O’zbek Adiblari


ERKIN VOHIDOV (1936-2016)


Download 1.65 Mb.
bet6/6
Sana26.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1232996
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'zbek adiblari

ERKIN VOHIDOV (1936-2016)


Hozirgi davr o‘zbek she’riyatining porloq yulduzlaridan biri iste’dodli shoir Erkin Vohidovdir. U 1936 yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan.
Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960—1963, 1975—1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi.
U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab
quchogidaligidayoq o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib
kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy to‘garaklarda pishgan,
chiniqqan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z o‘quvchisiga yetib borgan.
Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi.
Erkin Vohidov otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilgan.
Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening
«Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi.

MANBALAR

  • O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti – 1993
  • www.google.com

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling