Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
Download 0.6 Mb.
|
1-kurslar uchun Oʻquv-uslubiy majmua andijon – 2022-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- Adabiyotlar
2. Qo‘g‘irchoq o‘yin. O‘zbekistonda qadim zamonlardan o‘ziga xos teatr turi sifatida taraqqiy etib kelgan. Chodir ichida, parda ortida yashiringan aktyor qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirilib ko‘rsatiladigan tomosha shunday nomlanib kelinadi116. Mazkur teatr ildizlari, turlari, tarixiy yo‘nalishlari va mashhur qo‘g‘irchoqbozlar repertuarlari to‘g‘risida M.Qodirovning «Qo‘g‘irchoq teatri» va «O‘zbek xalq tomosha san’ati» kitoblarida mukammal yoritilgan. «Bizda, – deb yozadi M.Qodirov, – «qo‘g‘irchoq o‘yin» deb yuritiluvchi bu san’atning, xususan, qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va soyasi tushiriladigan turlari o‘tmishda keng tarqalgan. Ular «chodir jamol», «chodir xayol» va «fonus xayol» deb atalgan. «Chodir xayol» teatri «chodir jamol»ga nisbatan ancha murakkab va mukammaldir. Bu teatr tomoshalari, odatda, kechqurunlari ko‘rsatilgani, shu’la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi qo‘g‘irchoqlarning iplari ko‘rinmay, xuddi qo‘g‘irchoqlarning o‘zlari harakat qilayotganday tabiiy va ajib manzara hosil qilgan. Har bir mohir qo‘g‘irchog‘boz ayni vaqtda iplar yordamida 8–10 qo‘g‘irchoqni harakatga keltira olgan. «Qo‘l qo‘g‘irchoq» teatrida bir tomoshada ko‘pi bilan o‘n qo‘g‘irchoq ishtirok etgan bo‘lsa, «Chodir xayol»da bir yo‘la ellikdan ortiq qo‘g‘irchoq o‘ynagan. Bu teatrlarda musiqa badiiy bezak sifatida, ko‘proq qahramonlar holatini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Qo‘g‘irchoqboz-sozandalar qo‘g‘irchoq o‘yinlar uchun maxsus «Ufor», «Miyonxona», «Charx», «Duchava parron», «Chog‘olloq», «Ot eroniy», «Qum pishig‘i», «To‘rg‘ay chirillama» kabi bir qancha ajoyib kuylar yaratganlar»117.
Savol va topshiriqlar: 1. Tomosha san’ati haqida nimalarni bilasiz? 2. O‘zbek an’anaviy teatr san’atining o‘ziga xos jihatlarini sanab o‘ting. 3. Xonliklar davridagi tomoshagohlar haqida ma’lumot bering. 4. Tomoshaning qanday turlarini bilasiz? 5. Yozma adabiyotda tomosha san’atiga oid o‘rinlarni toping va tahlil qiling. Adabiyotlar: 1. Qodirov M. An’anaviy teatr dramaturgiyasi.-T.: Yangi asr avlodi.,2006. 2. Tursunov T. XX asr o‘zbek teatri tarixi (1900-2007). – T.: ART-PRESS. 2010. 3. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. – T.: Yangi asr avlodi. 2009. 4. Qodirov M. Tomosha san’ati o‘tmishidan lavhalar.T.:.-Fan. 1993. 5. Muhammadiyev R. Askiya. –T.: 1962 6. Said Anvar. Muhiddin Darvesh. – T.: Sharq NMAK, 2006 7. Razzoqov H. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor. – T.: Fan, 1965. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling