1.1slomgacha bo‘lgan turkiy adabiyot:
Buddaviylik oqimidagi turkiy adabiyot.
Moniylik oqimidagi turkiy adabiyot.
v) Shomonlik oqimidagi turkiy adabiyot.
G‘aznaviylar davri adabiyoti.
Qoraxoniylar davri turkiy adabiyoti.
Oltin O‘rda davri o‘zbek adabiyoti.
Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti.
Umuman, adabiy jarayonni davrlashtirishda asar yozilgan davrdagi lisoniy muhit bosh o‘rin tutib qolmasligi lozim. Ijodkor yashagan ijti- moiy muhit, adabiy kategoriyalaming har bir davrda o‘ziga xosliklari va badiiylik tamoyillari asosiy mezon bo‘lishi kerak. Zotan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, sulolalar tarixi ayni ana shu mezonlarga zamin yasadi.
Biz o‘zbek adabiyoti tarixini XV asrgacha qaysi omillarga ko'ra davrlashtirish lozim degan savolga javob tariqasida yuqoridagi fikrlar- ni o‘rtaga tashladik. Abdurauf Fitrat, Ko‘prulizoda, Miyon Buzruk kabi ulug‘ olimlaming o'zbek adabiyotini davrlashtirish haqidagi qarashlari- ga to‘xtalmadik. Ulaming o‘zbek adabiyotini davrlashtirishiga munosa- batimiz boshqa ishimizda o‘z aksini topgan.36
* * ie
Qadimgi turkiy adabiyotdan boshlab adabiy janrlarda va adabiy shakllarda o‘zgarishlar yuz berdi. Shu bois bular haqida ham qisqa nazariy bilimlar berish nazarda tutildi va qo‘llanmaga “Ilova” berildi. “Ilova”ni Guliston davlat universitetining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Muzaffar Mamatqulov yozdi. Bu qismning mas’ul muharriri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vahob Rahmonov.
ISLOMGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI QADIMGI TURKIY
ADABIYOT
Qadimgi mif va afsonalar
Reja:
Mif nima?
Mif og‘zaki adabiyotning shakli sifatida.
Mif - ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko‘rsatuvchi omil.
Kosmogonik mifning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko‘rinishi.
To‘fon haqidagi mif va uning qadimgi turkiy yodgorliklarda ko'nnishlari.
Tangri kulti va uning mifologik mazmuni.
“01tun yorug‘”da Umay kulti.
Do'stlaringiz bilan baham: |