangrisi! Tong tangrisi! Boshqa bir she’rda Tangrining o‘zgacha sifati kuylanadi. Tangri - doimo nurga yo‘g‘rilgan, qudratli, eng donishmand mavjudotdir. Bu o‘rinda Tangri Xo‘rmuzd ekani yaqqolroq anglashiladi: Yolvorarmiz Tangri - porloq, kuchli donoga, 0‘tinarmiz Kun, Oy tangriga. Tangrilarga e’tiqod qilish - yuksak ma’naviy olamning, axloqiy mu- nosabatlaming natijasi edi. Agar bu she’rda Kun va Oy tangrilari faqat fazoviy jismlardir va Moniy jamoasi a’zolari fazoviy jismlarga e’tiqod qilganlar, deb talqin qilinsa, bir yoqlama, tor tushunish bolardi. To‘g‘ri, ilk e’tiqodiy tasavvurlar shunday bo‘lgan edi. Bu she’rda esa Kun va Oy timsolini ruhiy kuch-qudrat, “nur sochuvchi, yorug‘lik baxsh etuvc- hi xudo” deb e’tiqod qilganlari she’ming asl maqsadini yuzaga chiqa- radi. Jamiyatdagi muqaddaslik va qabihlik, ezgulik va yovuzlik, adolat va adolatsizlik o‘rtasidagi kurashni anglab, inson o‘ziga homiy axtardi. Natijada Kun va Oy timsolini topdi. She’rning davom shunday fikr yu- ritishga undaydi: Qut baxsh eting, ey Tangrim, Vujudimizni asrang! Ruhimizni ozod qiling! Qut iltijo etarmiz nurli tangrilardan, Qo‘rquvsiz turaylik, Sevinch-la yashaylik. Tangrilar odamning tasawurida ruhan ozod qiladigan kuchlardir. Ruhan ozod bo‘lish - Moniy jamoasining tasawurida muqaddaslik bilan tengdir. Ruhan ozodlik qo‘rquvni yengadi. Moniylik muhitida yaratilgan mazkur madhiyadan tashqari, Tang- riga bag‘ishlangan yana bir madhiya bor. Madhiyaning mazmunidan bu madhiya ham Xo‘rmuzd tangri ekani anglashiladi. Bu madhiyaning muhim jihatlaridan biri shuki, madhiyaning muallifi qayd etilgan. Uning ismi - Aprinchur tigin. Aprinchur tigin to‘g‘risida biron manbada ma’lumot yo‘q. Mahmud Koshg‘ariy qadimgi turkiyda ijod qilgan shoir sifatida Chuchuning nomini qayd etgan edi, xolos. Aprinchur tigin qac- hon, qayerda yashagan - bunisi bizga nomaTum. Aprinchur tigin qalamiga mansub madhiya to‘rtliklar shaklida yo- zilgan va 12 misradan iborat. Har uchala banddagi birinchi va ikkinchi misralar takrorlanadi. Bu takror madhiyaning naqorotidir. Tangrini sha- raflash, uning sifatlarini ko‘klarga ko‘tarish madhiyaning asosiy maqsa- di bo‘lgan edi: Bizim Tangrimizning xo‘bligi javhardir, derlar, Bizim Tangrimizning xo‘bligi javhardir, derlar, Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim, Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim. She’rda parallelizm vositasida Tangrining boshqa yana bir sifati madh qilinadi: Olmos uchi qayralgan-chun keskir derlar, Olmos uchi qayralgan-chun keskir derlar. Olmosdan ham keskir mening donishmandim, aslzodam, nurim, Olmosdan ham keskir mening donishmandim, bilimdonim, pahla- vonim. Parallelizmdan maqsad - tangrining qudratini har tomonlama ko‘rsatish va aniqroq, keng qamrovli qilib Moniy jamoasi a’zolari, qo- laversa, keng omma o‘rtasida namoyon qilishdir. Tabiatning eng no- yob hodisalaridan olmos bilan Tangrining qudrati o‘rtasida tenglik bor. Qadimda buyumlaming nomi o‘z sifatlaridan ajralmaganini, nom va sifat yaxlit tasavvur qilinganini e’tiborga olsak, olmos bilan tangrini uyg‘unlashtirish tasodif emasligini ko‘ramiz. Quyidagi misralarda ham Tangrining shu xususiyatlari madh qilinadi: Olmosdan ham keskir mening bilimdonim, donishmandim, pahlavonim, Mening quyosh tangri nuri kabi faxrim, donishmandim, Mening Quyosh tangri nuri kabi faxrim aqlligim. Go‘zal asl Tangrim shuhratim, najotkorim, Go‘zal asl Tangrim, burxonim, noyobim. Aprinchur tiginning bundan boshqa yana bir she’ri bor. Bu she’r - dunyoviy ishq, hijron azoblari, yoming ta’rif-tavsifi to‘g‘risida. She’r yigirma bir misradan iborat bo‘lib, uchliklar shaklida yozilgan. Bunday she’r shakli qadimgi turkiy adabiyotda noyob hodisa. She’ming dastlab- ki uch misrasida o‘chib ketgan joylari bor. Oshiq sevikli yoriga dard- alamlarini so‘ylar ekan, yorini dunyoda tengsiz sevikli deb murojaat etadi. Lekin sevikli yor uzoqda, bu ahvoldan yoming dardu iztiroblari cheksiz. Shunday bo‘lsa-da, oshiq umidsizlanmaydi, yoming visoliga yetishmoqqa umid qiladi: Uzoqdaligingni bilib hasrat chekaman, Hasrat chekkanimcha, qoshi go‘zalim, Qovushmoq istayman. She’ming davomida qahramonning o‘z istagiga zid o‘laroq harakati she’ming ta’sirchanligini kuchaytirgan, qahramonning jismoniy holati- dan ko‘ra, ruhiy holati yorqinroq yuzaga chiqqan. Yorning oshiq naza- ridagi eng go‘zal tasviri ham oshiqning istagi va o‘z istagiga qarshi zid harakatlarining natijasi sifatida yuzaga chiqadi: Borayin desam, go‘zal sevgilim, Bora olmasman. Mehribon jonim. Kirayin desam, jajjiginam, Kira olmasman, Anbar mushkli kokilligim. Oshiqning bu dardlari umidsizlik kayfiyatlari emas, balki har qan- day oshiq boshidan o‘tkazadigan kechinmalardir. Oshiqning istaklari bajo bo‘lishi uchun omil yana Kun, Oy tangrilaridir. Oshiq tangrilardan madad so‘raydi. Oshiq o‘z tilaklarini bajo qiladigan kuch tangrilar ekani- ga ishonadi. Garchi oshiq hali iztirobda, yor visoliga yetishmagan bo‘lsa ham, orzusining amalga oshuvi shubhasizdir: Mayin fe’lligim ila Qovushib, bir muddat ayrilmaylik. Qudratli malaklar quvvat bersin, Ko‘z qarashlari ila Kulishib o‘tiraylik. Qadimgi turkiy she’riyat, xususan, moniylik she’riyati rang- barang ekani keltirilgan namunalardan ko‘rinib turibdi. Islomgacha yaratilgan she’riyat mavzu jihatdan turlicha. Yuqoridagilardan tashqari, Moniy mu- hitida yozilgan “Buyuk iloh” nomli besh yuz misraga yaqin she’r ham bor bo‘lib, Moniyga atalgan qasida deb atash mumkin. Bu qasidada bud- daviylik terminlari ko‘p uchraydi. Moniylik va buddaviylik bir hudud- da bir paytning o‘zida amal qilgani va har ikkalasidagi ezgulik, solihlik to‘g‘risidagi aqidalar bir-birini to‘ldirib kelgani uchun ham bu qasida- ning mazmun va mohiyati ifodasida o‘ziga xoslik bor. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling