O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ahmad Yassaviyning manqabaviy hayoti


Download 2.59 Mb.
bet64/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ahmad Yassaviyning manqabaviy hayoti. Turkistonda Sayram shahrida Hazrati Ali avlodidan shayx Ibrohim degan bir zot yashagan edi. Shayx vafot etganda, Javhar Shahnoz ismli qizi va Ahmad ismli yetti yoshli o‘g‘li qoldi. Ahmadga kichik yoshidan boshlaboq turli tajallilar96 zohir bo‘lib turar, yoshiga mos bo‘lmagan va hammani hayratga soladi- gan favqulodda hodisalar ko‘rsatardi. Ahmad Yassaviyga nisbat berila- digan “Devoni hikmat” asarida zohir bo‘lgan bu fayzlar (huzur-halovat) ni mutasawuflarga munosib til bilan, ko‘p narsani anglatadi, deb baho- lash mumkin. Yassaviyning birinchi hikmatidan bir bandni keltiramiz:
Yetti yoshda Arslonbobga qildim salom, “Haq Mustafo omonatin qiling m'om”.
0‘shal holda ming bir zikmi qildim tamom, Lomakonning maqomig‘a oshtim mano97.
“Lomakonning maqomig‘a osh”moq - faqat Olloh tajallisini o‘zida mujassam etgan ilohiy zotlarga tegishli. Bu misralar yetti yoshli Ahmad- da tajalli zohir bo‘lib turgani haqida ishonchli dalildir.
Yetti yoshda otasidan yetim qolgan Ahmad ma’naviy padari Arslon bobodan tarbiya oldi. Shayx Arslon bobo Sayramga kelib, Ahmadni Haq yo‘liga yo‘naltirdi.
Arslon bobo, rivoyatlarga ko‘ra, mashhur zotlardan edi. Yassaviy yana yuqoridagi hikmatida bu haqda shunday aytadi:
Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdi, Xurmo berib, parda birlan sirrim98 yopdi. Bihamdilloh, ko‘rdum, teyu yuzum o‘bti,
Ul sababdin oltmish uchda yerga kirdim (14-b.).
Bu to‘rtlik Ahmad Yassaviy haqidagi manqabaviy rivoyatlami tas- diqlovchi muhim dalil sifatida ham qimmatlidir.
Yana o‘z davrida keng tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra, yosh Ahmad- ning ma’naviy padari Arslon bobo to‘rt yuz yil, boshqa bir rivoyatga ko‘ra, yetti yuz yil yashagan. U Turkistonga kelib, Xoja Ahmadni haq yoiga amr qiiishini va bu vazifani bajarishini bir ma’naviy alomatga qilingan ishoraga tayanib, o‘z zimmasiga olgan edi: Bir kuni ahli kirom (muhtaram, aziz kishilar) och qolib, Payg‘ambaming huzuriga keldilar va bir oz yegulik iltimos qildilar. Payg‘ambaming duosi bilan Jabroil jannatdan bir tovoq hurmo keltirdi. Xurmolardan bir donasi yerga tush- di. Jabroil dediki: “Bu xurmo sizning ummatingizdan Ahmad Y assaviy otlig‘ birining nasibasidir”. Payg‘ambar sahobalariga, orangizdan biron- tangiz bu vazifani (ya’ni Ahmad Yassaviyga xurmoni saqlash va unga yetkazishni - N.R.) o‘z zimmangizga oling, deb taklif qildi. Sahobalar- dan hech kim javob bermadi. Faqat Arslon bobo bu vazifani o‘z zimma­siga olajagini so‘yladi.
Mana shu o‘rinda hikmatlar faqat badiiyat namunalari bo‘libgina qolmay, balki tarixiy voqealami ham o‘z qamroviga singdirgan janr ekaniga guvoh bo‘lamiz. Yuqorida hikmatdan keltirilgan voqealar ba- yoniga ko‘ra, Arslon bobo xunnoni Ahmadga yetkazish vazifasini o‘z zimmasiga olgandan keyin, Hazrati payg‘ambar o‘sha bir dona xurmoni qo‘li bilan Arslon boboning og'ziga otdi va muborak tupiklaridan ham ehson etdi. U Arslon boboga sulton Ahmad Yassaviyni qanday topishini ta’rif-tavsif qilib va o‘git berib, uning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishini amr qildi. Shundan keyin Arslon bobo Sayramga - Yassiga keldi va o‘z zimmasidagi vazifani bajargandan keyin bir yil o‘tgach vafot etdi. Bu voqeani yana Ahmad Yassaviyning birinchi hikmatidan topamiz:
Xurmo berib, boshim silab nazr qildi,
Bir fursatda uqbo sari safar qildi.
“Alvido!” deb bu dunyodin guzar qildi,
Maktab borib, qaynab, to‘lib-toshdim mano.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling