Bosqinchilarga qarshi umum xalq urushi e’lon qilgan Baktriyaliklar, so’g’ienaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qiladilar. Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkordalardan bo’lgan Spitamen boshchilik qiladi. - Mil.avv. 327 yilning oxirlarida Sug’diena Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo’zg’olon bostirildi.
- Mil.avv. IV asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Curiya va sharqqa bo’linib ketadi. Suriyadan to Markaziy Osiyo Hindistonchaga Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkadarlaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining mil. avv. 312 yldan 250 yilgacha bo’lgan tarixi salavkiylar tarixi bilan chambarchas bog’liqdir.
- Mil. avv. 250 yillagacha kelib, Markaziy Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Baktriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baktriya davlatlarining asosi Baktriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida Xindistonning shimoliy-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baktro shahri edi.
- Yunon-Baktriya m.a. II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak kabilalari xujumi natijasida butunlay inqirozga uchradi.
- Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan qadimgi parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan.
- Mil. avv. II-I asrlarda M.Osiyoda mavjud bo’lgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy ma’lumotlariga ko’ra mil. avv. II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko’p bo’lib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi.
- M.a. I va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi.
- Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan.
- M.a. II-I asrlarda Urta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar qabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so’ng uni shunday nomlashdi.
- Toxarlar qisman ko’chmanchi bo’lib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ham yo’q edi, har bir shahar o’z hokimi tomonidan boshqarilgan.
- Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan M.Osiyo ulariga surib chiqarildilar va miloddan avv. 140-130 yillarda ular yunon-Baktriyaga kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashadilar. Tez orada yuechji qabilalarining taz’yiki ostida yunon-Baktriya davlati parchalanib ketdi.
- V asr urtalarida esa Urta Osiyo xududida yangi qudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishi oxiriga etdi.
- Manbalarda baxo berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Chog’anien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo’ysindirgan.
- Massagetlar avlodi — eftalitlar qushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir qismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalqlarini yagona davlatga birlashtirdilar.
- Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, keyinchalik o’z urnini 563-567 yillardagi quralidan so’ng tarix moydanidagi yangi siesiy kuch-Turk xokonligiga bo’shatib berdi.
- Turk xokonligi tarkibiga Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bo’lgan O’rta Osiyo xududi kirar edi.
- 588 y. Erondagi sosoniylar davlati va turk xokonligi lashkarlari orasida jang bo’lib, unda turklar mag’lubiyatga uchradilar. Shundan so’ng Turk xokonligi sharqiy xamda g’arbiy qismga bulinib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |