O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi.
- Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar.
- Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg‘u bilig” uyg‘unligi.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari
Reja: “Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar. “Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg‘u bilig” uyg‘unligi. Alliteratsiyali she’r xususida. “Devonu lug ‘atit-turk”da xalq maqollari. “Devonu lug‘atit-turk”da afsonalar. Tayanch so‘z va iboralar: urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she ’riy parchalar, lirik va epikjanrlar, to 'rtlik, qadimgifolklor, individual she ’riyat, adabiy muhit, turkiy she ’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofya, fors she’riyati. “Devonu lug‘atit-turk”ning yaratilishi. Koshg‘ariyning tug‘ilgan yili aniq emas. U «Devonu lug‘atit-turk» asarini 1068-yili yozib tugat- gan. Bu davrda Koshg‘ar aholisi turkiy tilning eng “go‘zal lahjasi bo‘lgan xokoniya turkchasida so‘zlashar edilar” (V.V.Bartold); ukrainalik tur- kiyshunos olim Omelyan Pritsakning aytishicha, Mahmud Koshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasiga mansub odam bo‘lgan. U siyosiy ta’qiblardan qochib, o‘n yilcha turkiy qavmlar yashaydigan o‘lkalarda u yerdan-bu yerga ko‘chib yurgan. Ana shu davrda u turkiy qavmlaming tili, ge- ografiyasi, musulmonlikdan oldingi urf-odatlari va diniy tasawurlari, adabiyoti haqida ko‘p material to‘plagan. Oxiri Bag‘dodda to‘xtagan. Bu davrda Bag‘dodni Saljuqiylar egallagan edi. Saljuqiylar ham turkiy- zabon bo‘lgani uchun, Mahmud Koshg‘ariy o‘zi to‘plagan materiallar saljuqiylarda qiziqish uyg‘otishini bilib, «Devonu lug‘atit-turk» asariga tartib bergan. Koshg‘ariy bu asari ustida uzoq yillar ishladi. Yuqori Chindan tortib butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va Buxoroga qadar cho‘zilgan keng hududni kezib chiqdi. Bu hududda yashagan urug‘lar, qabilalaming turmush tarzini, kasb korini, turar joylarini aniqladi, tillarini sinchiklab o‘rgandi. Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda “Devon”ning muqaddimasida quyidagicha tushuntirish beradi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlaming shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususi- yatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlami til bilmaganim uc- hun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlami ham aniqlash uchun qildim. Bo‘lmasa, men tilda ulaming yeng yetuklaridan, eng katta mu- taxassislaridan, xushfahmlaridan, eski qabilalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim. Ularga (tillarga - N.R.) shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va qirg‘iz qabilala- rining tillari butunlay dilimga jo bo‘ldi. Ulami har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”85. Koshg‘ariy bergan bu izohdan ma’lum bo‘ladiki, u tilshunoslik bo‘yicha maxsus ta’lim olgan Koshg‘ariyning asosiy maqsadi lug‘at tuzish, turkiy qabilalaming lahjalaridagi farqlami ko‘rsatish barobarida bu davr adabiy tilining go‘zalliklarini, turkiy qabilalar orasida barqaror va asrlar davomida qo‘llanib kelgan til ekanini namoyish qilish bo‘lgan edi. Buning isboti sifatida turkiy tilning ijtimoiy hayotdagi o‘miga u bergan quyidagi gap asos bo‘la oladi. Koshg‘ariy yozadi: “Xudo davlat quyoshini turklar buijida yaratdi. Falakni ham shular mulkiga moslab aylantirdi. Ulami turk deb atadi, mulkka ega qildi, ulami zamonamizning xoqonlari qilib ko‘tardi... Ulaming [turklaming] o‘qlaridan saqlanmoq uchun ulaming xatti-harakatlarini mahkam tutmoq har bir aqlli kishiga loyiq va muno- sibdir. Bularga yaqin bo‘lish uchun eng asosiy yo‘l - ulaming tillarida so‘zlashishdir, chunki ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq so- ladilar, o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar. Hatto ular o‘z panohida turgan boshqalaming gunohini ham kechib yuboradilar...” (1 jild, 21-b.). Mahmud Koshg‘ariy bu asari orqali ilk bor turkiyshunoslikka asos soldi. «Devonu lug‘atit-turk» - qomusiy asar. Bu asar faqat tilga yoki ada- biyotga oid materiallar va dalillargina emas, balki Markaziy Osiyoda is- tiqomat qilgan qabilalar tarixi to‘g‘risidagi manba hamdir. Har bir qabi- laning o‘sha davrdagi mavqei, tarixi to‘g‘risida ham yetarli ma>lumotlar beradi. Jumladan, o‘g‘uzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar to‘g‘risida o‘mi-o‘mi bilan aytilgan madumotlar bunga dalildir. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar. «Devonu lug‘atit- turk» adabiy manba sifatida ham qimmatli yodgorlikdir. Asardagi she’riy parchalar XI asrgacha bo‘lgan adabiy hayot to‘g‘risida to‘laqonli so‘z yuritishga imkon beradi. Bu she’riy parchalar ma’lum bir so‘zning izohi uchun keltirilgan bo‘lsa-da, bu parchalar qadimgi turkiy adabiyotda li- rik va epi к janming rivoj topganidan dalolat beradi. Koshg’ariy keltirgan mazkur she’riy parchalar turli mavzuda - mehnat, yoming ta’rif-tavsifi, turk bahodirlarining qahramonliklari, ezgulikka da’vat, vatanparvarlik va h. She’riy parchalami Mahmud Koshg’ariy xalq og‘zidan yozib olgan. «Devon»dagi she>riy parchalar ko‘p turkologlar o‘rtasida munoza- raga sabab bo‘lib kelgan. Ko’pchilik yevropalik turkologlar «Devon»da keltirilgan to’rtliklami dastlab turkiy xalqlaming qadimgi folkloriga mansub deb qaragan edilar. Jumladan, nemis turkolog olimi K. Brok- kelman shunday fikmi aytgan edi. Ammo u «Devon»dagi ikkilik va to’rtliklar unutilib ketgan madum bir shoirlar ijodiga mansubligini ham e>tibordan chetda qoldirmaydi. Uningcha, bu to’rtlik va ikkiliklar asar yozilgan davrdan ilgari mavjud edi va islom davriga hech qanday aloqasi yo‘q. Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»dagi ba’zi she’riy parchalar ma’lum bir ijodkor qalamiga mansub ekanligini Koshg‘ariyning ishora- sidan bilish mumkin. Koshg‘ariy ko‘p o‘rinlarda «shoir aytadi» iborasini ishlatadi va bir to'rtlik keltiradi: lzimni o’karman, Bilikni yugarman. Ko'ngulni tugarman, Erdam uza turgunur (II, 282) (Shoir aytadi: Egamni maqtayman, uning madadi bilan ilm- ni yig'aman. Ko'ngilni shunga bog’layman, ilmu hunar to‘plashga ko’nglim berilgandir). Bundan tashqari, ilm manfaati haqidagi to‘rtliklar yoki fardlar ham bevosita yozma adabiyotning mahsulidir, ya’ni ma’lum bir shoir ijodiga mansubdir. Zotan, ilm manfaati haqidagi o'gitlar Qoraxoniylar davri adabiyotining muhim xususiyatlaridandir: 0‘gran aning biligin, Kunda angar baru. Qutqilig’in taping‘il Qo‘zg‘il kuvaz naru (II, 161-162) (Agar bilimdon odamga yo'liqsang, har kun unga bor, yaxshi muo- mala bilan uning ilmu hikmatlarini o‘rgan, takabburlikni tashla). O‘sha shoirlar xalq orasida mashhur bo‘lganlari uchun ham Koshg‘ariy ulaming ismini aytib o'tirmagan. Ba’zi shoirlaming (masa- lan, Cho‘chu) ismini aytib o‘tgan, xolos. Quyidagi fard ham “Devonu lug‘atit-turk”ka Qoraxoniylar davridan oldingi va o'sha davrdagi didaktik adabiyotning ta’sirini ko‘rsatadigan dalillardan biridir: Qo‘ldash bilan yarashg‘il, qarshib adin urdurma, Bek tut yavash taqag‘u suvin yazin adirma (II jild, 18-b.) (Qo‘ldosh (suhbatdosh)ingni hurmat qil, yaxshi muomalada bo‘l, qarshilik qilib, uni tashlab, boshqa bilan bo'lma. Uydagi tovuqni boqol- may qochirib yuborib, durrojni boqaman deb ovora bo‘lma). Quyidagi baytni ham, yuqoridagi fard singari, biron shoir ijodiga mansub deb qarash maqsadga muvofiqdir: O‘g‘ulum, senga qo‘zurman ardam o‘gut xumam, Bilga erig bo'lup sen baqqil aning tabaru (III, 445) (O‘g‘lim, senga meros qilib ezgu xulq, odobni qoldiraman. Agar ilmli, aqlli odamlarga yo‘liqsang, ularga yaqinlash, ulardan foydalan). Yoki quyidagi baytni ham fard janriga mansub deb qarash mumkin: Kelsa kishi etma angar o‘rtar kula, Baqqil angar ezgulugung ag‘sin quia (1, 149). (Senga kular yuzli bir kishi kelsa, sen uning yuziga issiq kul soch- ma, yaxshilik qil, yoqimli qiliq bilan hurmatla.) «Devon»dagi shoriy parchalar misralari teng bo‘g‘inli (yetti bo‘g‘indan o‘n to‘rt bo‘g‘inga) qofiyalangan shorlar ekani yuqoridagi parchalardan ayon bo‘lib turadi. V.V.Bartold «Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalarga nis- batan siyosiy tomondan yondashgan edi. Uningcha, «Devonu lug‘atit- turk»dagi she’rlar orasida xuddi «Qutadg‘u bilig» dagi singari, saroy adabiyotiga xos xususiyatga ega bo‘lgan to‘rtliklar ham bor. Buning is- boti sifatida V.V.Bartold quyidagi to‘rtlikni keltiradi: Turkan qatun qutinga, Tegur mendin qo‘shug‘, Ayg‘il sizing tabug‘chi 0‘tnur yangi tabug‘ (1, 357). (Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) yetkazgin, xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.) Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni gavdalantirsa ham, aniq bir obraz (Turkon malika)ning mavjudligi, di- daktik mazmun ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli ekani o‘z isbotini topadi. “Devonu lug‘atit-turk” va “Qutadg‘u bilig” uyg‘unligi. Ayni paytda “Devonu lug‘atit-turk”da shakl jihatidangina emas, balki mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik mazmundagi parc- halar ham borki, bu parchalarda barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning in’ikosini ko‘ramiz. Qolaversa, “Qutadg‘u bilig”da Yusuf uzoq o'tmishdagi donishmandlaming asarlariga tayanga- nini aytadi va ulaming o'gitlaridan iqtiboslar keltiradi. Keltirilgan iqti- boslaming deyarli hammasi didaktik mazmunda. Yusuf keltirgan qadim donishmandlaming iqtiboslari xalq orasida maqol va matallar singari tarqalgani shubhasiz. Bunday jarayon adabiyot tarixida ko‘p uchraydi. Mana shu adabiy qonuniyatga tayanib, Yusuf asarida keltirgan do- nishmandlammg o‘gitlari, hikmatlari “Qutadg‘u bilig” uchun qancha- lik xizmat qilgan bo‘lsa, “Devonu lug‘atit-turk” uchun ham shunchalik jiddiy va ishonchli manba bo‘lgan. Namuna sifatida «Devonu lug‘atit- turk»dagi va “Qutadg‘u bilig”dagi mazmunan o‘xshash bo'lgan ayrim fardlarni qiyoslaymiz: “Devonu lug‘atit-turk”da: Ulug‘luq bo‘lsa sen ezgu qilin, Bo‘lg‘il kishig beglar qatin yaxshi ulan (1,95). (Daraja yoki martaba topsang, xulqingni chiroyli qil, amirlar oldida yaxshilik yetkazuvchi, xalqning ishlarini yaxshi qabul qiluvchi bo‘l.) “Qutadg‘u bilig”da: Qilinch et, yo‘ruq tuz, o‘zungni tutun, Ko‘ngul til ko‘ni tut, bishirg‘il so‘zung. (Xulqingni to‘g‘rila, yo‘riqni tuzat, o‘zingni tut, Ko‘ngil, tilni to‘g‘ri tut, so‘zingni pishiq qil) [3957] “Devonu lug‘atit-turk”da: Bo‘lmish nangig sevarsan, aqrun angar sevingil, Barmish nengig saqinma, azraq angar o‘kungil (III, 372)86 (Bor molingni sevasan, unga kamroq sevin, chunki u sendan (ya’ni qo^ingdan) chiqib ketishi mumkin. Qo^ingdan ketgan narsa uchun qayg‘urma, unga ozroq sevin. Chunki achinish senga (qo‘Iingdan chiqib ketgan narsalami) qaytarib bermaydi) “Qutadg'u bilig”da: Kuvanma bu qutqa, kelip ham barir, Inanma bu davlat berur ham alir [680] (Bu mol-davlatga quvonib g‘ururlanma, u keladi va yana ketadi, Bu davlatga ishonma, uni beradi va yana oladi) turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r boTgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi va she’mi bir tizimga soladi. Pelo “Devonu lug‘atit-turk”dagi to'rtliklaming qofiyalanishini fors she ’riyati ta’siridir deb qaraydi. “Qutadg‘u bilig”ning she’r tuzilishida fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haq- da yetarli fikrlar aytilgan.87 Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling