O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi va tili
Download 1.45 Mb.
|
O’zbek bolalar adabiyotida avtobiografik qissalarning kompozitsiyasi
Badiiy asarda muallifning maqsadi, asar voqealari kechayotgan vaqt va joyning asar mazmunidagi ahamiyati, asardagi obrazlarning xulq-atvori va ichki dunyosi so‘zlar orqali ochib beriladi. Muallif tanlagan so‘zlar bizga asarni, undagi qahramonlar va voqealarni tasavvur qilishga, “his qilishga” yordam beradi.“Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi” (Abdulla Qahhor, “Dahshat” hikoyasidan). Demak, kuzak shamolini rassom daraxtlarning egilishi, barglarning sochilishi orqali tasvirlasa, yozuvchi “chiyillaydi”, “g‘uvullaydi”, “vishillaydi” kabi fe’llar orqali ifodalaydi. Ko‘p hollarda muallif aytmoqchi bo‘lgan fikrni asardagi voqea yoki qahramonlar tasviri orqali bilib olish mumkin. Siz o‘qigan hikoya tiliga xos yana bir muhim xususiyat – unda maqollar va iboralarning ishlatilishi. Hikoyada ishlatilgan maqol va iboralarni toping. Ularning asar g‘oyasini ochishdagi ahamiyatini izohlashga harakat qiling. Siz mazkur hikoya uchun yana qanday maqollarni tavsiya qilgan bo’lardingiz?“Yaqin ikki haftadan beri ko‘z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi, g‘uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi” (Abdulla Qahhor, “Dahshat” hikoyasidan). Demak, kuzak shamolini rassom daraxtlarning egilishi, barglarning sochilishi orqali tasvirlasa, yozuvchi “chiyillaydi”, “g‘uvullaydi”, “vishillaydi” kabi fe’llar orqali ifodalaydi. Ko‘p hollarda muallif aytmoqchi bo‘lgan fikrni asardagi voqea yoki qahramonlar tasviri orqali bilib olish mumkin. Siz o‘qigan hikoya tiliga xos yana bir muhim xususiyat – unda maqollar va iboralarning ishlatilishi. Hikoyada ishlatilgan maqol va iboralarni toping. Ularning asar g‘oyasini ochishdagi ahamiyatini izohlashga harakat qiling. Siz mazkur hikoya uchun yana qanday maqollarni tavsiya qilgan bo’lardingiz?Badiiy asarda muallif voqealarni turlicha bayon qilishi mumkin. Ba’zi asarlarda voqealar uchinchi shaxs nomidan, xuddi chetdan kuzatayotgan begona singari bayon qilinadi. Boshqa asarlarda esa biron-bir qahramon – voqealarning bevosita ishtirokchisi tilidan, birinchi shaxs nomidan aytib beriladi. “Gapqo‘shmay tursangiz, hammasini bir boshdan so‘zlab beraman, bo‘lgan voqea qanday yuz bergan bo‘lsa, qasam ichib aytamanki, hech narsa qo‘shmasdan, hech narsani olib tashlamasdan shundayligicha aytaman. Yolg‘onchi emasman. Yolg‘on gapirgan odamni ko‘rsam, meni yetti kun hiqichoq tutadi. U yog‘ini so‘rasangiz, yolg‘on gapirishni, birga o‘nni qo‘shib so‘zlashni Hoshimga chiqargan. Hoshimni taniysizmi? Ro‘zivoy akaning sartarosh o‘g‘lini tanimaysizmi? Yo‘q, taniysiz. Hozir esingizga tushiraman. Uning to‘g‘risida To‘xtaboyev degan yozuvchi kitob ham yozgan. O‘sha kitobni maqtanchoq o‘rtog‘im Hoshim yana ham maqtanib yurish uchun ataylab yozdirgan. Yozuvchi amaki ta’tilini o‘tkazish, shirin-shakar mevalardan yeb, soylarda maza qilibDownload 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling