O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet62/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Asarning qo‘lyozma nusxalari. «Hibat ul-haqoyiq»ning besh nusxasi mavjud. Nusxalar bir-biridan juz’iy farqlarga ega. Ulardan eng eskisi Samarqandda Zaynul Obidin degan xattot tomonidanl444-yilda uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, turli sabablar bilan Turkiyaga borib qolgan. 1480-yilda Turkistondan Turkiyaga ko‘chib borgan Abdurazzoq baxshi degan kishi ushbu kitobning arab yozuvi ustiga eski turk-uyg‘ur yozuvida ko'chirgan. Har uch nusxa Istanbulda saqlanadi. So‘ngroq yana ikki nusxasi topilgan. Demak, hozirda kitob qo‘lyozmasining besh nusxasi mavjud.
Asarda kotib tomonidan kiritilgan misrada Adib Ahmadning tug‘ilgan yurti Yugnak deganjoy ekani ko‘rsatiladi. Yugnakni ko‘pchilik olimlar - Samarqand atrofida deb ko‘rsatadilar.
Hibatul-haqoyiq”ning o‘rganilishi. Turk olimi Najib Osim “Hi- but ul-haqoyiq”ni ilk bor topgan va o‘rgangan olimdir. U 1906-yili bu asaming Abdurazzoq Baxshi ko‘chirgan nusxasidan parcha chop ettirgan edi. Rashid Rahmatiy Arat bu asaming Turkiyadagi nusxalarini o‘tgan asming o‘rtalarida nashr qildirgan. U, asaming asliyat eski uyg‘ur-turk yozuvida bitilgan, deb aytgan edi.93 0‘zbekistonda ilk bor Abdurauf Fit- rat bu asar haqida maqola e’lon qilgan va turkiyalik olimlar asar nashrida yo‘l qo‘ygan bir qator kamchiliklarga o‘z munosabatini bildirgan edi, Marhum o'zbek turkiyshunos olim Qozoqboy Mahmudov bu asaming tanqidiy matnini o‘tgan asming 70-yillarida chop ettirdi va tadqiq etdi. Qozoq va uyg‘ur olimlarining bu asar yuzasidan olib borgan tadqiqotlari va nashri ham diqqatga sazovor94.
Asarning tuzilishi va boblar tahlili. “Hibat ul-haqoyiq” 254 bayt- dan iborat. Adib Ahmad asaming tuzilishi haqida to‘xtalib: “Tuzattim bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zum” deb yozadi. Ammo asami ko‘chirish jarayo- nida kotiblar ayrim boblaming sarlavhalarini tushirib qoldirganlar. Shu bois asar boblari miqdori kamayib ketgan.
Adib Ahmad asarini yozishda Sharq adabiyoti an’analarini davom ettiradi. Birinchi bob hamd bilan boshlanadi: Yaratganga hamdu sano, Uning rahmatiga umidvorlik, asami yozishdan Undan madad tilash, Ya- ratganning borligini jamiki yaratilgan narsalar ko‘rsatib turgani, o‘likdan tirikni, tirikdan o‘likni yaratishi, qudrat egasi yagona Tangridan boshqa- si yo‘qligi haqida aytadi.
Ikkinchi bob na’tdan - Payg‘ambaming madhi, yaratilgan payg‘ambarlar orasida unga teng keladigan yo‘qligi, uni madh etishdan til lazzatlanishi, tilga shakar va asal bag‘ishlashi kabi ta’rif-tavsiflardan iborat. Shuningdek, to‘rt xalifa - Sodiq (Hazrati Abu Bakr), Fomq (Haz- rati Umar), Zayn nurin (Hazrati Usmon), Ali ham madh qilinadi.
Uchinchi bobda Adib Ahmad Dod Spohsolor bekka hamdlar aytadi: podshoh, ya’ni Dod Spohsolor bek aql-hushga, yaxshi xislatlarga boy, bilimdon, jamiki fazilatlar unda mujassamlashgan. Bu podshoh Simak yulduzi - Baliq quyrug‘i deb ataluvchi yulduzlardan ham yuksak him- matli, saxvatli, raiyat dardiga darmon shohdir. U xalqqa shafqatli, ammo g‘azublungunda, arslonga o‘xshaydi. Quvvat bobida Umarday navqi- rondir, saxovat bobida Usmonday yuksak himmatlidir. U shu darajada tetikki, tetikligi fazodan ham baland, insof va adolatda No'shirvondek odildir. Uning saxovatidan hatto osmondagi bulutlar ham uyaladi, dush- manlari ham uning xislatlariga amindir. Barcha xislat va fazilatlami mu- rawatli, saxovatli ulug‘ Tangri shohga ato qilgan.
Bu hamdu sanolardan so‘ng Adib Ahmad quyidagicha lutf qiladi:
Okush az teb aymas bezizlar tengiz,
Bulut hadya qilsa ushaq qatrani.
[Agar bulut bir zarracha tomchi suv hadya qilsa, dengiz oz demay to‘lqinlana beradi.]
Tengiztin karimrak shahim ming qata,
Qabul qilsa tan yoq bu az hadyani
[Dengizdan ming qayta shohim ulug‘roq, bu ozgina arzimas hadya­ni qabul qilsa ajab emas, deb umid qilaman].
Asarning to'rtinchi bobida Adib Ahmad Dod Spohsolor bek- ning nomi olamda mangu qolsin deb bu kitobni yozganini, bu kitobni o'qiganlar shohning haqiga duo qilishlarini, o'qimishli, savodli kisbilar bu kitobdan foydalanishlarini umid va niyat qilib bayon etadi. Yuqorida aytilganiday, Dod Spohsolor bek Farg‘ona hokimi bo'lgan edi. Bu bobda Adib Ahmad kitobini Dod Spohsolor bekka bag'ishlab yozgani haqida xabar beradi va Dod Spohsolor bekni ideal hukmdor sifatida ta’riflaydi: u es-hush, yaxshi xislatlar makonidir, bilim manbaidir. Simak yulduzidan ham yuqori darajada himmatli, saxovatli. Raiyatga shafqatli, hammaga yaxshi muomala qiladi, ammo g‘azablanganda xuddi arslonga o‘xshaydi. Kuch-qudrat bobida Umardek pahlavon. Saxovat bobida Usmon bilan teng. Insof va adolatda esa No‘shirvondek. U shunchalik saxovatliki, hatto yomg'irni ayamay, qizg'anmay beradigan bulutlar ham uning oldi- da uyaladilar, dushmanlari ham uning fazilatlarini e’tirof etadilar.
Adib Ahmad Dod Spohsolor bekning sha’niga hamdu sano o‘qir ekan, Sharq adabiyotidagi hukmdorlarga bag‘ishlangan asarlardagi sin- gari xususiyatni ko‘ramiz. Bu hamdu sanolarda, albatta, bir oz mubolag‘a bor. Bu bobni Dod Spohsolor bekka qasida deb ham atash mumkin. Zo- tan, bu bobning hajmi 14 baytdan iborat bo‘lib, qasidaning talablariga javob beradi.
“Hibatul-haqoyiq”ning maqsadi beshinchi bobdan boshlanadi. Adib Ahmadning maqsadi - pandnoma adabiyotlariga xos komil insonni tar- biyalashning muhim omili bo‘lgan ilmning manfaati, jaholatning zarari- ga e’tibor qaratish va kitobxonga yetkazishdir. Inson saodatining kaliti ilmdadir, deydi Adib Ahmad. Bu o‘gitni “Qutadg‘u bilig” da ham ko‘rib o‘tgan edik. Ilm nafaqat oddiy insonlaming hayotida, balki davlat va ja- miyat boshqaruvida ham hukmdorlar uchun asosiy qurol.
Adib Ahmad bilimning ahamiyati haqida so‘zini davom ettirar ekan, shunday bir mantiqli o‘xshatish qiladi va bilimni nihoyatda qimmatbaho buyum kabi inson avaylashi va beqadr narsa inson uchun keraksiz eka- nini ta’kidlaydi:
Bahaliq dinar ul biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
(Bilimli kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish kabidir).
Adib Ahmad ilmli odamning ma’nan yuksakligini, ilmsiz odamning esa tubanligini ta’riflab, bu ikki toifa hech qachon teng bo‘la olmaydi, deya bu oddiy hayotiy haqiqatni shunday ta’riflaydi:
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi - er, jahil er - tishi.
(Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo'ladi?! Bilimli xotin kishi - er kishidir. Bilimsiz erkak - xotin kishidir).
Adib Ahmad ilmning afzalliklari to‘g‘risidagi o‘gitlarini davom et- tirar ekan, suyakning mazmuni ilik bilan bo‘lgani kabi, insonning ko‘rki ham aql va tafakkur, ilm ekanini ta’kidlagani holda, ilmli va ilmsiz odamlaming taqdiriga oid hayotiy dalillar keltiradi: ilmli kishilaming oti mashhur bo‘ldi, bilimsiz kishilar esa tiriklayin o‘ldi, ulaming ko'rguligi shu bo‘ldi, deb quvonchlarini ham, afsus-nadomatlarini ham bayon etadi.
Adib Ahmad shu tariqa tazod san’atidan foydalangan holda ilm- lilikning inson uchun katta fazilat, ilmsizlikning esa og‘ir fojia ekani to‘g‘risidagi qarashlarini davom ettiradi, insonni bilimli bo‘lishga da’vat qiladi. Ahmad Yugnakiy ilmlilik va ilmsizlikni faqat ma’lum shaxsiyat- larga xos fazilat va illat sifatida qaramaydi, balki bu ikki narsaning ostida jamiyatning manfaati va fojiasi borligiga ishora qiladi.
Adib Ahmad ilmli va ilmsiz odamlar to‘g‘risida so‘z yuritganda, faqat fanning ma’lum bir sohasiga oid dunyoviy ilmlamigina nazarda tutmagan. Ilm, ma’rifat tushunchalari hamma davrda ham keng ma’noni ifoda etgan. Ilmli odam - dunyoqarashi keng, mulohazali, diniy bilimlar- ni ham puxta egallagan va ularga rioya qiladigan, zukko, hayotiy tajriba- si katta, jamiyatdagi, insonlar o‘rtasidagi munosabatlami noziklik bilan ilg‘ab oladigan va shunga qarab fikr yuritadigan, inson ko‘ngliga ozor bermaydigan va hokazo xislatlarga ega zotlardir.
Oltinchi bobda ilm o'rganish haqida alayhissalomning aytganlariga to‘xtalar ekan, ilmsiz odamga to‘g‘ri so‘z ham ma’nisiz bo‘lib tuyuladi, unday toifaga o‘git foydasizdir, deb hukm chiqaradi. Johil, nodon kim- salar ma’rifatning qadrini aslo bilmasliklarini, ular har qancha yuvinsa ham pok bo‘lmasligini afsus bilan qayd etadi.
Yettinchi bob oldingi bobning mantiqan davomi bo‘lib, Adib Ahmad ilmlilar va ilmsizlami qiyoslab, o‘z xulosalarini bayon qilib qolmaydi. U endi ilm egallashga hammani, shu jumladan, ilmsizlami ham da’vat qila- di. Ilm nafaqat insonni ko‘klarga ko‘tarishga xizmat qiladi, balki inson- ning hayotini tahlikadan saqlaydigan, insonni butun olamga mashhur, olqishlarga sazovor qiladigan muhim quroldir. Hatto o‘tmishda inson- ning ma’naviy tubanlashuviga ham ilmsizlik sabab bo'lganini (odam- lar ilmsizlikdan qo‘llarini but qilib: “bu Tangrimdir” dedilar) dalil qilib keltiradi.
Sakkizinchi bobda muhim hayotiy masalalar ko‘tarilgan. Bular - til- ni tiyish va odob-axloq haqida. Mazkur bob targ‘ib-tashviq ma’nosida emas, balki insonni har turli balolardan ogoh etadi, insoniyatga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi, mulohazali bo‘lishga, har bir so‘zni o‘ylab gapirishga da’vat qiladi.
Tiling bekta tutg‘il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta, tishingni siyur, -
(Tilingni tiy, tut, tishing sinmasin, agar so‘zlab yuborsang, tiling chiqib qolsa, tishingni sindiradi) deb oddiy hayotiy haqiqatni anglashga o‘rgatadi. Bu o'gitlar asrlar davomida hayot sinovidan o‘tgan. O‘ylab so‘zlash ham aslida odob hisoblanadi. Mulohazakorlik, o‘ylab so‘zlash aqlli odamga munosib. “Ko‘p vaysagan til ayamaydigan yovdir,.. ach- chiq, erk berilgan til bir kun boshingga yetadi” deb kitobxonni balo-ofat tildan kelishi haqida ogohlantiradi, o‘tmishda ko‘p odamlar tilining das- tidan boshidan judo bo‘lganini ta’kidlaydi.
To‘qqizinchi bob - aqldan ozish, til jarohati vauni tiyish haqida. Bu bob ham oldingi bobda ko‘tarilgan masalalarni davom ettiradi. Aqldan ozish degani - tabiatan telba bo‘lib qolish degani emas, balki aqlsizlik, ahmoqlik tufayli tilga erk berib, nodonlarcha so‘zlash va buning oqibati fojia deganidir. Adib, tili dastidan o‘kinganlar ko‘p, deb o‘tmishga isho- ra qiladi, tilni tiyganlar orasida esa bunaqasi bo‘lmagan, inson yaxshilik- ni ham, yomonlikni ham tilidan ko‘radi, deb uqtiradi.
Bundan keyingi boblarda dunyoga muhabbat qo‘yish eng katta xato ekani, sazovatning samarasiyu baxillikning oqibatlari, tavozelik manfa- ati, kibrlik va harislikning zarari to‘g‘risidagi o‘gitlardan iborat. Dunyo bir yolg‘onchi, sarobga o‘xshaydi, yuzini bir ko‘rsatib, keyin qochadi- gan narsa. Bu olamda insondan qoladigan narsa yaxshi nomdir, yaxs- hi nom qoldirish uchun takabburlikdan, manmanlikdan tamomila uzoq bo‘lish, tavozega amal qilish, dunyo moliga ruju qo‘ymaslik talab eti- ladi. Inson mol -dunyosiga ishonib o‘zini kiborli tutadi, ulug‘likka qo‘l cho'zi shining sababi ham mol -dunyosi tufaylidir - Adib Ahmad mana shu illatlardan xalos bo‘lishga da’vat qiladi. Mol -mulk, boylik hech kimga vafo qilmaganini, narigi dunyoga hech narsasiz yalang‘och ketis- hi haqidagi azaliy haqiqatni baytlariga singdiradi. Odam ato bilan Momo Havoni misol qilib keltiradi.
Adib Ahmad - kuzatuvchan, tom ma’noda hayotiy haqiqatni teran anglaydigan donishmand, uning o‘gitlari hamma zamonlarda ham jami- yatni sog‘lomlashtirishga xizmat qilib kelgan. U molparastlikni qoralay- di. Mol -dunyoga hirs qo‘yish, odamzodning nafsi va ehtiyoji cheksiz- ligi, ikki vodiy to‘la oltini bo‘lsa ham, uchinchisini istashi haqida Adib Ahmadning dalillari “Qutadg‘u bilig”da 0‘zg‘urmishning 0‘gdulmishga bergan o‘gitlariga hamohangdir. Har ikkala asardagi didaktik ruh bilan bir qatorda, o‘z davridagi faqirlikni ixtiyor qilib yashash haqida keng tar- qalgan aqida ikkala asarga birday ta’sir ko‘rsatgan. Qolaversa, hadislar- dagi (darvoqe, “Hibatul -haqoyiq”dagi har bir bob sarlavhalari hadislarga asoslangan) faqirlik haqidagi pandlar asarga mahorat bilan singdirilgan. Qolaversa, har ikkala asarda ham bu olamda mol -dunyo yig‘ishdan voz kechish hamma toifadagi insonlarga matlub ekanini ta’kidlaydi, mol - dunyo deb inson o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishini qoralaydi. Shu boisdan ham “Hibat ul-haqoyiq”ning keyingi boblarida Muhammad a.s. ning ta- vozelikni oshirish va kibrlikni tashlish to‘g‘risida; harislik haqida; inson- laming ikki “vodiy” to‘la oltini bo‘lsa ham uchinchisini istashi haqida; Tangrining buyrug'i va shafqatiga itoat qilish haqida; g‘azabni yengish, Tangrining har narsaga qodirligi, imonga erishish yo‘llari, Uning Rasuli- ga sadoqat va Ollohning muhabbatiga yetishisb to‘g‘risida; ibodat orqali sevinchni kutish haqida; ming do'stdan bir dushman ko‘p ekani haqida o‘gitlari va pand-nasihatlari komil insonni shakllantirish yo‘lidagi katta qadamlar edi.
“Hibat ul-haqoyiq” asari to‘rtliklardan iborat bo‘lib, aruzning muta- qoribi musammani maqsur bahrida (faulun faulun faulun fau!) yozilgan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling