O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet63/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Savol va topshiriqlar

  1. Navoiy Adib Ahmad haqida qaysi asarida qanday ma’lumot be- radi?

  2. Navoiy Adib Ahmad haqidagi ma’lumotlami qayerdan olgan?

  3. Navoiy Adib Ahmadni qanday ta’riflaydi?

  4. Adib Ahmad tarjimai holiga qaysi o‘zbek olimi aniqlik kiritgan?

  5. “Hibat ul-haqoyiq”ning nechta qo‘lyozmasi bor?

  6. Asar necha bobdan iborat? 1-2-boblarga to'xtaling.

  7. Asaming maqsadi nechanchi bobdan boshlanadi?

  8. Adib Ahmad ilmli va ilmsiz odamlarga qanday ta’rif beradi?

  9. Dunyoga muhabbat qo‘yish xatodir degan o‘git qaysi bobda? Shu bobni chuqurroq sharhlang.

Ahmad Yassaviy
(Mavzuni yoritishda turk olimi Fuod Ко ‘purilizodaning “Turk ada- biyotida ilk mutcusawuflar” (Anqara. Diyonat ishlari mudirligi nashrla- ri.№ 118, turk tilida) kitobiga tayanildi.)
Reja:

  1. Ahmad Yassaviyga qadar turkiy adabiyot.

  2. Ahmad Yassaviyning manqabaviy hayoti.

  3. Tasawufda xurmo timsoli.

  4. Yassaviyning “Devoni hikmat”i.

  5. “Devoni hikmat”ning muallifligi masalasi..

  6. Yassaviy ta’sirlari.

  7. “Devoni hikmat”ning mavzu ko‘lami.

Tayanch so‘z va iboralar: tasavvuf, mulasawuf, madaniy yuksa- lish, та ’naviy hayot, murid, adabiy parcha, Elxoniylar sulolasi, tarjimai hoi, darvesh, manqaba, shoir, tajalli, rivoyat, xurmo timsoli, sahoba, poklanish ramzi, ruhiy uyg 'oqlik, aruz, barmoq.
Ahmad Yassaviyga qadar turkiy adabiyot. Qadimiy Eron an’analarini saqlagan Xuroson davlati musulmonlikdan so‘ngra tasav- vuf jarayonining ilk markazlaridan bir bo‘lib maydonga chiqdi. Shu sababdan islomiyatdan so‘ngra bu jarayon islomiyat awal ta’qib etgan yo‘llardan Turkistonga kirishi tabiiy hoi edi. Movarounnahrda ilmiy, di- niy va falsafiy tafakkur qadimdan chuqur ildiz otgani bois, tasawufni qabul qilish ancha oson kechishi tabiiy edi.
Haqiqatan shunday bo‘ldi. IX asrda Hirot, Nishopur, Marv mu- tasavvuflar bilan qanchalik to‘lib ketgan bo‘lsa, X asrda Buxoroda, Farg‘onada turkiy qavmlar orasida ham ko‘plab mutasawuflar yetishib chiqdilar. Ulug‘ mutasaawuf Abu Said Abul Xayming hurmatiga sazo- vor bo‘lgan mashhur mutasawuflar Muhammad Ma’shuq Tusiy va amir Ali Abu turkiy qavmlardan edilar. Mana shunday turli omillar ta’sirida turkiy qavmlar orasida tasavvuf jarayoni asta-sekin kuchayib, mustah- kam o‘rin ola bordi. Buxoro, Samarqand kabi yirik markaziy shaharlarga tasavvuf yoyildi, bir qancha darveshlar ko‘chmanchi turkiylar orasiga tasawufiy aqidalami olib kirdilar.
Qoraxoniylar sulolasida boshlangan tub madaniy yuksalish ham ma’naviy hayotning tamomila yangi o‘zanga tushib olishiga sabab bo‘ldi. Qoraxoniylar sulolasi hukmdorlarining olib borgan adolatli si- yosati, sa'y-harakatlari natijasida ko‘chmanchi turkiy qavmlar 960-yil- gacha islomni qabul qilib bo‘ldilar. Ma’naviy hayotdagi mana shu jiddiy o‘zgarishlar 0‘rta Osiyo turkiy qavmlarining hayotini tubdan boshqa o‘zanga solib yubordi. Bunga Qoraxoniylar sulolasining asoschilaridan biri Sotiq Bug‘roxon - Abdulkarim islomni qabul qilgani ham katta turt- ki bo‘ldi. Shu asnoda islom olamining turli o‘lkalarida ko‘zga ko‘ringan hodisalardan biri - tasavvui'ning umumiy xususiyat kasb etib yoyila bor- gani va mutasawuflaming ko‘pligi edi. Tasavvuf, F. Ko'purulizodaning aytishicha, musulmonlik olamining ilk davrida mavjud bo‘lib qolmay, Eron, hind, yunon afkorlarining va qisman isaviylikning ta’sirida tash- kil topgan tasavvuf maslagi qisqa fursatda butun musulmon olamiga yoyildi95. Ilgari sufiy nomini olgan va Suriyada ilk bor hujrani qurgan kufalik Abu Hoshimdan keyin, Sufiyoni Sarviy (vafoti mil. 784\85), Zunnun Misriy (vafoti 859\860), xurosonlik Boyazid Bistomiy (vafo­ti 874\875) to‘g‘risida turli-tuman turli fikrlar yuritgan Xalloji Mansur (921\22), Junayd Bag‘dodiy singari bir qator buyuk mutasavvuflar o‘z maslaklarini yoydilar. Abul Karim Abdul -Kushayriy (XI asr) «Risola fi ilm at-tasavvuf» nomli mashhur risolasi orqali tasavvuf maslagining Ahli sunnat mazhabiga mansubligini isbotladi. Undan keyin G‘azzoliy (1058-1112) bir qator asarlari bilan bu borada ancha ilgari ketdi. So‘ngja “Hikmatul-ishroq” asari muallifi Suhravardi Maqtul, “Avoriful-ma’ruf ’ asarining muallifi Shahobiddin Suxarvardiy, Abdulqodir Giloniy (XI­XI1) va “Tabaqatul-so‘fiyo” asarlarini to‘ldirib borgan bir qator muta­savvuflar asta-sekin o‘z maslaklarini xalq orasida yoyib, minglarcha mu­rid hamda xalq orasida buyuk ma’naviy nufuz orttirdilar. Bu mutasawuf voizlar xalq orasida o‘lkama-o‘lka yurib, xalqni islomga da’vat qilganla- ri va ulaming bu harakatlari ko‘p samaralar bergani haqida ma’lumotlar ko‘p72
Jumladan, Kushayriy ortodoksal tasavvuf bilan islomni yaqinlashti- rishga harakat qilgan, Abdulqodir Giloniy Bog‘dodda omma orasida qil- gan va’zlari natijasida esa juda ko‘plab odamlar islomni qabul qildilar, gunohkorlar noma’qul yo'llaridan qaytdilar. Mana shu tariqa musulmon mamlakatlarida tasawuf yoyila bordi.
Ahmad Yassaviyga qadar bo‘lgan turkiy adabiyotning ayrim qirra- lari haqida biz qo‘llanmamizning avvalgi sahifalarida aytib o‘tgan edik. Islomgacha bo‘lgan turkiy adabiyot musulmonlik davrida tamomila iz- siz yo‘qolib ketmadi. Ma’lum bir timsollar, g‘oyalar musulmonlik kirib kelgan davrdagi adabiyotga o‘tdi, musulmonlik davridagi adabiyotga kirib kelgan turli adabiy parchalarda ko‘hna aqidalar, timsollar saqla- nib qolaverdi, mazmunan va mohiyatan esa musulmonlik aqidalari bilan uyg‘unlashdi. Birgina Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ut- tavorix” asarida O‘g‘uzxon obrazining musulmon aqidalari va udumla- riga moslashtirilishini eslashimiz kifoya. Eronda hukm surgan mo‘g‘ul Elxoniylar sulolasida yaratilgan bu asar, albatta, islomiyatning mo‘g‘ul xalqi hayotidan mustahkam o‘rin olganidan dalolatdir. Zotan, bu davr- dan oldinroq - Movarounnahr va uning atrofidagi mamlakatlarda har xil mazhablar, maslaklamig paydo bo‘lgani, ma’naviy hayotda o‘z o‘mini topgani ham mo‘g‘ullaming Markaziy Osiyo hududlarida barpo qilgan davlatlari barqarorlashganidan bir dalolat edi.
Gap Ahmad Yassaviy haqida ketar ekan, u haqdagi dastlabki ma’lumotni Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asaridan to- pamiz. Navoiyning bu asari buyuk mutasavvuflar haqida lo‘nda, aniq ma’lumot beradigan asardir. Navoiy mazkur asarida Ahmad Yassaviy haqida to‘xtalib, u haqda quyidagicha ta’rif-tavsiflami beradi: “Xoja Ah­mad Yassaviy q. t. s. - Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Ma- qomoti (daraja, bosqich) oliy va mashhur, karomoti mutavoli (cho‘zilgan) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Muridu as’hobi g‘oyatsiz (cheksiz) va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yu­suf Hamadoniy q.s.ning as’hobidindur. Xoja Abluxoliq G‘ijduvoniy bila q.s. suhbat tutubtur va Xoja Abdulloh Barraqiy va Xoja Hasan Ando- qiy q.r.bilaki, ham Imom Yusuf Hamadoniy r.t. muridlaridurlar. Imom qaysi biyik (ulug‘, buyuk) marotibga yetibdurlar, musohib (hamsuhbat) bo‘lubdur va ro‘zgor (davr, zamon) mashoyixidin ko‘p buzurgvorlar (ulug‘vor, hurmatli) aning tarbiyatin topibdurlar va Shayx Raziyuddin Ali Lolo q.s. Shayxi buzurgvor Shayx Najmiddun Kubro r. xizmatig‘a yetardin burun Xoja Ahmad Yassaviy q.r. xizmatida bo‘lub erdi va aning xonaqohida aning irshodi (to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish) bila suluk (yo‘l tutish) qilibdur va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid (tug‘ilgan joy) va manshaidur (kelib chiqish joyi) voqye bo‘lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur” (Navoiy. MAT. 17-jild, 419-b.).
Alisher Navoiy keltirgan bu ma’lumot Ahmad Yassaviyning tarji- mai holini yaratishda eng ishonchli manba hamdir. Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabi ulug‘ mutsavviflar uning ustozi bo‘lganiga ishonchli dalillardir.
Ahmad Yassaviy tug‘ilgan zamonda turkiy olam anchagina uzoq vaqtdan - X asrdan boshlab tasawufiy aqidalarga yuz burgan edi, mutasavvuflaming manqaba va karomatlari faqat shaharlarda emas, ko‘chmanchi turklar orasida ham ozmi-ko‘pmi yoyilgandi. Mutasav- vuflar diniy madhiyalar, she’rlar o'qirdilar, xalqqa ezguliklar haqida so‘zlardilar. Xalq, bu darveshlar bizga saodat yo‘llarini ko‘rsatyaptilar, ular azaldan biz - turkiy qavmlami diniy baxt-saodatdan bahramand qi- lib kelayotgan shoirlarga o‘xshaydilar, deb ularga e’tiqod qo‘yib, ular- ning o‘gitlarini bajonidil qabul qilardilar. Shu taxlitda awalgi shoirlar- ning o‘mini ota yoki bob unvonli bir qator shoirlar egalladilar: Hazrati Payg‘ambar sahobalaridan bo‘lgan Arslon bob, manqabaga ( manqaba - mashhur kishilaming hayotiga oid hikoyalar, qissalar; qarang: Us- monlicha-turkcha ensiklopedik buyuk lug at (turk tilida), Istanbul, 1986 617-b.) ko‘ra, islom dinini anglamoq maqsadi bilan Turkistondan Jazira- tul-Arabga kelgan va Hazrati Abu Bakrga zohir bo'lib, islomni qabul qil- gan shoirlar piri mashhur Qo‘rqut ota, Cho‘pon ota kabilar o‘shalardan davom etib kelgan xotiralami tiklaydi. Zotan, Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Qo'rqut atoni buyuk karomatgo‘y mutasawuflar- dan biri sifatida e’tirof etib, uni quyidagicha ta’riflaydi: “Turk ulusi aro- sida shuhrati andin ortug‘roqdurkim, shuhratqa ehtiyoji bo‘lg‘ay. Mash­hur mundoqdurki, necha yil o‘zidin burunqini, necha yil o‘zidin so‘nggi kelumi debdurlar. Ko‘p mav’izaomuz (nasihatomuz) so‘zlari aroda bor” (Navoiy. MAT 17-jild, 421-b).
Xullas, Ahmad Yassaviygacha bo'lgan ma’naviy hayot mana shu tariqa gurkiradi. Albatta, bu tarzdagi hayot Yassaviyning va yassaviylik- ning yuzaga kelishiga zamin yasadi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling