O’zbek Adiblari


ABDULLA QAHHOR (1907—1968)


Download 1.65 Mb.
bet4/6
Sana26.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1232996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adiblari

ABDULLA QAHHOR (1907—1968)


O’zbek adabiyotiyotiga katta hissa qo’shgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qo’qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. O’rta
ma’lumotni Qo’qonda olgan Abdulla 1925 yili Toshkentga kelib,
«Qizil O’zbekiston» ro’znomasida ishlaydi.
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. dastlab,
«Mushtum» oynomasida, «Yangi Farg’ona» va «Qizil O’zbekiston»
ro’znomalarida uning hikoya va fel’eton, xabarlari bosildi.
Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O’tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o’zbek prozasining taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. U «O’tmishdan ertaklar» qissasi uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
Uzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning
«Mening dorilfununlarim» , (1935) F. Gladkovning «Olovli ot» (1933), L. N. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanining I—II
kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni o’z ona tililarida o’qishga muvaffaq bo’ldilar.

SAID AHMAD (1920-2007)


O’zbek adabiyotining yetak nosirlaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jaev 1920
yili Toshkentning Samarqavd darboza mahallasida ziyoli oylasida dunyoga keldi
Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, Radio komitetida (1942— 1943), «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda u O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar
to‘plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.
«Cho‘l burguti», «O’rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham
yangilik bo‘ldi, Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir.
Said Ahmad mohir dramaturg sifatida ham tanildi. Uning «Kelinlar
qo‘zg’oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlari shular jumlasidandir.
Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug’ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A. Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ayni chog’da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga ag’darildi.Said Ahmad o‘zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli romanlari bilan o‘zbek prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan
ilg‘or yozuvchidir. U O’zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori hamdir.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling