O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet55/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Darvozabonlar boshi. Yusufning ta’rifi bo‘yicha shuni anglash mumkinki, darvozabonlar boshi ham ideal shaxs obrazi. Inson zotiga xos mehribonlik, tantilik, odamlaming dardiga malham bo‘lish kabi fazilat- lami o‘zida mujassam etgan odam darvozabonlar boshlig'i lavozimligi- ga munosibligini Yusuf alohida aytib o‘tadi. Ayni paytda Yusuf bu lavo- zimdagi odamning xizmat majburiyatlarini ham ko‘rsatib, har doim qo‘1 ostidagi soqchilarning vazifasini nazorat qilib borishiga oid ko‘rsatmalar beradi. Qo‘‘ ostidagi odamlarga mehribonlik ko‘rsatishi, tanglikda qol- gan soqchilariga yordam qo‘lini cho‘zishi lozim. Shu bilan bir qatorda
Koru alsa yat baz keligli kishig
Ag‘ir tutsa qoldash qilinmish eshig
(Yot- begona, musofir kishilami yaxsh kutib olsa,
Yaqinlik qilgan eshlami qadrli tutsa.) (2509)
Yusuf^'lbning va darvozabonlar boshlig‘mmg mas’uliyatini mam- lakat, beklikning farovonligi, gullab-yashnashi, bekning nomi ulug‘la- nishi kafolati sifatida qaraydi.
Yalavoch (elchi). Qanday odamni elchi qilib yuborish mumkin? Odamlaming sarasi, bilimli va zakovatli, har tomonlama yetuk, tadbirli, so‘zning ma’nosini teran uqadigan, sadoqatli, ishonchli, qiliqlari to‘g‘ri odamni. Elchilikka munosib ko‘rilgan odamning ichki dunyosini Yusuf chizar ekan, bu lavozimga munosib ko‘riladigan odam bahonasida jami- yatning eng yomon, davlatni ichidan yemiradigan illatni qistirib o‘tadi. Illatlar biri ikkmchisrni keltirib chiqaradi. Ko‘zi suq kishi, deydi Yusuf, - irodasiz bo‘ladi. Bu suq odamlar elchilikka noloyiq bo‘aadi.
Suq er umduchi-ul yavuz umduchi
Kishi umduchisi ati qulg‘uchi...
Qayu beg suq ersa chig‘ay ul chig‘ay
Qayu qul kozi toq beg ul kongli bay.
(Suq kishi ta’magir bo‘ladi, ta’ma esa yovuzdir,
Ta’magir kishining oti gadoydir....
Qaysi bek suq bo‘lsa, u qashshoqdir, qashshoq,
Qaysi qul ko‘zi to‘q bo‘lsa, u bek, ko‘ngli boydir.)(2574, 2581)
Yusuf elchilikka munosib odamlar tanlashda ulaming intellektual qobiliyatiga alohida e’tibor qaratadi. Elchining intellektual qobiliyati mamlakatning qiyoifasini boshqa bir mamlakatda namoyish qiladigan mulkdir. Yusufning turli fanlaming mukammal egasi bo‘lgani ana shu o‘rinda yana bir marta namoyon bo‘ladi. Elchi
Tetiglig bilan bilsa turlug bitig
Bitig bilsa otru bolur er tetig
Bitisa o‘qisa eshitsa sozug
Anin otm bilga qilur oz ozug
Qamug‘ turlug ardam bu bilsa tugal
Bu ardam bila er mengiz al
Kitablar oqir ham bilir ersa soz
Uqar ersa she’r ham qoshar ersa oz
Nujum bilsa tibb ham yora bilsa tush
Anin yormishi teg sozi kelsa tush
Bilir esar saqish yema handasa
‘adad jadri qilsa masahat basa
Yana nardu shatranj bilir ersa kad
Hariflari andin olir ersa kad
Choganga kad ersa atar ersa o‘q
Yema qushchi avchi ajunda ozuq
Qamug‘ til bilir ersa achsa tilig
Qamug‘ xatni bilsa bitisa alig
(Tetiklik bilan turli yozuvlarni (kitoblami) bilsa, o‘rgansa,
Yozuv (kitob) o‘rgansa, so‘ng kishi tetik bo‘ladi.
Yozsa, o‘qisa, so‘zlarni eshitsa,
Shular tufayli o‘zini o‘zi dono qiladi.
Turli xil san'at, hunarlami tugal bilsa,
Shu san'at hunarlar bilan kishi yuzini yorug‘ qilsa.
Kitoblar o‘qisa hamda so‘zlami biladigan bo‘lsa,
She’rlami uqadigan bo‘lsa ham o‘zi yozadigan bo‘lsa.
Nujum va tibni bilsa hamda tush ta'bir qila bilsa,
U ta'bir qilganidek so‘zlari to‘g‘ri kelsa.
Saqish hamda handasani bilsa,
Sondan ildiz chiqarsa, yana chegaralami aniqlashni bilsa.
Yana nard va shatranjni yaxshi biladigan bo‘lsa,
Raqiblari undan juda bukilsa (mot qolsa).
Chavgonga mohir bo‘lsa, o‘q otadigan mergan bo‘lsa,
Yana dunyoda ilg'or lochindor, ovchi bo‘Isa.
Barcha tillami bilsa, tilini so‘zga ochadigan bo‘lsa,
Turli xatlami bilsa, qo‘li bilan yozsa (ya'ni qo‘li xatga ravon yur- sa).) (2589-2597)
Bir odam - elchi uchun shuncha bilimu hunarlar nima uchun kerak? Yusuf garchi elchi bo‘lib boradigan odamning san'at, hunarlami bilishi bekning nomini ulug‘lashini ta'kidlaydi. Lekin faqat shugina emas. El- chi o‘z mamlakatining boshqa bir mamlakatdagi qiyofasi, xalqning, el- yurtning kimligini ko‘rsatadigan vosita. Elchiga qarab o‘zga mamlakat odamlari shu mamlakat xalqining ma’naviyatini, axloqini, zakovatini, aql-farosatini, vaziyatni yaxshi tushunishini va murakkab vaziyatlardan chiqish yo‘llarini bilishini, xullas, butun ichqi va tashqi olamini anglay- di, elchiga qarab xulosa chiqaradi. Yusuf elchilikka munosib odamga talablar qo‘yganda, o‘tmishdan saboq oldi, umumlashtirdi. Zotan, bu jid- diy lavozim bekninggina emas, balki mamlakat va davlatning taqdiriga hal qiluvchi ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kotib. Bek sirini qo‘l ostidagi ikki odamga - kotibga va vazirga oc- hadi. Bek ichki sirlarini kotibga aytganda, kotib sirlami saqlay bilishi lo- zim. U bekning ishonchi. Agar kotib so‘zni qattiq sir tutmasa, og‘zi o‘ra kabidir, og‘zidan chiqqan so‘z urug‘ donachalariday har yoqqa sochila- di, uni terib bo‘lmaydi. Bek kotib tanlashda quyidagi sifatlariga e’tibor berishi lozimligini Yusuf uqtiradi:
Bitigchi biliglig uqushlug‘ kerak
Xati uz balag‘at taqi edgurak
Bitigda xat uz bolsa achlur kongul Oqig‘u kelir baqsa avnur ko‘ngul
Balag‘at bila xat tengashsa qali
Edi edgu til bu bitig soz tili
(Kotib bilimli, zakovatli bo‘lishi kerak,
Xati chiroyli, so‘zga usta, ezgu fol bo‘lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‘lsa, ko‘ngil ochiladi, Boqsa o‘qigisi keladi, ko'ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan xush xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‘ladi.) (2653-2655)
Ammo kotib tamagir bo‘lsa-chi? Bunday kotib, - deydi Yusuf, - tilni buzadi, chunki u tama niyatida yozadi, oqibatda yozuvni buzadi. Kotib uchun yana bir fazilat - ichkilik ichmasligi, xulq-atvori chiroyli bo'lishi lozim. Agar kotib ichkilik ichsa, bilimdan yanglishadi va yozuvda xato qiladi. Buning oqibati - kotib yo o‘z boshini yoki xo‘jayinining boshini yeydi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling