O‘zbek bolalar adabiyotining sevimli shoiri. (Bolalar shoiri,O‘zbekiston xalq yozuvchisi Po‘lat Mo‘min tavalludining 100 yilligiga) To’rtko’l-2022


Download 31.11 Kb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi31.11 Kb.
#1169701
1   2   3
Bog'liq
tavsiya polat mumin

Po‘lat Mo‘minning kitoblari

  1. Mo‘min Po‘lat. Ustozlar izidan: She’rlar, deklomatsiyalar, qo‘shiqlar, ertaklar, pyesa. [O‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun].-T:. “Yosh gvardiya”,1980.-272b.

Qo‘lingizdagi kitobda shoir Po‘lat Mo‘minning she’r, ertak, deklomatsiya, qo‘shiqlari turli yillarda yozilgan. “Qovoqvoy va Chanoqvoy” ertak pyesasi davr talabi bilan tuzatib,sayqal berildi.U qayta sahnalashtirildi. Aziz kitobxonlar,orzu-tilaklaringiz oshaversin,yozganlari sizlarga madadkor bo‘lsin.

  1. O‘zbek Bolalar adabiyoti. Maqolalar, adabiy portretlar. (Redkollegiya: H.Nazir va boshqa).-T:.”Yosh gvardiya”,1976.-172b.

Tarjimachilik maktabida ustoz san’atkorlardan olingan saboqlar, Po‘lat Mo‘minga bolalar adabiyotining spetsifikasini chuqur o‘zlashtirib olishda yordam berdi. Hozirga qadar shoirning 30 dan ortiq kitobi e’lon qilindi.Bular orasida “Oftob chiqdi olamga”, “Hunardan unar” “Rahmatga rahmat”, “Eson va Omon” kabi o‘zbek tilidagi, “Drujno shagayem”, “Rejim Nadjima”, “Ax,kak vkusno” kabi rus tilidagi kitoblarni alohida ko‘rsatish lozim. Shoirning 1972 yilda “Yosh gvardiya” nashriyotida bosilib chiqqan. “Odob va Oftob”nomli tanlangan asarlari, Po‘lat Mo‘minning o‘zbek bolalar she’riyatiga ancha salmoqli hissa qo‘shgan.

  1. Yoshlik chorlaydi (To‘plovchilar: R.X.Xo‘jayev, A.A.Yeremeyeva).-T:.Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.-200b.

Yoshlik chorlaydi. Mana, shu bir juft so‘zda olamjahon ma’no bor. Yoshlik bu-hayot sharbati. Undan miriqib ichmagan mangu armonda. Keling, aziz kitobxon, siz ham shu fasldan bekamu-ko‘st bahra oling, yoshligingiz o‘tib ketgan bo‘lsa, uni eslab oz bo‘lsa-da shavqu-zavqlarga toling. Ushbu kitob havaskorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda otashin she’r, qiziqarli sahna asarlari, raqsga tushish,qonun-qoidalari mavjud. Yaxshisi, o‘zingiz bir varaqlab ko‘ring.

  1. O‘zbek sovet Bolalar she’riyati antologiyasi / Redkol:.B.Boyqobilov va boshq.-T:. “Yosh gvardiya”, 1980.-360 b.

O‘zbek adabiyotida yaratilgan axloqiy-ta’limiy asarlarda ham bolalar tarbiyasiga oid fikrlar, mulohazalar, qarashlar bayon qilinib kelinganligini ko‘rsatadi. Po‘lat Mo‘minning “Paxta qo‘shig‘i” ashulasi kichkintoylarning tilidan tushmaydi. Shoirning kichkintoylar uchun yozgan har-bir ashulasi tez-tez o‘zgarib turuvchi o‘ynoqi ohangi, quvnoq kulgusi, ritmi, so‘zlarining tejab ishlatilishi turli xil shakllardan unumli foydalanishi bilan ajralib turadi.
Download 31.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling