O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Tangri kulti va uning mifologik mazmuni
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Tangri kulti va uning mifologik mazmuni. Tangri (xudo) - turkiy mifologiyada keng tarqalgan timsol. U himoyachi, insoniyatni dushman- dan, yovuz kuchlardan saqlovchi timsol. Ko‘proq ruhiy ma’noga ega bo‘lib, yuqori olamni ifodalaydi. Quyidagi parcha shu ma’no va vazi- fani aniq tavsiflaydi: “...Tabg'ach qag'anqayag‘i bolmis, yag‘i bo ‘lip, itinu yaratinu umaduq, yana ichikmis. Buncha isig kuchig birtukgaru saqinmati. “Turk bo ‘dun о ‘lurayin, urug 'siratayin ”, tip armis, yo ‘qadu barir armis. Uza turk tangrisi, turk iduq subi yiri ancha timis: ‘‘turk bo'dun yo‘q bo'lmazun”, tiyin, “bo‘dun bo ‘lehun, tiyin”, qangirn Maris qag ‘anig о ‘gim Ilbilga qatunig ‘ Tangri to ‘pasinta tutup yo ‘garu ко ‘turmis arinch. Qangim qag ‘an yiti yigirmi arin tashiqmis, tashra yo ‘ riyur, tiyin, ku asidip baliqdaqi tag ‘iqmis‘ tag ‘daqi inmis‘ tirilip yat- mis ar bo ‘lmis. Tangri kuch bartuk uchun qangirn qag ‘an susi bo ‘ri tag armis, yag'isi qo ‘ny tag armis, ilgaru, qurig'aru sulap tirmish...” (Ktu 9-12) - ...Tabg‘ach xoqoniga dushman bo‘ldi, dushman bo‘lib, quvilib, o‘zini tiklashga umid qilib, yana taslim bo‘libdi. Shuncha mehnatini, kuchini sarf etganini andisha qilmay, Tabg‘ach xoqoni “turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin”, der ekan, uni yo'qotib borayotgan ekan. Yuqorida turk tangrisi, turkning muqaddas suvi yeri shunday degan ekan: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb “xalq bo‘lsin”, deb otam Elta- rish xoqonni, onam Ilbilga xotunni Tangri tepada tutib, yuqori ko‘targan ekan. Otam xoqon o‘n yetti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan, tashqarida yuribdi, degan xabami eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog'dagilar pastga tushibdi, yig‘ilib, yetmish jangchi bo‘libdi. Tangri kuch bergani uchun, otam xoqonning qo‘shini bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan, sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortgan ekan...
Mazkur parchadagi Tangri so‘zi “xudo” ma’nosida qo‘llangani bois, turk xalqining asirlikdan qutulishi, muvaffaqiyatlari, dushman ustidan g‘olib kelgani Tangriga, ya’ni xudoga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Turk xalqini Tangri, shuningdek, yer-suv o‘limdan - yer ostidan qutqarib, yuqo- riga - uchinchi qavat olamga ko‘tardi, Eltarish xoqon o‘n yetti yigitni butun boshli lashkarga aylantirgan ekan, bu ham Tangrining himoyasi ostida bo'ldi. Eltarishning qo‘shinim bo‘riday va dushmanning lashkari- ni qo‘yday qilgan ham Tangridir. “Xudo” ma’nosida qo'llangan Tangri bilan “osmon” ma’nosida qo‘llangan tangrini bitikoshlar mualliflari juda yaxshi farqlaganlar - “ko‘k” so‘zi faqat osmon ma’nosidagi “tangri” so‘ziga nisbatan qo‘llangan; “xudo” ma’nosidagi Tangri so‘zi oldidan “ko‘k” so‘zi ishlatilmaydi. “Osmon” ma’nosidagi tangrigina qadimgi turkiy mifologiyada ota deb tasawur qilingan. Muallif Yo‘llig‘ tigin, qo- laversa, jamiki turkiy qavmlar “xudo“ va ’’osmon” ma’nosidagi tangri- lami yaxshi farqlaganlar, balki Tangrining xudoga aylangani haqida mif bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, bu bitiktoshlarda “xudo” ma’nosidagi Tangri ruhiy ma’no ifodalab, u haqdagi mifologik tasawur saqlangan, xolos. Tangri haqida mifga ishora qiladigan bir dalil bor. Bu - Irq bitigi- ning birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir. Tinsi - xitoy podshohining unvonidir. Qadimgi turkiy qavmlaming tasawuriga ko‘ra, odam tushida Tinsini ko'rsa, hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan. Tangri (xudo)ning qadimgi turkiy mifologiyada, himoyachi vazi- fasidan tashqari, yana jazolovchi vazifasi ham bor: Tangri ancha timis irinch: “qan birtim”. (Qaningin) qodip ichikding, ichikduk uchun tangri “ol” timis, arinch, turk bodun olti, alqinti, yo'q bo'lti (To‘n., 2-3) - Tangri shunday degan, shekilli: “xonberdim”. (Xoningni) qo‘yib, taslim bolding, taslim bo‘lganing uchun Tangri “o‘l” degan, shekilli, turk xalqi o‘ldi, zaiflashdi, yo‘q bo‘ldi. 0‘z xonidan yuz o‘girgan turkiy qavmlami Tangri qattiq jazoga yo‘liqtirdi - o‘limga, yo‘qolib ketishga mahkum qildi, ulami shu yo‘l bilan jazoladi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling